Dastlabki tergovni tamomlash (2/3)
To‘Qqizinchi Bo‘Lim
381-modda. Jinoyat ishining prokurorga yuborilishi
Tergovchi ayblov xulosasini imzolaganidan keyin jinoyat ishini darhol prokurorga yuboradi.
46¹-bob. Surishtiruvning umumiy shartlari
381¹-modda. Surishtiruvni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxslar
Surishtiruvni ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan organlarning surishtiruvchilari amalga oshiradi.
Surishtiruvni ushbu Kodeksda belgilangan hollarda prokurorlar va tergovchilar ham amalga oshirishi mumkin.
381²-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi
Surishtiruv quyidagilarning surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi:
- 1) ichki ishlar organlarining — Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasi birinchi qismida, 111, 112-moddalarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 122¹-moddasi birinchi qismida, 125, 125¹, 126-moddalarida, 126¹-moddasi birinchi — to‘rtinchi qismlarida, 127¹-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 129¹-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185, 185¹-moddalarida, 196¹-moddasi birinchi qismida, 196²-moddasi birinchi qismida, 216¹-moddasi birinchi qismida, 216²-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227, 227¹-moddalarida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 228¹-moddasida, 228²-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 229, 229²-moddalarida, 229³-moddasi birinchi — beshinchi qismlarida, 244⁴-moddasi birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari), 244⁵, 244⁶-moddalarida, 248¹-moddasi birinchi qismida, 255²-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 260¹-moddasi birinchi qismida, 261, 261¹, 261²-moddalarida, 262-moddasi birinchi qismida, 262¹-moddasi birinchi qismida, 263¹-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 273-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 276-moddasi birinchi qismida, 276⁵-moddasida, 276⁸-moddasi birinchi qismida, 276⁹-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 276¹⁰-moddasi birinchi qismida, 277-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 278¹— 278⁶-moddalarida, 278⁷-moddasi birinchi qismida, 278⁸-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278⁹-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha;
381²-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi (davomi)
- 2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning joylardagi bo‘linmalari — Jinoyat kodeksining 122, 123-moddalarida, 232-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha;
- 3) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi bo‘linmalari — Jinoyat kodeksining 177-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 179, 183-moddalarida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari), 184¹, 185²-moddalarida, 189 — 192-moddalarida, 276¹¹-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha;
- 4) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda uning joylardagi bo‘linmalari — Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 130¹-moddasida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 244³-moddasida, 244⁴-moddasi birinchi qismida, 250¹-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha.
- 5) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari — Jinoyat kodeksining 250¹-moddasi birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari) va 259¹-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha.
381²-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi (davomi)
Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari), 130¹-moddasida (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari), 167-moddasi birinchi qismida, 186²-moddasi birinchi qismida, 244³-moddasida (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari) nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha surishtiruv ishni qo‘zg‘atgan organ tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 237-moddasi birinchi qismida, 238-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 239, 240-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha surishtiruv ushbu ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli bo‘lsa, o‘sha organ tomonidan olib boriladi.
Agar surishtiruvni olib borishda boshqa surishtiruv organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan surishtiruv organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan surishtiruvni to‘liq hajmda tamomlashi mumkin.
Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli bo‘lgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lgan yangi jinoyat aniqlansa, prokurorning roziligi bilan jinoyat ishi ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga ko‘ra dastlabki tergov organiga o‘tkaziladi.
Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli bo‘lgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga o‘tkazish ushbu Kodeksning 332 va 345-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 345-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirish prokuror tomonidan dastlabki tergov organiga topshiriladi.
381²-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi (davomi)
Turli surishtiruv organlariga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror surishtiruvni olib borishni og‘irroq jinoyat to‘g‘risidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli bo‘lsa shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng bo‘lganda esa, jinoyat ishi bo‘yicha uzoqroq muddat davomida surishtiruv olib borayotgan organga topshiradi.
Surishtiruv organlari tergoviga tegishli bo‘lgan jinoyat ishlari boshqa dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli bo‘lgan jinoyat ishlari bilan bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovga tegishlilik qoidalari bo‘yicha dastlabki tergov organiga topshiradi.
Jinoyat qayerda sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat ishi o‘sha tuman (shahar) surishtiruv organining surishtiruvchisiga tegishli bo‘ladi.
Surishtiruv, agar ish holatlarini ancha tez, puxta, to‘la, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qo‘zg‘atilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning ko‘pchiligi turgan yerda ham o‘tkazilishi mumkin.
Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori turuvchi surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘ining farmoyishiga asosan surishtiruv hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergovni surishtiruv shaklida amalga oshirishi mumkin.
381³-modda. Surishtiruvni amalga oshirishda jinoyat-protsessual qonunchilik normalarining qo‘llanilishi
Surishtiruv mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ushbu Kodeks bilan belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
381⁴-modda. Surishtiruvchining topshiriqlarini bajarish
Har bir surishtiruvchi o‘z yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan o‘zi bajarishga yoxud uni o‘tkazishni boshqa surishtiruvchiga topshirishga haqlidir.
Surishtiruvchining topshirig‘ida ijro etuvchi uchun majburiy bo‘lgan ijro muddati ko‘rsatiladi. Topshiriqni bu muddat ichida ijro etishning iloji bo‘lmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan surishtiruvchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi to‘g‘risida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning ko‘rsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi.
381⁵-modda. Jinoyat ishini o‘tkazish
Jinoyat ishini bir surishtiruv organi doirasida bir surishtiruvchidan boshqa surishtiruvchiga o‘tkazish shu surishtiruv organining rahbari yoki surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
Ishni bir surishtiruv bo‘linmasidan boshqasiga o‘tkazish yuqori surishtiruv organi rahbari yoki yuqori surishtiruv bo‘linmasining boshlig‘i tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ishni bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv organiga o‘tkazish prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi.
Tergovning har tomonlama, to‘la va xolisona olib borilishini ta’minlash maqsadida prokuror quyidagi holatlarda ishni sudga qadar yuritishning har qanday bosqichida jinoyat ishini dastlabki tergov shaklida tergov qilish uchun dastlabki tergov organiga o‘tkazishi yoki o‘z ish yurituviga olishi mumkin:
- 1) ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etish uchun jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxsni aniqlash uchun dastlabki tergov organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarni jalb qilgan holda qo‘shimcha tergov va protsessual choralarni qo‘llash zarur bo‘lganda;
- 2) ushbu Kodeksning 345-moddasi o‘n birinchi qismi 1 — 5-bandlarida nazarda tutilganda.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha jinoyat ishini o‘tkazish haqida prokuror asoslantirilgan qaror chiqaradi.
381⁶-modda. Surishtiruvning boshlanishi
Surishtiruvchi jinoyat ishini qo‘zg‘atib, uni o‘z ish yurituviga oladi va bu haqda ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorga yozib qo‘yadi. Basharti surishtiruvchiga oldin qo‘zg‘atilgan ish berilgan bo‘lsa, u ishni o‘z yurituviga olganligi to‘g‘risida qaror chiqaradi, shundan so‘ng surishtiruvni boshlaydi.
381⁷-modda. Surishtiruv yuritish muddati
Surishtiruv jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim.
Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular bo‘yicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qo‘shimcha ravishda hisobga olinmaydi.
Alohida ish yurituviga ajratilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat bo‘yicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan bo‘lsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituviga ajratilgan bo‘lsa, o‘sha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan e’tiboran hisoblanadi.
Ish ayblov dalolatnomasi bilan, ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni surishtiruv tamomlangan hisoblanadi.
Surishtiruv muddatiga quyidagilar kirmaydi:
- 1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt;
- 2) surishtiruv to‘xtatib turilgan vaqt;
381⁷-modda. Surishtiruv yuritish muddati (davomi)
- 3) qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazish uchun prokuror tomonidan qaytarilgan ish surishtiruvchiga kelib tushgunga qadar o‘tgan vaqt.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan surishtiruv muddati prokuror tomonidan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ish qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek to‘xtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qo‘shimcha surishtiruv muddati mazkur ishni surishtiruvchi qabul qilgan paytdan e’tiboran o‘n kun doirasida belgilanadi.
381⁸-modda. Surishtiruvning surishtiruvchilar guruhi tomonidan amalga oshirilishi hamda tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi
Jinoyat ishi ko‘p mehnat talab etsa, juda murakkab yoki o‘ta dolzarb bo‘lsa, prokuror yoki surishtiruv bo‘linmasining boshlig‘i shu ish bo‘yicha surishtiruv ishlarini yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan surishtiruvchilar guruhiga topshirishi mumkin.
Surishtiruvchilar guruhini tuzish tartibi, guruh rahbari va a’zolarining vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi tartibi ushbu Kodeksning 354 — 357-moddalarida belgilangan tergovchilar guruhini tuzish, guruh rahbarining va guruh a’zolari bo‘lgan tergovchilarning vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarini bir necha tergovchilar tomonidan bajarish tartibi bilan bir xil belgilanadi.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, tergovchi ayblov xulosasini imzolaganidan keyin jinoyat ishini nima qiladi?
- Sudga bevosita yuboradi
- Darhol prokurorga yuboradi
- Ayblanuvchiga topshiradi
- Ichki ishlar organi arxiviga topshiradi
To‘g‘ri javob: Darhol prokurorga yuboradi. 381-moddaga ko‘ra tergovchi ayblov xulosasini imzolagach ishni darhol prokurorga yuboradi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 381¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jinoyat ishini tugatish
- Surishtiruvni to‘xtatish
- Surishtiruvni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Iltimoslar qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibi
To‘g‘ri javob: Surishtiruvni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxslar. 381¹-modda: Surishtiruvni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxslar.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Surishtiruvni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxslar» qaysi moddada belgilangan?
- 381¹-modda
- 381⁹-modda
- 381¹⁴-modda
- 381¹¹-modda
To‘g‘ri javob: 381¹-modda. 381¹-modda: Surishtiruvni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxslar.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, surishtiruvni kimlar amalga oshirishi mumkin?
- Faqat sud tomonidan belgilangan organlarning sudyalari, kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa prokurorlar va advokatlar ham
- Belgilangan organlarning tergovchilari, istisno hollarda esa faqat sudyalar va advokatlar ham
- Belgilangan organlarning surishtiruvchilari, kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa prokurorlar va tergovchilar ham
- Jamoat tashkilotlarining vakillari, kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa fuqarolar yig‘inlari ham
To‘g‘ri javob: Belgilangan organlarning surishtiruvchilari, kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa prokurorlar va tergovchilar ham. 381¹-moddaga ko‘ra surishtiruvni 38-moddadagi organlar surishtiruvchilari, belgilangan hollarda prokurorlar va tergovchilar ham amalga oshiradi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 381²-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Iltimoslar qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibi
- Jinoyat ishining tergovga tegishliligi
- Surishtiruvni to‘xtatish
- Surishtiruvni amalga oshirishda jinoyat-protsessual qonunchilik normalarining qo‘llanilishi
To‘g‘ri javob: Jinoyat ishining tergovga tegishliligi. 381²-modda: Jinoyat ishining tergovga tegishliligi.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Jinoyat ishining tergovga tegishliligi» qaysi moddada belgilangan?
- 381²-modda
- 381¹⁴-modda
- 381⁹-modda
- 381³-modda
To‘g‘ri javob: 381²-modda. 381²-modda: Jinoyat ishining tergovga tegishliligi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 122, 123 va 232-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha surishtiruvni qaysi tuzilma surishtiruvchilari olib boradi?
- Milliy gvardiya
- Davlat bojxona qo‘mitasi
- Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
- Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi
To‘g‘ri javob: Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi. 381²-moddaga ko‘ra bu jinoyatlar bo‘yicha surishtiruv Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha surishtiruvni qaysi organ surishtiruvchilari olib boradi?
- Davlat bojxona qo‘mitasi va uning joylardagi bo‘linmalari
- Milliy gvardiya va uning joylardagi bo‘linmalari
- Majburiy ijro byurosi va uning hududiy bo‘linmalari
- Ichki ishlar organlari va ularning tuman bo‘linmalari
To‘g‘ri javob: Davlat bojxona qo‘mitasi va uning joylardagi bo‘linmalari. 381²-moddaga ko‘ra bunday jinoyatlar bo‘yicha surishtiruvni Davlat bojxona qo‘mitasi va uning bo‘linmalari olib boradi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash