XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 372–380-m.

Dastlabki tergovni tamomlash (1/3)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

372-modda. Dastlabki tergovni tamomlash turlari

Dastlabki tergov jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqarish, ayblov xulosasi tuzish, ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanadi.

373-modda. Jinoyat ishini tugatish

Jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda tugatiladi.

Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lganda, jinoyat ishini tugatish ushbu Kodeksning 63-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi.

374-modda. Jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror

Jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi.

Qarorning tavsif qismida:

Qarorning xulosa qismida:

374-modda. Jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror (davomi)

Tergovchi ishni tugatish to‘g‘risida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy da’vogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqaroning bergan xabari bilan qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakiliga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish to‘g‘risidagi qaror ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntiriladi.

Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxsga nisbatan ish tugatilganda tergovchi bu haqda yetti kunlik muddat ichida yozma tarzda tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga xabar qiladi.

375-modda. Jinoyat ishi tamomlangandan keyin undagi materiallar bilan tanishib chiqish huquqini ta’minlash

Tergovchi to‘plangan dalillarni ayblov xulosasini tuzish uchun yetarli deb topganidan keyin ayblanuvchi va himoyachiga dastlabki tergov tamomlanganligini e’lon qiladi, ularga ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishga doir huquqlarini tushuntiradi va tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi.

Basharti ish tugatilgan bo‘lsa, tergovchi bu haqda va ish materiallari bilan tanishish huquqi haqida gumon qilinuvchini, ayblanuvchini va himoyachini xabardor qiladi hamda ularning iltimosiga binoan ularga tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi.

Tergovchi dastlabki tergov tamomlanganligi va ish ayblov xulosasi bilan sudga yuborilishi yoki ish tugatilganligi to‘g‘risida jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga xabar qiladi, basharti ular xohlasalar, barcha ish materiallari bilan tanishib chiqish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi. So‘ng tergovchi ko‘rsatib o‘tilgan protsess ishtirokchilarining iltimosiga muvofiq, tanishib chiqish uchun ularga ishni taqdim etadi.

Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida tergov harakatlari bayonnomasining kirish qismlari tanishib chiqish uchun taqdim qilinmasligi mumkin. Bunday hollarda bayonnomalarning ko‘rsatib o‘tilgan protsess ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kirish qismlari muhrlangan holda saqlanadi.

Basharti ayblanuvchining himoyachisi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgarning vakili uzrli sabablarga binoan belgilangan vaqtda ish materiallari bilan tanishib chiqish uchun kela olmasa, tergovchi tanishib chiqish muddatini ko‘pi bilan besh sutkaga kechiktirishi mumkin. Himoyachi yoki vakil bu muddat ichida kelmagan taqdirda ayblanuvchiga boshqa himoyachini taklif qilish, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgarga boshqa vakil chaqirish uchun imkoniyat yaratiladi.

376-modda. Jinoyat ishidagi materiallar bilan tanishib chiqish tartibi

Tergovchi ishdagi materiallarni tanishib chiqish uchun tikilgan va raqamlangan ko‘rinishda, har bir jilddagi hujjatlarni ro‘yxat qilgan tarzda taqdim etadi.

Ish bilan tanishib chiqish uchun zarur bo‘lgan muddat cheklanmaydi. Lekin protsess ishtirokchilari ishdagi materiallar bilan tanishishni ataylab cho‘zishga urinayotgan bo‘lsalar, tergovchi o‘z qarorida ishdagi materiallar bilan tanishish uchun muayyan muddat belgilashga haqlidir.

Ish bilan tanishib chiqayotgan shaxs ishdagi hujjatlardan ko‘chirmalar yozib olishga haqlidir, davlat sirlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bundan mustasno.

Tergovchi ishdagi materiallar bilan tanishib chiqqanlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

Ish bilan tanishib chiqqandan keyingi og‘zaki iltimoslarni tergovchi bayonnomaga kiritadi. Protsess ishtirokchisi yozma tarzda alohida iltimosnoma berishi mumkin, bu haqda bayonnomada yozib qo‘yiladi.

377-modda. Iltimoslar qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibi

Ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish bilan tanishib chiqishgach yoki biror sababga ko‘ra tanishib chiqishdan bosh tortganlaridan keyin tergovchi ulardan qo‘shimcha tergov harakatlarini o‘tkazish yoki yangi qarorlar qabul qilish xususida iltimoslari bor yoki yo‘qligini aniqlaydi.

Taraflarning arizasiga binoan iltimosnomalar tayyorlash va taqdim qilish uchun uch sutka doirasida vaqt berilishi mumkin. Tergovchi iltimosnomani to‘la yoki qisman rad qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi va bu haqda iltimosnoma berilgan vaqtdan boshlab uch sutka ichida arizachiga xabar beradi.

Arizachi iltimosni qondirish rad qilinganligi to‘g‘risidagi qaror bilan tanishib chiqqanidan keyin ikki sutka ichida prokurorga rad etilganlik ustidan shikoyat qilishi mumkin.

378-modda. Iltimos qondirilgandan keyin jinoyat ishi bilan qayta tanishtirish

Tergovchi iltimos qondirilgandan keyin, u kim tomonidan va kimlarning manfaatlari yo‘lida bildirilgan bo‘lishidan qat’i nazar, ayblanuvchi, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ishdagi barcha materiallar bilan yana tanishib chiqish imkoniyatini beradi.

379-modda. Ayblov xulosasi

Ayblanuvchi va uning himoyachisini jinoyat ishidagi barcha materiallar bilan tanishtirib bo‘lgach, tergovchi, basharti ishni sudga yuborish uchun yetarli asoslar borligi to‘g‘risidagi fikri o‘zgarmagan bo‘lsa, ayblov xulosasi tuzadi.

Ayblov xulosasi tavsif-asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Tavsif qismida dastlabki tergovda aniqlangan holatlar: jabrlanuvchi, shuningdek ayblanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ayblanuvchining aybdorligini tasdiqlovchi dalillar, ayblanuvchining o‘zini himoya qilish uchun keltirgan vajlari va ularni tekshirish natijalari bayon qilinadi.

Xulosa qismida ayblanuvchining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi hamda e’lon qilingan ayblovning mazmuni Jinoyat kodeksining shu jinoyatni nazarda tutgan moddasi yoki moddalarini ham ko‘rsatgan holda bayon qilinadi.

Ayblov xulosasida bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi ish sahifalari ko‘rsatilishi kerak. Ayblov xulosasi qayerda va qachon tuzilganligi ko‘rsatilib, tergovchi tomonidan imzolanadi.

380-modda. Ayblov xulosasiga ilovalar

Ayblov xulosasiga tergovchining fikricha sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati, shuningdek qo‘llanilgan ehtiyot choralari, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi qancha vaqt qamoqda saqlanganligi yoki u uy qamog‘ida bo‘lganligi to‘g‘risidagi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, fuqaroviy da’voni ta’minlash choralari, sud chiqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.

Sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatida tergovchi ularning turgan joyi hamda ko‘rsatuvlari yoki xulosalari ishning qaysi sahifasida bayon qilinganligini ko‘rsatadi.

Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida, sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida ularning taxalluslari ko‘rsatilishi mumkin. Xavfsizligi ta’minlanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar ular ishtirokida o‘tkazilgan tergov harakatlari bayonnomalarining kirish qismlari bilan birga muhrlangan holda sudga taqdim etiladi. Ular bilan faqat ayblov xulosasini tasdiqlovchi prokuror va ishni ko‘rib chiquvchi sudya tanishishlari mumkin.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 372-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxs aniqlanmagan hollarda dastlabki tergovni to‘xtatish
  2. Dastlabki tergovni tamomlash turlari
  3. Jinoyat ishini tugatish
  4. Jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror

To‘g‘ri javob: Dastlabki tergovni tamomlash turlari. 372-modda: Dastlabki tergovni tamomlash turlari.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Dastlabki tergovni tamomlash turlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 374-modda
  2. 372-modda
  3. 367-modda
  4. 373-modda

To‘g‘ri javob: 372-modda. 372-modda: Dastlabki tergovni tamomlash turlari.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri dastlabki tergovni tamomlash turi hisoblanadi?
  1. Ishni qo‘shimcha tergovga qaytarish
  2. Ayblov xulosasi tuzish
  3. Ayblanuvchini qidiruv e’lon qilish
  4. Ishni muddatsiz to‘xtatib qo‘yish

To‘g‘ri javob: Ayblov xulosasi tuzish. 372-moddada dastlabki tergov ishni tugatish, ayblov xulosasi tuzish va boshqa shakllar bilan tamomlanishi sanalgan.

Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi birinchi qismi 2-bandidagi asos mavjud bo‘lganda jinoyat ishini kim tugatadi?
  1. Tergovchi, kodeksning 48-bobidagi qoidalarga binoan
  2. Prokuror o‘z qarori bilan, sudning ruxsatisiz
  3. Sud, kodeksning 63-bobidagi qoidalarga binoan
  4. Ichki ishlar boshlig‘i, kodeksning 5-bobiga binoan

To‘g‘ri javob: Sud, kodeksning 63-bobidagi qoidalarga binoan. 373-moddaga ko‘ra bunday asos bo‘lganda ishni tugatish 63-bobdagi qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 374-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxs aniqlanmagan hollarda dastlabki tergovni to‘xtatish
  2. Jinoyat ishini tugatish
  3. Jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror
  4. Dastlabki tergovni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror

To‘g‘ri javob: Jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror. 374-modda: Jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror» qaysi moddada belgilangan?
  1. 374-modda
  2. 373-modda
  3. 367-modda
  4. 369-modda

To‘g‘ri javob: 374-modda. 374-modda: Jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qarorning tavsif qismida nima bayon qilinadi?
  1. Jabrlanuvchining shaxsiy daromadi va mol-mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlar
  2. Guvohlarning ijtimoiy mavqei va ularning ish joylaridagi lavozimlari
  3. Tergovchining shaxsiy xulosasi va ayblanuvchining xarakteristikasi
  4. Ashyoviy dalillarning ro‘yxati, ular saqlanayotgan joy va egalari

To‘g‘ri javob: Ashyoviy dalillarning ro‘yxati, ular saqlanayotgan joy va egalari. 374-moddaga ko‘ra qarorning tavsif qismida ashyoviy dalillarning ro‘yxati va saqlanayotgan joyi ko‘rsatiladi; boshqalari xulosa qismiga tegishli.

Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxsga nisbatan ish tugatilganda tergovchi bu haqda tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga qancha muddat ichida yozma xabar qiladi?
  1. bir oylik
  2. yetti kunlik
  3. uch kunlik
  4. o‘n kunlik

To‘g‘ri javob: yetti kunlik. Tergovchi yetti kunlik muddat ichida mudofaa ishlari bo‘limiga yozma xabar qiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiDastlabki tergovni to‘xtatish va qayta tiklashKeyingi →Dastlabki tergovni tamomlash (2/3)