XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 421–427-m.

Sud muhokamasining umumiy shartlari (3/3)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

421-modda. Sud majlisida jinoyat ishining tugatilishi

Agar sud majlisida ushbu Kodeksning 83-moddasida va 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlansa, sud ishni ko‘rishni davom ettiradi hamda 83-moddada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha oqlov hukmi, 84-modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha esa aybdor shaxsga jazo tayinlamay, ayblov hukmi chiqaradi.

422-modda. Ehtiyot chorasi masalasini hal etish

Sud muhokamasi vaqtida sud sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga haqlidir.

423-modda. Sud majlisida ajrim chiqarish tartibi

Sud muhokamasi vaqtida hal qilinadigan barcha masalalar yuzasidan sud ajrim chiqaradi.

Sud ehtiyot choralarini qo‘llash (o‘zgartirish, bekor qilish) to‘g‘risidagi, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi, ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi, tintuv o‘tkazish haqidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi, mol-mulkni xatlash haqidagi, rad qilishlar to‘g‘risidagi ajrimlarni, boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan o‘zga ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi.

Sudlanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning sudlanuvchiga pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi sud ajrimida aloqa muassasasi tomonidan sudga pochta-telegraf jo‘natmalarini yetkazib berish haqida ko‘rsatma bo‘lishi lozim.

Ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan ishni yopiq sud majlisida ko‘rish uchun asoslar mavjud bo‘lganda sud ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

423-modda. Sud majlisida ajrim chiqarish tartibi (davomi)

Boshqa barcha ajrimlar sudning xohishi bilan yo yuqorida ko‘rsatilgan tartibda, yoki o‘z joyida chiqarilib, bu ajrim sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.

Sud muhokamasi vaqtida sudning chiqargan har bir ajrimi darhol e’lon qilinishi lozim.

424-modda. Sud majlisining tartibi

Sudyalar kirib kelayotganda sud majlisi zalida hozir bo‘lganlarning hammasi o‘rinlaridan turadilar.

Sud protsessining barcha ishtirokchilari sudga tik turgan holda murojaat qiladilar, ko‘rsatuvlar beradilar va bayonotlar qiladilar. Ushbu qoidadan faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina chetga chiqilishi mumkin.

Sud protsessining barcha ishtirokchilari, shuningdek sud zalida hozir bo‘lgan barcha shaxslar raislik qiluvchining sud majlisida belgilangan tartibga rioya qilish to‘g‘risidagi farmoyishlarini so‘zsiz bajarishlari lozim.

O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar, basharti ular sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh bo‘lmasalar, sud majlisi zaliga kiritilmaydilar.

425-modda. Sud majlisida tartibni buzuvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan choralar

Tartibbuzar sud majlisida tartibni buzganida, raislik qiluvchining farmoyishiga bo‘ysunmaganida yoki sudga hurmatsizlik qilganida unga nisbatan ushbu Kodeksning 272-moddasida nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.

426-modda. Sud majlisining bayonnomasi

Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi.

Bayonnoma qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bayonnomaning to‘liq bo‘lishini ta’minlash uchun audioyozuv vositalaridan, stenogramma yuritishdan foydalanish mumkin.

Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: sud ishining raqami; majlisning joyi va sanasi, majlis boshlangan va tamom bo‘lgan vaqt ko‘rsatilgan holda; sudning nomi va tarkibi; sud majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa shaxslar; ko‘rilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir ma’lumotlar; hozir bo‘lgan va hozir bo‘lmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining barcha farmoyishlari ko‘rsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda o‘tgan bo‘lsa, shu tartibda yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimosnomalari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar ko‘rsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud muzokaralarining ketma-ketligi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda sudlanuvchi oxirgi so‘zining mazmuni; basharti jinoyat protsessi ishtirokchilari iltimos qilsa, ishni ko‘rish paytida yuz bergan holatlar to‘g‘risidagi arzlar aks ettiriladi.

426-modda. Sud majlisining bayonnomasi (davomi)

Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari:

sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi haqidagi;

texnika vositalari to‘g‘risidagi;

sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sud va xodimlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.

Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.

Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga ilova qilinadi, unda ushbu vositalar qo‘llanilganligi haqida belgi qo‘yiladi.

Sud zarur deb topgan hollarda, guvohlar va jabrlanuvchilar sud majlisining bayonnomasidagi o‘zi bergan ko‘rsatuvlarni imzolaydi.

Sud majlisining bayonnomasi raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanadi.

Sud majlisi bayonnomasining mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan sud majlisining kotibi o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda, kotib o‘z mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan ko‘riladi. Ushbu masala yuzasidan ajrim chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi.

Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning ertasidan, murakkab ishlar bo‘yicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzolanishi kerak.

Taraflar bayonnomaning va sud majlisi audioyozuvining ko‘chirma nusxalarini o‘z hisobidan olishga haqli.

427-modda. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi

Sud majlisi bayonnomasi imzolanganidan keyin besh sutka ichida taraflar shu bayonnoma va sud majlisining audioyozuvi yuzasidan o‘z mulohazalarini berishga haqlidirlar. Mulohazalarni raislik qiluvchi ko‘rib chiqib, ularga qo‘shilgan taqdirda ularning to‘g‘riligini tasdiqlaydi va sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yadi.

Raislik qiluvchi sud majlisining bayonnomasi yoki audioyozuvi yuzasidan berilgan mulohazalarga qo‘shilmagan taqdirda, bu mulohazalar ushbu ishni ko‘rgan sud tarkibi hal etishi uchun kiritiladi. Basharti ishni sudyaning yakka o‘zi ko‘rib chiqqan bo‘lsa, raislik qiluvchining qarori uzil-kesil hisoblanadi, lekin manfaatdor taraflar bu qaror ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkin.

Bilimingizni sinang

Sud majlisida jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlandi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra sud qanday hukm chiqaradi?
  1. Aybdor shaxsga jazo tayinlamay, ayblov hukmi
  2. Sudlanuvchiga nisbatan oqlov hukmi chiqaradi
  3. Ishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi
  4. Qo‘shimcha tergov o‘tkazish to‘g‘risida qaror

To‘g‘ri javob: Aybdor shaxsga jazo tayinlamay, ayblov hukmi. 421-moddaga ko‘ra 84-modda 1-qismining 1, 2, 3 va 8-bandlari bo‘yicha sud jazo tayinlamay ayblov hukmi chiqaradi, 83-modda asoslarida esa oqlov hukmi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 422-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ehtiyot chorasi masalasini hal etish
  2. Sud majlisining tartibi
  3. Ayblovning sud tomonidan o‘zgartirilishi
  4. Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari

To‘g‘ri javob: Ehtiyot chorasi masalasini hal etish. 422-modda: Ehtiyot chorasi masalasini hal etish.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ehtiyot chorasi masalasini hal etish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 415-modda
  2. 422-modda
  3. 424-modda
  4. 417-modda

To‘g‘ri javob: 422-modda. 422-modda: Ehtiyot chorasi masalasini hal etish.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, sud muhokamasi vaqtida sud sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi bo‘yicha nimalar qilishga haqli?
  1. Qo‘llashga va o‘zgartirishga, ammo bekor qilishga emas
  2. Qo‘llashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga
  3. Faqat bekor qilishga, qo‘llash va o‘zgartirishga emas
  4. Ehtiyot chorasini sud emas, prokuror hal qiladi

To‘g‘ri javob: Qo‘llashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga. 422-moddaga ko‘ra sud sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga haqli.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, ehtiyot choralarini qo‘llash (o‘zgartirish, bekor qilish) to‘g‘risidagi ajrimlar qayerda chiqariladi?
  1. Sud majlisi zalida ochiq e’lon qilib
  2. Prokuror xonasida
  3. Alohida xonada (maslahatxonada)
  4. Sud kotibi xonasida

To‘g‘ri javob: Alohida xonada (maslahatxonada). 423-moddaga ko‘ra bunday ajrimlar alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladi va alohida hujjat sifatida rasmiylashtiriladi.

Ishni yopiq sud majlisida ko‘rish uchun 19-moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra sud nima qiladi?
  1. Prokurordan ishni yopiq majlisda ko‘rishga ruxsat so‘raydi
  2. Ishni muhokama qilmasdan, yopiq tartibda hukm chiqaradi
  3. Ayblanuvchidan ishni yopiq majlisda ko‘rishga rozilik oladi
  4. Ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqaradi

To‘g‘ri javob: Ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. 423-moddaga ko‘ra asoslar mavjud bo‘lganda sud ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, sud muhokamasi vaqtida sudning chiqargan har bir ajrimi qanday e’lon qilinishi lozim?
  1. Darhol e’lon qilinishi lozim
  2. Hukm bilan birga e’lon qilinadi
  3. Ertasi kuni e’lon qilinadi
  4. E’lon qilinmaydi

To‘g‘ri javob: Darhol e’lon qilinishi lozim. 423-moddaga ko‘ra sudning chiqargan har bir ajrimi darhol e’lon qilinishi lozim.

Qaysi yoshga to‘lmagan shaxslar, sudlanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvoh bo‘lmasalar, sud majlisi zaliga kiritilmaydi?
  1. O‘n olti yoshga
  2. O‘n sakkiz yoshga
  3. O‘n to‘rt yoshga
  4. O‘n yetti yoshga

To‘g‘ri javob: O‘n olti yoshga. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh bo‘lmasa, zalga kiritilmaydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSud muhokamasining umumiy shartlari (2/3)Keyingi →Sud majlisining tayyorlov qismi (1/2)