XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 414–420¹-m.

Sud muhokamasining umumiy shartlari (2/3)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

414-modda. Sud muhokamasining doirasi

Sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va e’lon qilingan ayblov bo‘yicha olib boriladi.

415-modda. Ayblovning sud tomonidan o‘zgartirilishi

Sud ayblovni o‘zgartirishga haqli. Bunda ayblovning bir qismi yoki jinoyatning tavsifiy alomatlari chiqarib tashlanadi.

Sud surishtiruvda, dastlabki tergovda e’lon qilingan ayblovni ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirishga yoki to‘ldirishga haqli.

415¹-modda. Surishtiruvning, dastlabki tergovning to‘liq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini bartaraf etish

Surishtiruv, dastlabki tergovning to‘liq emasligi yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlari jinoyat ishini ko‘rib chiqish chog‘ida sud tomonidan bartaraf etiladi.

Sudlanuvchiga nisbatan ayblovni og‘irrog‘i bilan yoki haqiqiy ahvolga ko‘ra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda, sud surishtiruv, dastlabki tergovning to‘liq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalariga muvofiq bartaraf etadi.

416-modda. Sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari

Agar sud tergovi vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qo‘yilmagan jinoyatni sodir etganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.

Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va ularni alohida-alohida ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash tartibi davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Iltimosnomada ayblovni to‘ldirish bilan bog‘liq protsessual harakatlarning o‘tkazilishi zarurati asoslantirilgan bo‘lishi kerak.

Sud berilgan iltimosnoma bo‘yicha uni qanoatlantirish to‘g‘risida yoki qanoatlantirmasdan qoldirish haqida ajrim chiqaradi.

Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sud ajrimda ayblovni to‘ldirish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun qanday holatlarga aniqlik kiritilishi lozimligini ko‘rsatadi va uning ijrosini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada ko‘rsatgan holda topshiradi.

Qo‘shimcha protsessual harakatlar natijalariga ko‘ra davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokuror sudga yig‘ilgan dalillarni taqdim etadi, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimchani o‘qib eshittiradi hamda uning ko‘chirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi.

416-modda. Sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari (davomi)

Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar bo‘yicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish haqida ajrim chiqaradi.

Sud sudlanuvchining, uning himoyachisining iltimosnomasi bo‘yicha ularning prokuror tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va xulosaga e’tirozlar taqdim etishga bo‘lgan huquqini ta’minlaydi.

Sud ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi va uning himoyachisi huquqlarini ta’minlash uchun sud majlisida o‘n sutkagacha tanaffus e’lon qiladi.

Sudning ajrimi belgilangan muddatda ijro etilmagan yoki dastlabki ayblovni o‘zgartirish yoki to‘ldirish uchun dalillarni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud jinoyat ishida mavjud bo‘lgan dalillar asosida sud muhokamasini davom ettiradi.

Sudning ajrimini ijro etish natijalari bo‘yicha yoki sud muhokamasi jarayonida taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

To‘plangan qo‘shimcha dalillar va aniqlangan holatlar asosida prokuror og‘irroq ayblovga o‘zgartirilgan yoki to‘ldirilgan ayblov asosida yoxud haqiqiy ahvolga ko‘ra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov asosida qarorning ta’rifini taraflar muzokaralarida sudga taqdim etadi.

417-modda. Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari

Agar sud tergovi vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, sud jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.

Taxmin qilinayotgan jinoyat ko‘rilayotgan ish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va bu ishlarni alohida-alohida ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokuror yoki jabrlanuvchi, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko‘ra sud boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslarni aniqlash yuzasidan tegishli protsessual harakatlarni bir oygacha bo‘lgan muddatda o‘tkazishni ish bo‘yicha ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga topshirish haqida ajrim chiqaradi.

Iltimosnomada boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish bilan bog‘liq protsessual harakatlarni amalga oshirish zarurati asoslantirilgan bo‘lishi kerak.

Sud ajrimini ijro etish natijalariga ko‘ra davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokuror sudga yangidan tuzilgan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud ularga qo‘shimchani taqdim etadi hamda uning ko‘chirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi.

Ilgari e’lon qilingan ayblov boshqa shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan o‘zgartirilgan taqdirda, sud ishni ko‘rishni sud muhokamasining umumiy shartlari bo‘yicha qayta tiklaydi. Bunday hollarda sud muhokamasining muddati o‘zgartirilgan yoki to‘ldirilgan ayblov bo‘yicha ishni sudda ko‘rish qayta tiklangan paytdan e’tiboran hisoblanadi.

417-modda. Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari (davomi)

Ish bo‘yicha sud tergovi o‘tkazilayotganda sud sudda ishni yuritish to‘xtatib turilguniga qadar o‘tkazilgan protsessual harakatlarni takroran o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi masalani taraflarning fikrini inobatga olgan holda hal qiladi.

Prokuror tomonidan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimchalar taqdim etilganda, sud sudlanuvchiga, uning himoyachisiga prokuror tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va dalolatnoma yoki xulosaga e’tirozlar taqdim etishga bo‘lgan huquqini ta’minlaydi.

Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar bo‘yicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish haqida ajrim chiqaradi.

Sud ushbu moddaning yettinchi qismida ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi, uning himoyachisi huquqlarini ta’minlash uchun sud majlisida o‘n sutkagacha tanaffus e’lon qiladi.

Qo‘shimcha taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

To‘plangan va qo‘shimcha taqdim etilgan dalillar asosida prokuror taraflar muzokaralarida sudga to‘ldirilgan ayblovni inobatga olgan holda qarorning ta’rifini taqdim etadi.

Agar sud tergovi vaqtida bila turib yolg‘on ko‘rsatuv bergan guvoh, jabrlanuvchi yoki bila turib noto‘g‘ri xulosa bergan ekspert yoxud bila turib noto‘g‘ri tarjima qilgan tarjimon tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, sud hukm chiqarganidan so‘ng jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.

418-modda. Jinoyat ishining muhokamasini keyinga qoldirish

Sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan birortasining kelmay qolganligi oqibatida yoki yangi dalillar talab qilib olish zarur bo‘lganligi munosabati bilan yoxud sud majlisini olib borishning texnik vositalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa tizimlaridan foydalanishda texnik nosozliklar yuzaga kelganligi tufayli jinoyat ishini muhokama qilish mumkin bo‘lmasa, sud ishni muhokama qilishni keyinga qoldiradi va sud majlisiga kelmagan shaxslarni chaqirish yoki yangi dalillarni talab qilib olish yoxud texnik nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

420-modda. Jinoyat ishini ko‘rishni to‘xtatish

Sudlanuvchi yashiringan bo‘lsa, shuningdek sudga kelishga imkoniyat bermaydigan ruhiy holati buzilgan yoki boshqa og‘ir kasallikka chalingan taqdirda, sud mazkur sudlanuvchiga nisbatan ishni to‘xtatadi va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan ishni muhokama qilishni davom ettiraveradi. Agar sud ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda prokurorga qo‘shimcha protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirish haqida ajrim chiqarsa, shuningdek ishni alohida-alohida muhokama qilish haqiqatni aniqlashni qiyinlashtirgan taqdirda, ishni yuritish butunlay to‘xtatiladi. Yashiringan sudlanuvchini qidiruv sud ajrimi bilan e’lon qilinadi.

Sudlanuvchining og‘ir kasal bo‘lganligi tufayli ishni ko‘rish to‘xtatilgan taqdirda sud unga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasini muhokama qilishi lozim.

Sud jinoyat ishini ko‘rishni to‘xtatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

420¹-modda. Jinoyat ishini ko‘rishni qaytadan boshlash

Jinoyat ishini ko‘rishni to‘xtatishning asosi sifatidagi, ushbu Kodeksning 420-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgach, to‘xtatilgan jinoyat ishini ko‘rish qaytadan boshlanadi.

Sud jinoyat ishini ko‘rishni qaytadan boshlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

Jinoyat ishini ko‘rish qaytadan boshlanganda jinoyat ishini muhokama qilish muddatining o‘tishi ham bir vaqtning o‘zida qaytadan boshlanadi. Mazkur muddatni yana uzaytirish ushbu Kodeksning 405 va 405¹-moddalari asosida, jinoyat ishini muhokama qilishning jinoyat ishini ko‘rish to‘xtatilishidan oldingi muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, sudda jinoyat ishini muhokama qilish kimlarga nisbatan va qanday ayblov bo‘yicha olib boriladi?
  1. Faqat ayblanuvchilarga nisbatan va e’lon qilingan ayblov bo‘yicha
  2. Ishga aloqador barcha shaxslarga nisbatan va istalgan ayblov bo‘yicha
  3. Faqat gumon qilinuvchilarga nisbatan
  4. Jabrlanuvchi talabiga ko‘ra yangi ayblov bo‘yicha

To‘g‘ri javob: Faqat ayblanuvchilarga nisbatan va e’lon qilingan ayblov bo‘yicha. 414-moddaga ko‘ra sud muhokamasi faqat ayblanuvchilarga nisbatan va e’lon qilingan ayblov bo‘yicha olib boriladi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 415-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ayblovning sud tomonidan o‘zgartirilishi
  2. Sud muhokamasida prokurorning ishtiroki
  3. Jinoyat ishini ko‘rishni qaytadan boshlash
  4. Jinoyat ishining muhokamasini keyinga qoldirish

To‘g‘ri javob: Ayblovning sud tomonidan o‘zgartirilishi. 415-modda: Ayblovning sud tomonidan o‘zgartirilishi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ayblovning sud tomonidan o‘zgartirilishi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 420¹-modda
  2. 418-modda
  3. 415-modda
  4. 409-modda

To‘g‘ri javob: 415-modda. 415-modda: Ayblovning sud tomonidan o‘zgartirilishi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, sud surishtiruvda yoki dastlabki tergovda e’lon qilingan ayblovni qaysi moddalarda nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirishga yoki to‘ldirishga haqli?
  1. 414 va 415-moddalarda
  2. 416 va 417-moddalarda
  3. 405 va 405¹-moddalarda
  4. 420 va 420¹-moddalarda

To‘g‘ri javob: 416 va 417-moddalarda. 415-moddaga ko‘ra sud ayblovni 416 va 417-moddalarda nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirishga yoki to‘ldirishga haqli.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, surishtiruv yoki dastlabki tergovning to‘liq emasligi hamda qonun normalarining jiddiy buzilishlari kim tomonidan va qachon bartaraf etiladi?
  1. Prokuror tomonidan hukm chiqarilgandan keyin
  2. Surishtiruvchi tomonidan, ishni qaytarib olgach
  3. Ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud tomonidan
  4. Apellyatsiya sudi tomonidan faqat shikoyat tushganda

To‘g‘ri javob: Ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud tomonidan. 415¹-moddaga ko‘ra bunday kamchiliklar ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud tomonidan bartaraf etiladi.

Sud ayblovni to‘ldirish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirsa, ayblov dalolatnomasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini ko‘pi bilan qancha doirada belgilab topshiradi?
  1. Bir oygacha
  2. Uch oygacha
  3. Yigirma kungacha
  4. Ikki haftagacha

To‘g‘ri javob: Bir oygacha. Sud ajrimni ijro etish muddatini bir oygacha doirada ko‘rsatgan holda prokurorga topshiradi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 416-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari
  2. Sud muhokamasida prokurorning ishtiroki
  3. Sud muhokamasining doirasi
  4. Sud muhokamasida sudlanuvchining ishtiroki

To‘g‘ri javob: Sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari. 416-modda: Sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 410-modda
  2. 416-modda
  3. 414-modda
  4. 409-modda

To‘g‘ri javob: 416-modda. 416-modda: Sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSud muhokamasining umumiy shartlari (1/3)Keyingi →Sud muhokamasining umumiy shartlari (3/3)