Sud tergovi
To‘Qqizinchi Bo‘Lim
439-modda. Sud tergovining boshlanishi
Raislik qiluvchi sud tergovi boshlanishi to‘g‘risida e’lon qiladi. Sud tergovi ayblov xulosasining xulosa qismida bayon etilgan, sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblovni yoxud ayblov dalolatnomasida bayon etilgan ayblovning mazmunini davlat ayblovchisi tomonidan o‘qib eshittirishdan boshlanadi. Raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblovning mohiyati unga tushunarli yoki tushunarsiz ekanligini va o‘z aybiga iqrorligi yoki iqror emasligini so‘raydi.
440-modda. Dalillarni tekshirish navbatini belgilash
Sudlanuvchilardan o‘z ayblariga iqrorliklari yoki iqror emasliklari to‘g‘risida so‘rab bo‘lgach, sud dalillarni tekshirish navbati to‘g‘risida taraflarning takliflarini eshitadi. Bunday navbatni sud ajrimda aks ettiradi.
Basharti dalillarni tekshirish sudlanuvchilarni so‘roq qilish bilan boshlangan bo‘lsa, ulardan keyin sud jabrlanuvchilarni so‘roq qiladi. Sudlanuvchilar ko‘rsatuv berishdan bosh tortgan yoki boshqa dalillarning tekshirilishidan oldin ko‘rsatuv berishga rozi bo‘lmagan taqdirda jabrlanuvchilarni, guvohlarni so‘roq qilish, dalillarni ko‘zdan kechirish, guvohlantirish, yozma dalillarni o‘qib eshittirish, ekspertiza o‘tkazish va boshqa sud harakatlarini bajarish navbati to‘g‘risidagi masalani sud ishning muayyan holatlarini va taraflarning takliflarini inobatga olgan holda hal qiladi.
441-modda. Guvohning qasamyodi va uni javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirish
Guvohni so‘roq qilishdan oldin raislik qiluvchi uning shaxsini aniqlaydi va ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik yoki bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi. So‘ngra raislik qiluvchi guvohga barchaning oldida oshkora ravishda quyidagi mazmunda qasamyod qilishni taklif etadi: “Ish yuzasidan o‘zimga ma’lum bo‘lgan hamma narsani sudga aytib berishga qasamyod qilaman. Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni gapirib beraman, haqiqatdan o‘zga narsani gapirmayman”. Qasamyod matni guvohga uning majburiyati va javobgarligi tushuntirilgani haqidagi guvohning tilxati bilan birgalikda sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan guvohga ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oshkora qasamyod qilish taklif qilinadi, lekin ko‘rsatuv berishdan bosh tortgani yoki bila turib yolg‘on ko‘rsatuv bergani uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilmaydi va undan tilxat olinmaydi.
442-modda. Sudda so‘roq qilish tartibi
Sudda so‘roq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan talablarga, shuningdek quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda olib boriladi.
Har bir guvoh hali so‘roq qilinmagan guvohlar yo‘qligida so‘roq qilinadi. So‘roq qilingan guvohlar sud majlisi zalida qoladilar va sud tergovi tamom bo‘lmasdan ilgari zaldan faqat sudning ijozati bilan chiqib ketishlari mumkin.
Voyaga yetmagan guvohni so‘roq qilish haqiqatni aniqlash manfaatlari talab qilgan hollarda sudning ajrimi bilan sudlanuvchining yo‘qligida o‘tkazilishi mumkin. Sudlanuvchi sud majlisi zaliga qaytib kirgandan keyin guvohning bergan ko‘rsatuvlari unga ma’lum qilinishi hamda shu guvohga savollar berishga imkoniyat yaratilishi lozim.
Voyaga yetmagan guvoh so‘roq qilinib bo‘lgach, sud bu guvohning majlis zalida qolishi zarur deb hisoblaydigan hollarni mustasno etganda, sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi lozim.
Jabrlanuvchi, shuningdek ekspert va mutaxassis sud muhokamasining boshidan oxirigacha sud majlisi zalida bo‘lishga va barcha so‘roqlar chog‘ida hozir bo‘lishga haqlidir.
Sudlanuvchini so‘roq qilish ishning unga ma’lum holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuv berishi haqida raislik qiluvchining taklifi bilan boshlanadi. Shundan keyin sudlanuvchini davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar va ularning vakillari, himoyachi, jamoat himoyachisi, fuqaroviy javobgar va uning vakili so‘roq qiladilar. So‘ngra sudlanuvchiga boshqa sudlanuvchilar va ularning himoyachilari savollar berishi mumkin.
442-modda. Sudda so‘roq qilish tartibi (davomi)
Jabrlanuvchilarni, shuningdek ayblov xulosasiga va ayblov dalolatnomasiga ilova qilingan ro‘yxatga binoan sud majlisiga chaqirilgan yoki ayblovchi tomonning iltimosiga binoan qo‘shimcha ravishda chaqirilgan guvohlar va ekspertlarni so‘roq qilish ham ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi. Basharti guvohlar va ekspertlar sud majlisiga himoya tomonining iltimosiga binoan chaqirilgan bo‘lsalar, ularni dastlab shu iltimosni qilgan sudlanuvchi yoki uning himoyachisi, keyin esa boshqa sudlanuvchilar va ularning himoyachilari, jamoat himoyachisi, fuqaroviy javobgar va uning vakili, davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar va ularning vakillari so‘roq qiladilar.
Raislik qiluvchi va xalq maslahatchilari so‘roq qilinayotgan har qanday shaxsga sud tergovining istalgan paytida savollar berishga haqlidir.
Sud majlisida ko‘rsatuv berib bo‘lgan shaxslarga bergan ko‘rsatuvlarini to‘ldirish va aniqliklar kiritish uchun sudning ijozati bilan savollar berilishi mumkin.
443-modda. Yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini tekshirish
Taraflarning iltimoslariga yoki sudning tashabbusiga ko‘ra raislik qiluvchi, xalq maslahatchilaridan biri yoki sud majlisining kotibi surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qo‘shib qo‘yilgan, ish uchun ahamiyatli bo‘lishi ehtimol tutilgan yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini o‘qib eshittiradi.
Sudning talabiga ko‘ra yoki boshqa shaxslarning tashabbuslari bilan taqdim qilingan hujjatlarni sud o‘qib eshittiradi va taraflarga taqdim qiladi, ular esa shu hujjatlarning ishga ahamiyati bor-yo‘qligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon qiladilar. So‘ngra sud hujjatlarni ishga qo‘shish yoki tegishliligiga qarab qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
444-modda. Ko‘zdan kechirish
Sud ko‘zdan kechirishni ushbu Kodeksning 135 — 141-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazadi.
Sud surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qo‘shilgan ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni, shuningdek taraflar va boshqa shaxslar bevosita sud muhokamasida taqdim etgan narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni sud majlisi zalida taraflarning ishtirokida ko‘zdan kechiradi. Sud ko‘zdan kechirishda ishtirok etishga ekspertlarni, mutaxassislarni, guvohlarni ham jalb etishi mumkin.
Sud joy, binolar, inshootlar, xonalarni, shuningdek sud majlisi zaliga keltirib bo‘lmaydigan transport vositalari va boshqa obyektlarni ular turgan joyga borib ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ishtirokida ko‘zdan kechiradi.
445-modda. Guvohlantirish
Sud tergovida guvohlantirishni sud ushbu Kodeksning 142 — 147-moddalarida nazarda tutilgan talablarga hamda quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazadi.
Guvohlantirish yechintirib yalang‘ochlash bilan bog‘liq bo‘lsa, alohida xonada shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan, guvohlantirilayotgan shaxsning jinsidagi xolislar ishtirokida o‘tkaziladi. Guvohlantirish o‘tkazib bo‘linganidan so‘ng protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisi zaliga qaytib kiradilar va u yerda taraflarning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning ishtirokida shifokor yoki boshqa mutaxassis guvohlantirilgan shaxsning badanida izlar yoki belgilar aniqlangan bo‘lsa, shu xususda axborot beradi hamda taraflarning, sudyalarning savollariga javob beradi. Bu ma’lumotlar, shuningdek guvohlantirilgan shaxsning hamda xolislarning mulohaza va tushuntirishlari sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi va ular shifokorning, boshqa mutaxassisning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning imzolari bilan tasdiqlanadi.
446-modda. Ekspertiza
Sud tergovida ekspertiza ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda tayinlanadi va o‘tkaziladi.
Sud majlisida ekspertizani ilgari sudgacha ish yuritish bosqichida xulosa bergan ekspertlar yoki sud tayinlagan yangi ekspertlar yoxud ham ilgarigi, ham keyin tayinlangan ekspertlar birgalikda o‘tkazadi.
Taraflardan birortasining iltimosi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan sud ekspertiza tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi va uni sud majlisida o‘qib eshittiradi. Ajrimda ekspertiza o‘tkazish topshirilgan shaxs yoki ekspertiza muassasasi ko‘rsatiladi va ekspert oldiga savollar qo‘yiladi. Bunda sud taraflarga ularning ekspertni rad etish, taraf ko‘rsatgan qo‘shimcha shaxsni ekspertlar safiga kiritish, ekspert oldiga qo‘shimcha savollar qo‘yish, ekspertizani taraflarning ishtirokida o‘tkazish to‘g‘risida iltimoslar qilish, shuningdek ekspertiza davomida izohot berib borish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi.
Iltimoslar yoki ekspertni rad qilish to‘g‘risidagi arzlarni sud ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq holda ko‘rib chiqadi.
Sud tergovida ekspert so‘roq qilinayotgan shaxslarga savollar berishga, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, tergov harakatlarining bayonnomalari, boshqa ekspertlarning xulosalari bilan tanishishga, ko‘zdan kechirishlar, eksperimentlarda va ekspertiza predmetiga oid sudning boshqa harakatlarida ishtirok etishga haqlidir.
446-modda. Ekspertiza (davomi)
Sud tergovi davomida ekspertning oldiga qo‘shimcha savollar qo‘yilishi mumkin.
Ekspertiza predmetiga oid holatlar tekshiruvi tugallangach, sud xulosa tayyorlash uchun ekspertga muhlat beradi. Basharti buning uchun laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazish lozim bo‘lsa, sud ekspertga tegishli obyektlarni beradi.
Ekspert o‘z xulosasini sud majlisida o‘qib eshittiradi. Xulosa sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
Ekspert xulosa berganidan so‘ng, xulosada bayon qilingan holatlar bo‘yicha u sud majlisida so‘roq qilinishi mumkin.
447-modda. Tanib olish uchun ko‘rsatish, eksperiment o‘tkazish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish
Sud tergovida tanib olish uchun ko‘rsatish, eksperiment o‘tkazish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125 — 131, 153 — 156, 188 — 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi. Taraflar shu sud harakatlari munosabati bilan iltimoslar qilishga va o‘z mulohazalarini bildirishga haqlidirlar.
Sud ushbu harakatlarni o‘tkazishda ko‘maklashishni surishtiruvchi yoki tergovchidan talab qilishga haqlidir.
Tanib olish uchun ko‘rsatish, eksperiment o‘tkazish hamda namunalar olish jarayoni va natijalari, shuningdek mazkur sud harakatlarining yuritilishi munosabati bilan bildirilgan iltimoslar, mulohazalar va tushuntirishlar sud majlisining bayonnomasida qayd qilinadi.
448-modda. Sud tergovining tamomlanishi
Barcha dalillar tekshirib chiqilganidan keyin raislik qiluvchi taraflardan ular sud tergovini to‘ldirmoqchilarmi va to‘ldirmoqchi bo‘lsalar, nima bilan to‘ldirmoqchi ekanliklarini so‘raydi. Basharti bu haqda iltimos qilinsa, sud uni muhokama qiladi va hal etadi.
Iltimoslarni qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha harakatlar bajarilganidan so‘ng raislik qiluvchi sud tergovini tamom bo‘lgan deb e’lon qiladi.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, sud tergovi nimadan boshlanadi?
- Davlat ayblovchisining sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblov mazmunini o‘qib eshittirishidan
- Sudlanuvchining ishning holatlari to‘g‘risida erkin hikoya qilib berishidan
- Guvohlarning oshkora qasamyod qilishidan va ularning ko‘rsatuvlarini eshitishdan
- Himoyachining sudlanuvchini oqlash haqidagi nutqini o‘qib eshittirishidan
To‘g‘ri javob: Davlat ayblovchisining sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblov mazmunini o‘qib eshittirishidan. 439-modda: sud tergovi ayblov mazmunini davlat ayblovchisi tomonidan o‘qib eshittirishdan boshlanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, sud tergovi boshida raislik qiluvchi sudlanuvchidan nimalarni so‘raydi?
- Ayblovni bekor qilishni so‘rash-so‘ramasligini va himoyachi tayinlashni xohlash-xohlamasligini
- Ayblovning mohiyati tushunarli yoki tushunarsizligini va o‘z aybiga iqrorligi yoki iqror emasligini
- Ko‘rsatuv berishga roziligini va sudga chaqirilishi lozim bo‘lgan guvohlar ro‘yxatini
- Jazo turi bo‘yicha fikrini va tanlagan himoyachisining ismini
To‘g‘ri javob: Ayblovning mohiyati tushunarli yoki tushunarsizligini va o‘z aybiga iqrorligi yoki iqror emasligini. 439-modda: raislik qiluvchi ayblovning mohiyati tushunarliligini va aybiga iqrorligini so‘raydi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 440-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Dalillarni tekshirish navbatini belgilash
- Sud tergovining boshlanishi
- Yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini tekshirish
- Taraflarga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish
To‘g‘ri javob: Dalillarni tekshirish navbatini belgilash. 440-modda: Dalillarni tekshirish navbatini belgilash.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Dalillarni tekshirish navbatini belgilash» qaysi moddada belgilangan?
- 439-modda
- 436-modda
- 443-modda
- 440-modda
To‘g‘ri javob: 440-modda. 440-modda: Dalillarni tekshirish navbatini belgilash.
Sud dalillarni tekshirish navbati to‘g‘risida taraflarning takliflarini eshitgach, bunday navbatni qaysi shaklda aks ettiradi?
- Hukmda
- Qarorda
- Ajrimda
- Sud majlisi bayonnomasining ilovasida
To‘g‘ri javob: Ajrimda. 440-modda: dalillarni tekshirish navbatini sud ajrimda aks ettiradi.
Sudlanuvchi Karimov dalillarni tekshirishni o‘zini so‘roq qilishdan boshlashga rozi bo‘ldi va sud shunday navbat belgiladi. Karimov so‘roq qilib bo‘lingach, sud keyin kimni so‘roq qiladi?
- Ekspertlarni
- Ayblov guvohlarini qasamyodsiz
- Avval yozma dalillarni o‘qib eshittirish bilan cheklanadi, so‘roq qilmaydi
- Jabrlanuvchilarni
To‘g‘ri javob: Jabrlanuvchilarni. 440-modda: dalillarni tekshirish sudlanuvchilarni so‘roq qilishdan boshlangan bo‘lsa, ulardan keyin sud jabrlanuvchilarni so‘roq qiladi.
Sud tergovida necha yoshga to‘lmagan guvohga ham oshkora qasamyod qilish taklif etiladi, lekin u yolg‘on ko‘rsatuv uchun javobgarlik haqida ogohlantirilmaydi va undan tilxat olinmaydi?
- O‘n to‘rt yoshga
- O‘n sakkiz yoshga
- O‘n besh yoshga
- O‘n olti yoshga
To‘g‘ri javob: O‘n olti yoshga. O‘n olti yoshga to‘lmagan guvohga qasamyod taklif etiladi, ammo javobgarlik haqida ogohlantirilmaydi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, guvohni so‘roq qilishdan oldin raislik qiluvchi nima qiladi?
- Guvohning shaxsini aniqlaydi va ko‘rsatuvdan bosh tortganlik yoki bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi
- Guvohning shaxsini aniqlaydi va uni so‘roq qilishga sudlanuvchining roziligini so‘raydi, javobgarlik haqida esa guvohni ogohlantirmaydi
- Guvohning ko‘rsatuvi mazmunini taraflarga oldindan e’lon qilib, ular bilan kelishadi va javobgarlik haqida ogohlantirishni keyinga qoldiradi
- Guvohning ko‘rsatuvini ayblov xulosasi bilan solishtirib, farqlarini sud majlisiga bildiradi va javobgarlik haqida ogohlantirishni sudya o‘rinbosariga topshiradi
To‘g‘ri javob: Guvohning shaxsini aniqlaydi va ko‘rsatuvdan bosh tortganlik yoki bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi. 441-modda: raislik qiluvchi guvohning shaxsini aniqlaydi va javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash