XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 539¹–546¹-m.

Hukm, ajrim va qarorlarni ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal qilish (2/2)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

539¹-modda. Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo‘yicha yuzaga keladigan masalalarni hal etish

Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo‘yicha yuzaga keladigan masalalar fuqarolik protsessual qonunchiligida hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.

540-modda. Ijro qilinmagan boshqa hukmlar mavjud bo‘lgan taqdirda hukmni ijro etish tartibi

Mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud bo‘lib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar bo‘lsa, hukm ijro etilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi hukm qilingan shaxsga Jinoyat kodeksining 60-moddasiga amal qilib, mazkur hukmlarning hammasida belgilangan jazolarni qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

541-modda. Hukm, ajrim va qarorning ijrosiga taalluqli masalalarni hal qiluvchi sudlar

Birinchi va ikkinchi guruh nogironi bo‘lib qolgan shaxslarni ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risidagi, hukm ijrosini kechiktirish to‘g‘risidagi, hukmni ijro qilmaslik to‘g‘risidagi, jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risidagi, axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilayotgan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini o‘zgartirish, uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan shaxslarga nisbatan majburiy davolash choralarini qo‘llash, uzaytirish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo‘yicha masalalarni, shuningdek hukmni ijro etishda yuz beradigan har qanday shubha va noaniqliklarni hukmni chiqargan sud hal qiladi. Basharti hukm uni chiqargan sud faoliyat ko‘rsatayotgan hududdan tashqarida ijro etilayotgan bo‘lsa, bu masalalar teng darajadagi sud tomonidan hal etiladi, hukm ijro etilayotgan hududda teng darajadagi sud bo‘lmasa, yuqori sud tomonidan hal etiladi. Bunday hollarda ajrimning nusxasi hukm chiqargan sudga jo‘natiladi.

Mahkumni kasalligi yoki nogironligi sababli jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risidagi, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to‘g‘risidagi, jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish to‘g‘risidagi, jazoni o‘tash muddatini shaxs tuzalish yo‘liga o‘tganligi munosabati bilan qisqartirish to‘g‘risidagi, jazoning shartliligini bekor qilish to‘g‘risidagi, bir jazoni ijro etish koloniyasidan yoki tarbiya koloniyasidan boshqa turdagi koloniyaga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga o‘tkazish haqidagi masalalarni mahkum jazoni o‘tab turgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining sudyasi hal qiladi.

541-modda. Hukm, ajrim va qarorning ijrosiga taalluqli masalalarni hal qiluvchi sudlar (davomi)

Ozodlikdan mahrum etishga shartli ravishda hukm qilinganda sinov muddatini qisqartirish yoki shartli hukmni bekor qilib, mahkumni hukmda belgilangan jazoni o‘tash uchun jo‘natish haqidagi, hukmning ijro etilishi kechiktirilgan mahkumni jazodan ozod etish, shuningdek hukmning ijrosini kechiktirishni bekor qilish va mahkumni ozodlikdan mahrum etishni o‘tash uchun yuborish to‘g‘risidagi, sudlanganlikni olib tashlash haqidagi masalalar shu mahkumning istiqomat joyidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinadi.

542-modda. Hukmni, ajrimni va qarorni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish tartibi

Hukmni, ajrimni va qarorni ijro etish to‘g‘risidagi masalalar sudya tomonidan prokuror hamda mahkum ishtirokida, ushbu Kodeks 613-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa mahkum yoki o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxs ishtirokisiz sud majlisida hal qilinadi. Mahkumning ushbu Kodeks 532-moddasida nazarda tutilgan huquqlari ta’minlanadi. Sudya voyaga yetmagan, shuningdek jismoniy nuqsonlari bo‘lgan yoki ruhiy holati buzilgan mahkumlarga doir hukmlarni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqayotganida himoyachi ishtirok etishi shart.

Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma’muriyatning yo‘llanmasi bo‘yicha o‘zi turishi lozim bo‘lgan boshqa joyni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgan mahkumni manzil-koloniyadan boshqa tartibli koloniyaga o‘tkazish to‘g‘risidagi masala prokurorning iltimosnomasiga binoan ko‘rib chiqiladi. Mahkumning sudda hozir bo‘lishini ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda mazkur masala sud tomonidan mahkumning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi. Bunda mahkumni qamoqqa olish va unga nisbatan qidiruv e’lon qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinishi kerak.

Jarima jazosiga, axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jarima jazosini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi uchun sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda, jazoni ijro etuvchi organning taqdimnomasi mahkum yo‘qligida ko‘rib chiqilishi mumkin. Jarima, majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan, shuningdek ozodlikni cheklash ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda sud mahkumga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash va qidiruv e’lon qilish to‘g‘risidagi masalani hal qilishi kerak.

542-modda. Hukmni, ajrimni va qarorni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish tartibi (davomi)

Agar masala hukmning fuqaroviy da’vo to‘g‘risidagi qismini ijro etishga taalluqli bo‘lsa, sud majlisiga fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari ham chaqiriladi. Mazkur shaxslarning sud majlisiga kelmay qolishi ishni ko‘rishni to‘xtatib qo‘ymaydi.

Mahkumni kasalligi, nogironligi sababli jazoni o‘tashdan ozod etish to‘g‘risidagi, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to‘g‘risidagi, jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish to‘g‘risidagi, jazoning shartliligini bekor qilish to‘g‘risidagi, bir jazoni o‘tash koloniyasidan boshqa tartibli koloniyaga o‘tkazish to‘g‘risidagi, tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi, maxsus tartibli jazoni o‘tash koloniyasidan qattiq tartibli jazoni o‘tash koloniyasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi, axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning mehnat stajiga qo‘shish, shuningdek mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi masalalar mahkum jazoni o‘tab turgan joydagi tuman (shahar) sudining ajrimi bilan hal etiladi.

Ish jazoning ijrosini amalga oshiruvchi muassasa hamda bolalar masalalari bo‘yicha komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan ko‘rib chiqiladigan hollarda sudya mazkur komissiyani iltimosnoma ko‘riladigan vaqt va joy haqida xabardor qiladi.

Boshqa mahkumlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish maqsadida muddatidan ilgari shartli ozod etish haqidagi taqdimnoma sudya tomonidan jazoni ijro etish koloniyasida yoki tarbiya koloniyasida ko‘rib chiqilishi mumkin.

542-modda. Hukmni, ajrimni va qarorni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish tartibi (davomi)

Ishni ko‘rish taqdimnoma yoki iltimosnomani o‘qib eshittirishdan boshlanadi, keyin sudya taqdim etilgan materiallarni tekshiradi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning fikrlarini eshitadi. Oxirida mahkum yoki uning himoyachisiga so‘z beriladi. So‘ngra sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.

543-modda. Sinov muddati to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish

Sudya shartli hukm qilingan shaxsning sinov muddatini qisqartirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqayotganida sud majlisiga ana shu shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat olib boruvchi organlarning, shuningdek mahkumni kuzatib turuvchi va u bilan tarbiyaviy ish olib boruvchi jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakillari taklif etiladi.

544-modda. Sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish

Sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi masala sudya tomonidan jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsning, uning himoyachisi yoki qonuniy vakilining yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasiga asosan ko‘rib chiqiladi.

Sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda iltimosnoma kim haqida berilgan bo‘lsa, shu shaxsning sud majlisida qatnashishi shart. U himoyachi olish huquqi bilan ta’minlanadi. Sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnoma jamoat birlashmasi yoki jamoa tomonidan berilgan bo‘lsa, ularning vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart.

Sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish taqdim qilingan iltimosnomani o‘qib eshittirishdan boshlanadi, so‘ng sudya sudda hozir bo‘lganlarning fikrlarini eshitadi va ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.

Sudlanganlikni olib tashlash rad etilsa, sudyaga bu masalaga doir qayta iltimosnoma ajrim chiqqan kundan boshlab kamida bir yil o‘tganidan keyin kiritilishi mumkin.

545-modda. Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish

Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi masala jamoat birlashmasi yoki jamoa iltimosnomasi bo‘yicha, jazoni o‘tab chiqqan shaxs mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan taqdirda esa, uning iltimosnomasi bo‘yicha ham mazkur shaxs turgan joydagi tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi masala sudya tomonidan ko‘rib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida berilgan bo‘lsa, shu shaxsning, shuningdek iltimos qo‘zg‘atgan jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili qatnashishi shart.

Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish mavjud materiallarni o‘qib eshittirish bilan boshlanadi, so‘ng sudya chaqirilgan shaxslarni tinglaydi, mahkumning axloq tuzatish ishlarini o‘tash vaqtida halol mehnat qilganligi va namunali xulqidan dalolat beruvchi ma’lumotlarni aniqlab oladi.

Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi iltimosnoma yuzasidan sudya chiqargan ajrim ustidan yuqori sudga shikoyat berish va protest bildirish mumkin.

546-modda. Xizmat bo‘yicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini hisobga kiritish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish

Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish to‘g‘risidagi masala hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan ana shunday turdagi jazolarning muddati tugagach, qo‘mondonlikning iltimosnomasiga asosan ko‘rib chiqiladi.

Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish to‘g‘risidagi masala hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida kiritilgan bo‘lsa, shu shaxsning, shuningdek iltimosnoma kiritgan qo‘mondonlikning vakili qatnashishi shart.

Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish mavjud materiallarni o‘qib eshittirishdan boshlanadi, so‘ng hududiy harbiy sudning sudyasi chaqirilgan shaxslarni tinglaydi, mahkumning xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtida vijdonan xizmat qilganligidan va namunali xulq-atvoridan dalolat beruvchi ma’lumotlarni aniqlab oladi.

Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish to‘g‘risidagi iltimosnoma yuzasidan hududiy harbiy sudning sudyasi chiqargan ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin.

546¹-modda. Sudning hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish chog‘ida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish

Sudning hukmini, ajrimini va qarorlarini ijro etish chog‘ida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish to‘g‘risidagi ajrim sud tomonidan o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 499-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.

Kassatsiya instansiyasining sud hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish chog‘ida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan taftish tartibida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkin.

O‘N UCHINCHI BO‘LIM

ALOHIDA TOIFADAGI JINOYAT ISHLARINI YURITISH

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 539¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ijro qilinmagan boshqa hukmlar mavjud bo‘lgan taqdirda hukmni ijro etish tartibi
  2. Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo‘yicha yuzaga keladigan masalalarni hal etish
  3. Hukmning ijrosini kechiktirish
  4. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini jazoni o‘tash vaqtida o‘zgartirish

To‘g‘ri javob: Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo‘yicha yuzaga keladigan masalalarni hal etish. 539¹-modda: Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo‘yicha yuzaga keladigan masalalarni hal etish.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo‘yicha yuzaga keladigan masalalarni hal etish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 540-modda
  2. 533-modda
  3. 537-modda
  4. 539¹-modda

To‘g‘ri javob: 539¹-modda. 539¹-modda: Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo‘yicha yuzaga keladigan masalalarni hal etish.

Hukmlar va ajrimlarni ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qism bo‘yicha yuzaga keladigan masalalar qaysi tartibda hal etiladi?
  1. Fuqarolik protsessual qonunchiligi hamda sud hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda
  2. Faqat Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda, fuqarolik protsessual qonunchiligini qo‘llamasdan
  3. Faqat prokuror ko‘rsatmasiga ko‘ra, fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibni qo‘llamasdan
  4. Faqat Jinoyat-ijroiya kodeksiga muvofiq ma’muriy tartibda, sud hujjatlarini ijro etish haqidagi qonunchilikni qo‘llamasdan

To‘g‘ri javob: Fuqarolik protsessual qonunchiligi hamda sud hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda. 539¹-modda mulkiy undiruv masalalarini fuqarolik protsessual va sud hujjatlarini ijro etish qonunchiligiga havola qiladi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 540-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish tartibi
  2. Axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish
  3. Ijro qilinmagan boshqa hukmlar mavjud bo‘lgan taqdirda hukmni ijro etish tartibi
  4. Sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish

To‘g‘ri javob: Ijro qilinmagan boshqa hukmlar mavjud bo‘lgan taqdirda hukmni ijro etish tartibi. 540-modda: Ijro qilinmagan boshqa hukmlar mavjud bo‘lgan taqdirda hukmni ijro etish tartibi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ijro qilinmagan boshqa hukmlar mavjud bo‘lgan taqdirda hukmni ijro etish tartibi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 536¹-modda
  2. 545-modda
  3. 544-modda
  4. 540-modda

To‘g‘ri javob: 540-modda. 540-modda: Ijro qilinmagan boshqa hukmlar mavjud bo‘lgan taqdirda hukmni ijro etish tartibi.

Mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, barcha hukmlardagi jazolarni qo‘llash to‘g‘risida ajrimni qaysi sud chiqaradi?
  1. Birinchi hukmni chiqargan viloyat sudi, hukm ijro etilayotgan joydan qat’i nazar
  2. Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, yagona tartibda
  3. Hukm ijro etilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi
  4. Keyingi hukmni chiqargan sud o‘zi yangi hukm bilan, ijro joyidan qat’i nazar

To‘g‘ri javob: Hukm ijro etilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi. 540-moddaga ko‘ra, hukm ijro etilayotgan joydagi tuman (shahar) sudi JK 60-moddasiga amal qilib ajrim chiqaradi.

Hukmni ijro etishda yuz beradigan shubha va noaniqliklarni, shuningdek hukm ijrosini kechiktirish haqidagi masalani qaysi sud hal qiladi?
  1. Viloyat sudi apellyatsiya hay’ati
  2. Jazoni o‘tash joyidagi tuman sudi
  3. Oliy sud raisi
  4. Hukmni chiqargan sud

To‘g‘ri javob: Hukmni chiqargan sud. 541-moddaga ko‘ra, bunday masalalarni hukmni chiqargan sud hal qiladi.

Hukm uni chiqargan sud faoliyat ko‘rsatayotgan hududdan tashqarida ijro etilmoqda va u yerda teng darajadagi sud yo‘q. Ijroga oid masalani qaysi sud hal qiladi?
  1. Hukmni chiqargan sud baribir o‘zi
  2. Yuqori sud
  3. Quyi sud
  4. Prokuratura organi

To‘g‘ri javob: Yuqori sud. 541-modda: ijro hududida teng darajadagi sud bo‘lmasa, masalani yuqori sud hal qiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHukm, ajrim va qarorlarni ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal qilish (1/2)Keyingi →Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish (1/2)