XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 533–539-m.

Hukm, ajrim va qarorlarni ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal qilish (1/2)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

533-modda. Hukmning ijrosini kechiktirish

Sudya ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan hukm ijrosini quyidagi asoslardan birortasi mavjud bo‘lganda kechiktirishi mumkin:

Hukmning jarima solish, fuqaroviy da’voni qanoatlantirish yoki keltirilgan ziyonni qoplash qismining ijro etilishini olti oygacha kechiktirish yoki to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini sudya ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini e’tiborga olib hal qiladi.

O‘ta xavfli retsidivistlarga va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukmning ijrosini kechiktirish mumkin emas.

534-modda. Kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilish tartibi

Mahkum jazoni o‘tayotgan vaqtida jazoni o‘tashga monelik qiladigan ruhiy holatining surunkali buzilishi yuzaga kelgan yoki boshqa og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan taqdirda sudya jazoning ijro qilinishiga mutasaddi organning taqdimnomasiga binoan, maxsus tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan mahkumni o‘talmay qolgan jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqlidir.

Ruhiy holatining surunkali buzilishi yuzaga kelgan mahkumni o‘talmay qolgan jazodan ozod qilishda sudya unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlashga yoxud uni sog‘liqni saqlash organlari yoki qarindoshlari vasiyligiga berishga haqlidir.

Bunday shaxslar sog‘aygan taqdirda, basharti bu hol jazoning ijro etish muddati tugashiga qadar sodir bo‘lsa, sud tayinlangan jazoni ijro etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

Ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslardan tashqari, og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan shaxslarni o‘talmay qolgan jazodan ozod qilish masalasini hal etishda sudya sodir etilgan jinoyatning og‘irligini, mahkumning shaxsini va boshqa holatlarni hisobga oladi.

Mahkumni o‘talmay qolgan jazodan kasalligi tufayli ozod qilganda sudya uni faqat asosiy jazodan emas, balki qo‘shimcha jazo chorasidan ham ozod qilishga haqli, bu ajrimda ko‘rsatilishi lozim.

535-modda. Jazoning shartliligini bekor qilish tartibi

Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan Jinoyat kodeksi 72-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.

536-modda. Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish tartibi

Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalarida nazarda tutilgan hollarda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qo‘llaniladi.

Intizomiy qismda jazoni o‘tayotganlarga nisbatan ana shu choralar intizomiy qism qo‘mondonligining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qo‘llaniladi.

Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish o‘n sakkiz yoshga to‘lmay jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati va bolalar masalalari bo‘yicha komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan yoxud mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga asosan sudya tomonidan qo‘llaniladi.

Muayyan huquqdan mahrum etish tarzidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa, mahkumning o‘zi yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu masalalar to‘g‘risidagi taqdimnomalar yoki iltimosnomalar ularni rad etish to‘g‘risida qaror chiqqan kundan boshlab kamida olti oy o‘tgach, qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

536¹-modda. Mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish tartibi

Mahkumni amnistiya aktiga asosan asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman ozod qilish yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki unga tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish prokurorning iltimosnomasiga binoan mahkumning jazoni o‘tash joyidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan amalga oshiriladi.

536²-modda. Jazoni o‘tash muddatini shaxs tuzalish yo‘liga o‘tganligi munosabati bilan qisqartirish tartibi

Jinoyat kodeksining 74¹-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tash muddatini qisqartirish jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining taqdimnomasiga yoxud qonunda belgilangan tartibda mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga ko‘ra sudya tomonidan amalga oshiriladi.

537-modda. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini jazoni o‘tash vaqtida o‘zgartirish

Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga va koloniyadan turmaga o‘tkazish jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining taqdimnomasiga binoan, shuningdek mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga ko‘ra sudya tomonidan amalga oshiriladi.

Sudya jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga, koloniyadan turmaga o‘tkazishni rad etsa, bu masala yuzasidan kiritilgan taqdimnoma yoki iltimosnoma rad qilish haqida qaror chiqarilgan kundan boshlab kamida olti oy o‘tgach qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga o‘tkazish tarbiya koloniyasi ma’muriyatining bolalar masalalari bo‘yicha komissiya bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi.

O‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga o‘tkazish masalasini hal etishda sudya uning tuzalish darajasini hisobga olishi lozim. Mahkum tarbiya koloniyasida jazoni o‘tash muddatini davom ettirish uchun uzog‘i bilan yigirma bir yoshga to‘lgunga qadar qoldirilishi mumkin.

538-modda. Mahkumni tergov hibsxonasida saqlab turish

Boshqa shaxs sodir etgan jinoyat haqidagi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borish zarur bo‘lganda jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan mahkum tergov hibsxonasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan — uch oygacha muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlarining roziligi bilan esa olti oygacha muddatga yoki ish sudda ko‘rilishi munosabati bilan — sud ajrimiga ko‘ra ish sudda ko‘rib chiqiladigan vaqtga qadar ushlab turilishi mumkin.

539-modda. Jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish tartibi

Jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish Jinoyat kodeksining 44, 45¹, 46, 48¹, 82, 82¹, 83 va 84¹-moddalariga muvofiq sudya tomonidan jazoni ijro etuvchi organlarning taqdimnomasiga ko‘ra yoki jamoat birlashmasining yoxud mehnat jamoasining iltimosnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Bilimingizni sinang

Hukmni ijro etish paytigacha mahkuma homilador bo‘lib qolsa, ozodlikdan mahrum etish hukmi ijrosi ko‘pi bilan qancha muddatga kechiktirilishi mumkin?
  1. Bir yildan oshmagan muddatga
  2. Uch oydan oshmagan muddatga
  3. Ikki yildan oshmagan muddatga
  4. Olti oydan oshmagan muddatga

To‘g‘ri javob: Bir yildan oshmagan muddatga. Mahkuma homilador bo‘lib qolsa, hukm ijrosi bir yildan oshiq bo‘lmagan muddatga kechiktiriladi.

Mahkumaning yosh bolasi bo‘lsa, ozodlikdan mahrum etish hukmi ijrosi bola necha yoshga to‘lgunga qadar kechiktirilishi mumkin?
  1. Bir yoshga
  2. Ikki yoshga
  3. Besh yoshga
  4. Uch yoshga

To‘g‘ri javob: Uch yoshga. Mahkumaning yosh bolasi bo‘lsa, hukm ijrosi bola uch yoshga to‘lgunga qadar kechiktirilishi mumkin.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, mahkumaning yosh bolasi bo‘lsa, ozodlikdan mahrum etish haqidagi hukm ijrosi qancha muddatga kechiktirilishi mumkin?
  1. Bola bir yoshga to‘lgunga qadar
  2. Bola uch yoshga to‘lgunga qadar
  3. Bola maktab yoshiga yetgunga qadar
  4. Bir yildan oshmagan muddatga

To‘g‘ri javob: Bola uch yoshga to‘lgunga qadar. 533-moddaning 3-bandiga ko‘ra, yosh bolasi bor mahkumaga nisbatan hukm ijrosi bola uch yoshga to‘lgunga qadar kechiktiriladi.

Nilufar ozodlikdan mahrum etishga hukm qilindi. Hukm ijro etilgunga qadar uning homilador ekani ma’lum bo‘ldi. Sudya hukm ijrosini qancha muddatga kechiktirishi mumkin?
  1. Uch oydan oshmagan muddatga
  2. Olti oydan oshmagan muddatga
  3. Bola tug‘ilgunga qadar, muddat cheklanmagan holda
  4. Bir yildan oshiq bo‘lmagan muddatga

To‘g‘ri javob: Bir yildan oshiq bo‘lmagan muddatga. 533-moddaning 2-bandiga ko‘ra, homilador mahkumaga hukm ijrosi bir yildan oshiq bo‘lmagan muddatga kechiktirilishi mumkin.

Hukmning jarima solish, fuqaroviy da’voni qanoatlantirish yoki ziyonni qoplash qismining ijrosi to‘g‘risida sudya nimani hal qilishi mumkin?
  1. Ijroni olti oygacha kechiktirish yoki to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini
  2. Ijroni bir yilgacha kechiktirishni, bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat bermaslikni
  3. Jarimani butunlay kechirishni
  4. Ijroni faqat mahkumning arizasiz kechiktirishni

To‘g‘ri javob: Ijroni olti oygacha kechiktirish yoki to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini. 533-modda: mulkiy qismlar ijrosini sudya olti oygacha kechiktirishi yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berishi mumkin.

Hukm ijrosini kechiktirish haqidagi quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
  1. O‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukm ijrosini kechiktirish mumkin emas
  2. Hukm ijrosini kechiktirish faqat ayol mahkumalarga nisbatan mumkin, istisnolarsiz
  3. Og‘ir kasal mahkumga hukm ijrosi har doim, jinoyat og‘irligidan qat’i nazar, bir yilga kechiktiriladi
  4. Kechiktirish masalasini faqat prokuror hal qiladi, sud bu masalada ishtirok etmaydi va ajrim chiqarmaydi

To‘g‘ri javob: O‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukm ijrosini kechiktirish mumkin emas. 533-moddaning oxirgi qismiga ko‘ra, o‘ta xavfli retsidivistlar va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlarga nisbatan ijroni kechiktirish mumkin emas.

Sudya mahkumni kasalligi tufayli o‘talmay qolgan jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risida ajrim chiqarishda nimalarga asoslanadi?
  1. Faqat mahkumning shaxsiy arizasiga va uning yaqin qarindoshlari tomonidan berilgan hujjatlarga
  2. Faqat prokurorning protestiga hamda hukmni chiqargan sud raisining yozma xulosasiga
  3. Jazoni ijro etishga mutasaddi organning taqdimnomasiga va maxsus tibbiy komissiya xulosasiga
  4. Faqat mahkumning qarindoshlari iltimosiga hamda mahalla fuqarolar yig‘inining tavsiyanomasiga

To‘g‘ri javob: Jazoni ijro etishga mutasaddi organning taqdimnomasiga va maxsus tibbiy komissiya xulosasiga. 534-moddaga ko‘ra, ajrim mutasaddi organning taqdimnomasi va maxsus tibbiy komissiya xulosasiga asosan chiqariladi.

Ruhiy holatining surunkali buzilishi yuzaga kelgan mahkumni o‘talmay qolgan jazodan ozod qilishda sudya qanday qaror qabul qilishga haqli?
  1. Unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlashga yoki sog‘liqni saqlash organlari yoxud qarindoshlari vasiyligiga berishga
  2. Uni darhol to‘liq reabilitatsiya qilishga va tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlamasdan ozod etishga, qarindoshlari vasiyligiga bermasdan
  3. Unga nisbatan qamoq jazosini qat’iy rejimda davom ettirishga va tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlamaslikka
  4. Uni faqat ish joyi jamoasining kafilligiga berishga, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlamasdan va sog‘liqni saqlash organlariga bermasdan

To‘g‘ri javob: Unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlashga yoki sog‘liqni saqlash organlari yoxud qarindoshlari vasiyligiga berishga. 534-modda: sudya tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlashga yoki sog‘liqni saqlash organlari yoxud qarindoshlari vasiyligiga berishga haqli.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHukmlarni va ajrimlarni ijro ettirishKeyingi →Hukm, ajrim va qarorlarni ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal qilish (2/2)