Nodar Dumbadze va «Hellados» hikoyasi
Mavzular
Gruzin adibi va o‘zbekcha tarjimalar
Gruzin xalqining ardoqli adibi Nodar Dumbadze asarlarida ifoda etilgan ezgulik, insonparvarlik, adolatsevarlik, xalqqa muhabbat tuyg‘ulari uni boshqa xalqlar o‘quvchilari uchun ham suyukli yozuvchiga aylantirgan.
Nodar Dumbadzening o‘nlab hikoyalari, «Kukaracha» qissasi, «Oq bayroqlar», «Abadiyat qonuni» singari romanlari mohir tarjimon Nizom Komil tomonidan ona tilimizga o‘girilgan. «Abadiyat qonuni» asari asosida o‘zbek san’atkorlari tomonidan yaratilgan ko‘p qismli videofilm namoyish etilgach, bizning yurtimizda adib ijodiga qiziqish yanada kuchaygan.
Tug‘ilishi va ilk asarlari
Nodar Vladimirovich Dumbadze 1928-yilning 14-iyulida Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tug‘ilgan. Yozuvchining ilk hikoyalar to‘plami «Qishloq bolalari» nomi bilan 1958-yilda chop etilgan. Uning dastlabki yirik asarlari «Men, buvim, Iliko va Illarion» qissasi 1960-yilda, «Quyoshni ko‘ryapman» nomli romani esa 1962-yilda yaratilgan. Yozuvchining bu asarlarida Ikkinchi jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlaridagi og‘ir va mashaqqatli hayot manzaralari, bir-biriga o‘xshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan.
- Nodar Dumbadze (1928 – 1984)
Romanlar va «Abadiyat qonuni»
Adib zamonaviy mavzulardagi asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazilatlarni ulug‘laydi. Uning 1967-yilda yozilgan «Quyosh kechasi», 1972-yilda chop etilgan «Oq bayroqlar» romanlari bunga misol bo‘la oladi. Nodar Dumbadzening 1978-yilda yaratilgan «Abadiyat qonuni» asari nafaqat Gruziyaning o‘zida, balki ko‘plab boshqa yurtlarda ham izlab topib o‘qiladigan asarlar qatoridan joy oldi.
Bu romanda insonning hayotdagi o‘rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari to‘g‘risida keng mushohada yuritilgan.
Yanguli – Venetsian ko‘chasi bolasi
Yanguli – suxumilik grek Xrista Aleksandridining o‘g‘li. Cho‘pday ozg‘in, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, ko‘zlari charosdek qop-qora, qo‘llari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan o‘n to‘rt yoshli bu bola yon-atrofdagi tengqurlari uchun naqd Azroilning o‘zi edi.
Yanguli otasi bilan Venetsian ko‘chasida, Chalbash daryosining bo‘yida yashardi. Onasini eslolmaydi – chaqaloqligidayoq yetim qolgan. Ota-bolaning bor-yo‘q davlati bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshko‘k, sut-qatiq sotib kun ko‘rishadi.
Yanguli hech qayerda o‘qimasdi. Otasining yumushlariga qarashar, ahyon-ahyon eshakda qo‘shnilarga sut-qatiq tarqatar edi...
Skripka va birinchi mushtlashuv
«Hellados» naqshi va ikkinchi jang
So‘kishuv va Kokaning aytgani
Yanguli ketmoqchi emas
Bu – naqsh, Jamol. Vatan – ichkariroqda, naq yurakning o‘zida!— Yanguli, Nodar Dumbadzening «Hellados» hikoyasida
«Poseydon» kemasi va Yangulining o‘limi
Yanguli xarakteri va vatan tuyg‘usi
Yanguli, garchi maktab, ustoz ko‘rmagan, ota-ona mehridan to‘la bahramand bo‘lolmagan esa-da, uning tabiatan nozik ko‘ngli, mushohadaga moyil aql-u farosati bor!
Demak, insonda o‘zligini tanitgan makon, sadoqatli do‘stlar orttirgan go‘sha, har qarichi ko‘zga to‘tiyo zamin, eng pokiza hislari tug‘ilgan onlar Vatan degan tuyg‘uni paydo qilar ekan-da. Demak, chin vatanparvar bo‘lmoqlik uchun muayyan millat vakili bo‘lishning o‘zi yetarli emas ekan-da.
Yanguli fojiasida uning otasini ayblashga ham shoshilmaslik kerak. Otani ham tushunish lozim. U ham o‘z Vatanini Yangulidan kam sevmaydi. Faqat uning vatani boshqa – Gretsiya – Ellada!
Jamol va Nina xola
Hikoyachi Jamol ham, garchi hali yosh, o‘yinqaroq bolaligi o‘tib ketmagan bo‘lsa-da, o‘ziga xos xarakterga ega obraz. Jamol esa bu «zo‘ravonlar»ga bo‘sh kelishni xohlamadi. Uning shu qat’iyligi, jasorati, o‘zini xor qildirib qo‘ymasligi, oxir-oqibatda «dushmanlari»ning do‘st bo‘lishiga, Yangulidek «zo‘ravon» e’tirofini qozonishga olib keladi.
Asarda Jamolni asrab olgan Nina xola unchalik ko‘p ishtirok etmaydi. Jamolning do‘sti Koka, Yanguli to‘dasining bir qancha a’zolari obrazi haqida ham shu fikrni aytish mumkin.
Bilimingizni sinang
Gruzin adibi Nodar Dumbadze qaysi sanada tug‘ilgan?
- 1924-yil 14-iyun
- 1928-yil 4-iyul
- 1928-yil 14-iyul
- 1938-yil 14-iyul
To‘g‘ri javob: 1928-yil 14-iyul. Dumbadze 1928-yil 14-iyulda tug‘ilgan.
Nodar Dumbadze qaysi shaharda tug‘ilgan?
- Tbilisi
- Kutaisi
- Batumi
- Suxumi
To‘g‘ri javob: Tbilisi. Adib Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tug‘ilgan.
Nodar Dumbadzening «Men, buvim, Iliko va Illarion» asari qaysi janrga mansub?
- pyesa
- qissa
- roman
- hikoya
To‘g‘ri javob: qissa. Bu asar qissa janrida yozilgan.
Dumbadzening dastlabki yirik asarlarida qaysi davr va muhit hayoti tasvirlangan?
- Ikkinchi jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlari hayoti
- XIX asrdagi grek ko‘chmanchilari hayoti
- Suxumidagi dengizchilarning zamonaviy hayoti
- Gruziyaning mustaqillik davri dastlabki yillari hayoti
To‘g‘ri javob: Ikkinchi jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlari hayoti. Bu asarlarda urush yillaridagi gruzin qishloqlarining og‘ir hayoti aks etgan.
Quyidagi romanlardan qaysi biri 1967-yilda yozilgan?
- «Quyoshni ko‘ryapman»
- «Oq bayroqlar»
- «Abadiyat qonuni»
- «Quyosh kechasi»
To‘g‘ri javob: «Quyosh kechasi». «Quyosh kechasi» 1967-yilda yozilgan.
1978-yilda yaratilgan va ko‘plab boshqa yurtlarda ham izlab topib o‘qiladigan Dumbadze asari qaysi?
- «Qishloq bolalari»
- «Quyosh kechasi»
- «Oq bayroqlar»
- «Abadiyat qonuni»
To‘g‘ri javob: «Abadiyat qonuni». «Abadiyat qonuni» 1978-yilda yaratilgan.
«Abadiyat qonuni» romanida insonning hayotdagi o‘rni bilan birga qaysi xususiyatlar haqida keng mushohada yuritilgan?
- itoatkorlik, xushomadgo‘ylik, shuhratparastlik, hiyla
- tantiqlik, ishyoqmaslik, loqaydlik, takabburlik
- fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik
- tejamkorlik, ehtiyotkorlik, ayyorlik, sabr
To‘g‘ri javob: fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik. Romanda fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik haqida mushohada yuritilgan.
Dumbadzening «Hellados» hikoyasida Yanguli kimning o‘g‘li?
- abxaz kishi Kokaning
- grek kapitan Petyaning
- suxumilik grek Xrista Aleksandridining
- gruzin cho‘poni Ilikoning
To‘g‘ri javob: suxumilik grek Xrista Aleksandridining. Yanguli suxumilik grek Xrista Aleksandridining o‘g‘li.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash