XotirAI logotipiXotirAI
📖 9-sinf · Adabiyot · 325–328-b.

“Hamlet” fojiasi to‘g‘risida: Hamlet obrazi

Mavzular

Fojianing asosiy mavzusi

“Hamlet” fojiasida insoniyat paydo bo‘lgandan beri yonma-yon kelayotgan ezgulik va yovuzlik, xiyonat va sadoqat, jinoyat va jazo singari sifatlar o‘rtasidagi kurash tasvirlangan. O‘sha davrning barcha gumanistlari singari Shekspir ham insonni har jihatdan yetuk, kamchiliklardan xoli, odam degan mukarram nomga munosib ko‘rishni istaydi.

Munofiq va shuhratparast Klavdiy tug‘ishgan akasi bo‘lmish qonuniy qirolni xiyonatkorlarcha o‘ldirib, mamlakat taxtini egallaydi. Qirolning o‘limidan bir oy o‘tib-o‘tmay, u akasining bevasi bo‘lmish malikaga ham uylanadi.

Yovuzlik – o‘rgimchak to‘ri

Yovuzlik ham o‘rgimchakning to‘ri kabidir. O‘rgimchakning to‘riga pashsha ham, uni quvlab kelgan ari ham ilinib qolavergani singari, yovuzlik mazlumni mahv etgani kabi zolimni ham domiga tortadi. Yomonlik hech qachon yolg‘iz yurmaydi. Biri boshqasini keltirib chiqaradi, biri ikkinchisini boshlab keladi.

Tragediyadagi voqealar rivoji davomida asardagi har bir personaj o‘ziga xos tabiatini namoyish etadi, obrazlarning fe’li ularning taqdirlarini belgilaydigan omil bo‘ladi. Fojiada halollik va aldov, aql va shumlik, yovuzlik va mardlik o‘rtasidagi kurash hamda hayotning evaziga bo‘lsa-da, yorug‘ kuchlarning g‘alabasi mahorat bilan tasvir etiladi.

Hamlet – o‘ychil va samimiy

Asarning bosh qahramoni shahzoda Hamlet o‘ylar, gumonlar, iztiroblar girdobida tasvirlanadi. Xato qilishdan cho‘chiydigan, adolatsizlikdan qo‘rqadigan, nohaq qon to‘kilishini istamaydigan shahzoda har bir qadamini o‘lchab bosadi, har bir gapini o‘ylab gapiradi. Shuning uchun ham uning gaplari deyarli hamisha tagma’noga ega, doimo “kosa tagida nimkosa” yashiringan.

Hamlet — samimiy odam. U turlanishni, kishilar ko‘ziga o‘zini boshqacha ko‘rsatishni istamaydi. Mehribon o‘g‘il, oriyatli yigit bo‘lgani uchun ham otasi o‘limini juda og‘ir kechiradi, yo‘qotish dahshatidan qutulolmaydi, hamisha shuning ta’sirida yuradi.

Hamlet – talabchan, ammo shoshmaydi

Hamlet — inson hayoti, umr mazmuni haqida ko‘p o‘ylaydigan va uni to‘g‘ri baholashga urinadigan o‘ychil yigit. Hamma insofli odamlar singari o‘ziga nisbatan talabchan. Shuning uchun ham: “Hayotimni bir chaqaga ko‘raman qimmat”, — deb ayta oladi. Yigit ezgu va toza ruhning o‘lmasligini, manguligini yaxshi biladi.

Arvohning Hamletga aytgan gaplari yigitni qasosga undaydi. Lekin u shoshqaloqlik qilmaydi. Garchi ota arvohi bilan shaxsan o‘zi gaplashgan bo‘lsa-da, xato qilishdan, kimnidir begunoh jazolashdan cho‘chiydi.

Hayotimni bir chaqaga ko‘raman qimmat— Hamlet, darslikdagi “Hamlet” fojiasi to‘g‘risidagi bayonga ko‘ra

Hamletning sustligi va ikkilanishi

Hamlet o‘zini tinimsiz taftish qiladi. Xatti-harakatlari, o‘ylari, tuyg‘ulariga baho beradi. Shahzoda o‘zining sustligi, jur’atsizligidan qiynaladi. Har qanday oriyatli yosh yigit singari dushmanlariga tezroq jazo bergisi keladi. Lekin fikr kishisi, mulohazalar odami bo‘lgani uchun tavakkaliga tig‘ tortmaydi, arvohning gapi bilangina qon to‘kmaydi. Qasos muddati cho‘zilgani sayin yigitning o‘zidan yozg‘irishi, nafrati kuchayib boraveradi.

Hamlet — tavakkalchi jangchi emas. U – o‘ychil faylasuf, fikr odami. Shuning uchun ham xato qilib, begunoh kishilar qotiliga aylanishdan qo‘rqadi.

Hamletning donoligi va Daniya

Asarda Hamletning harakatlari to‘kilgan qon uchun xun olishgina bo‘lmay, adolatsizlikni bartaraf etish, haqiqatni qaror toptirish yo‘lidagi kurash ekani tasvirlangan. Qotilni fosh qilishning oqilona yo‘lini o‘ylab topishi Hamletning qanchalik dono va fikrli yigitligini ko‘rsatadi. Shahzoda o‘tkir aql va yugurik xayol egasi bo‘lgani uchun ham Gildenstern va Rozenkranslar qirol tomonidan uning ortidan qo‘yilgan ayg‘oqchilar ekanini osongina bilib oladi.

Ikkiyuzlamachi Gildenstern bilan suhbatda Hamlet Daniyani: “Men uchun — zindon”, — der ekan mamlakatda adolatsizlik, xiyonat avj olganligini ochiq aytadi.

Hamlet va o‘lim sirlari

Hamlet faqat o‘z tashvishlari qobig‘iga o‘ralib qolgan kishi emas. U o‘limdan qo‘rqmaydi, fikr kishisi sifatida o‘limning mohiyatini bilmoqchi bo‘ladi. Hayot qanchalar qiyin bo‘lishiga qaramay, odamzotning yashashga intilishi sabablari borasida o‘ylanadi. U dunyoga shunchaki kelib ketadigan o‘tkinchi emas, balki ezgulik manzilini mo‘ljallab borayotgan yo‘lovchidir.

Hamlet odam uchun yashash o‘lishdan mushkul ekanini anglab yetadi. Lekin Hamlet biladiki, o‘lim ba’zan yechim berish, aniqlik kiritish, masalani hal etish o‘rniga uni yanada chigallashtirishi mumkin. U aql kishisi, uyg‘onish davrining insonparvar bir vakili sifatida eng muhim masalalarning yechimini topishga urinadi.

Bilimingizni sinang

“Hamlet” fojiasida qaysi qarama-qarshi tushunchalar o‘rtasidagi kurash tasvirlangan?
  1. Boylik va qashshoqlik, ilm va johillik, mehr va qahr
  2. Vatan va g‘urbat, qadr va qadrsizlik, shon va sharaf
  3. Ezgulik va yovuzlik, xiyonat va sadoqat, jinoyat va jazo
  4. Sevgi va nafrat, yoshlik va qarilik, tun va tong

To‘g‘ri javob: Ezgulik va yovuzlik, xiyonat va sadoqat, jinoyat va jazo. Fojiada ezgulik va yovuzlik, xiyonat va sadoqat, jinoyat va jazo kurashi tasvirlangan.

“Hamlet” fojiasida munofiq va shuhratparast Klavdiy mamlakat taxtini qanday yo‘l bilan egallaydi?
  1. Saylov orqali
  2. Hamletni mamlakatdan quvib
  3. Qo‘shni mamlakatga urush ochib
  4. Tug‘ishgan akasi bo‘lmish qirolni xiyonatkorlarcha o‘ldirib

To‘g‘ri javob: Tug‘ishgan akasi bo‘lmish qirolni xiyonatkorlarcha o‘ldirib. Klavdiy tug‘ishgan akasi bo‘lmish qonuniy qirolni o‘ldirib, taxtni egallaydi.

Klavdiy qirolning o‘limidan bir oy o‘tib-o‘tmay qanday ish qiladi?
  1. Ofeliyaga uylanadi
  2. Poloniyni lavozimidan oladi
  3. Akasining bevasi bo‘lmish malikaga uylanadi
  4. Hamletni Angliyaga jo‘natadi

To‘g‘ri javob: Akasining bevasi bo‘lmish malikaga uylanadi. Klavdiy akasining bevasi bo‘lmish malikaga uylanadi.

“Hamlet” talqiniga ko‘ra, qaysi illatga yo‘liqqan kimsa o‘zgalarga zug‘um qilmasligi, zarar yetkazmasligi mumkin emas?
  1. Hasad va g‘azab
  2. Dangasalik va beparvolik
  3. Manfaatparastlik va xudbinlik
  4. Qo‘rqoqlik va ikkilanish

To‘g‘ri javob: Manfaatparastlik va xudbinlik. Manfaatparastlik va xudbinlik egasi o‘zgalarga zarar yetkazmay qolmaydi.

“Hamlet” fojiasi tahlilida yovuzlik nimaga o‘xshatiladi?
  1. Zulmatga
  2. Yong‘inga
  3. Dengiz to‘lqiniga
  4. O‘rgimchakning to‘riga

To‘g‘ri javob: O‘rgimchakning to‘riga. Yovuzlik o‘rgimchakning to‘riga o‘xshatiladi.

Yovuzlik o‘rgimchak to‘ri kabi ekani haqidagi fikrdan “Hamlet” tahlilida qanday xulosa chiqariladi?
  1. Yomonlik albatta jazosiz qoladi
  2. Yomonlik tez unutiladi
  3. Yomonlik hech qachon yolg‘iz yurmaydi
  4. Yomonlik faqat mazlumga zarar yetkazadi

To‘g‘ri javob: Yomonlik hech qachon yolg‘iz yurmaydi. Yomonlik hech qachon yolg‘iz yurmaydi: biri boshqasini keltirib chiqaradi.

Hamletning gaplari deyarli hamisha tagma’noga ega ekanini ifodalovchi qaysi ibora tahlilda qo‘llanadi?
  1. Tuyaning dumi yerga tekkan
  2. Kosa tagida nimkosa
  3. Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar
  4. Bir tosh bilan ikki qush

To‘g‘ri javob: Kosa tagida nimkosa. Hamletning gaplarida doimo “kosa tagida nimkosa” yashiringan.

“Hamlet” fojiasida Klavdiy va Hamletning xarakteri qanday farqlanadi?
  1. Klavdiy munofiq va shuhratparast, Hamlet samimiy
  2. Ikkalasi ham munofiq va shuhratparast
  3. Ikkalasi ham samimiy va oriyatli
  4. Klavdiy samimiy, Hamlet munofiq va shuhratparast

To‘g‘ri javob: Klavdiy munofiq va shuhratparast, Hamlet samimiy. Klavdiy munofiq va shuhratparast, Hamlet esa samimiy odam.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHamlet fojiasi: uchinchi parda voqealariKeyingi →Chingiz Aytmatov hayoti va “Asrga tatigulik kun” parchasi