XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Mahalliy davlat hokimiyati» qonuni · 16–17-m.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari (1/2)

Moddalar

16-modda. Xalq deputatlari Kengashini saylash

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq viloyat, tuman, shahar aholisi tomonidan saylanadigan xalq deputatlaridan iborat bo‘ladi.

Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati — besh yil.

O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun muddati ichida xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar o‘tkazilmaydi.

16¹-modda. Xalq deputatlari Kengashining raisi

Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi.

Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas.

Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas.

Xalq deputatlari Kengashi raisi Kengashning vakolatlari muddatiga saylanadi.

Xalq deputatlari Kengashi raisi o‘z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turadi, shuningdek doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emas.

16²-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisining vakolatlari

Xalq deputatlari Kengashi raisi:

xalq deputatlari Kengashi sessiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

xalq deputatlari Kengashi sessiyasiga raislik qiladi va Kengash sessiyasining ishini tashkil etadi;

xalq deputatlari Kengashi Kotibiyati mudiri va xodimlarini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi;

Kengash Kotibiyatiga xalq deputatlari Kengashi ishini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar beradi, Kotibiyat xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

xalq deputatlari Kengashining qarorlarini va Kengash sessiyasi bayonnomalarini imzolaydi, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;

xalq deputatlari Kengashining sessiyasini, shu jumladan navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

fuqarolarni qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari ishini muvofiqlashtirib boradi;

xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari hamda ekspertlarini jalb etadi;

deputatlarga o‘z vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashadi;

xalq deputatlari Kengashi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash choralarini ko‘radi;

xalq deputatlari Kengashi faoliyatining tashkiliy, axborot, moddiy-texnika ta’minotini tashkil etadi;

16²-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisining vakolatlari (davomi)

ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.

16³-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisini saylash

Xalq deputatlari Kengashining birinchi sessiyasi xalq deputatlari Kengashi raisini saylashdan boshlanadi.

Xalq deputatlari Kengashi raisini saylash uchun deputatlar orasidan xalq deputatlari Kengashiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiya deputatlaridan iborat siyosiy partiyalar vakillari guruhi tashkil etiladi. Siyosiy partiyalar vakillari guruhining tarkibi to‘g‘risidagi qaror deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Siyosiy partiyalar vakillari guruhining majlisida xalq deputatlari Kengashiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiyaning vakili raislik qiladi.

Xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimiga nomzodlar siyosiy partiyalar vakillari guruhining tavsiyasi asosida deputatlar orasidan shakllantiriladi.

Ayni bir shaxs bir vaqtning o‘zida boshqa viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas.

Xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimiga nomzod, agar u ovoz berish natijasida Kengash deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.

Xalq deputatlari Kengashi raisi saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, uni xalq deputatlari Kengashi sessiyasida raislik qiluvchi imzolaydi.

16⁴-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish

Xalq deputatlari Kengashi raisi ovoz berish orqali Kengash deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Kengash qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.

Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala Kengash deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotganda sessiyada Kengashning doimiy komissiyalari raislaridan biri raislik qiladi.

Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, qaror sessiyada raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

17-modda. Xalq deputatlari Kengashining sessiyalari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi faoliyatining tashkiliy shakli uning sessiyalaridir. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari tegishli Kengashning faoliyatni jamoatchilik asosida amalga oshiradigan raisi, u yo‘qligida esa tegishli Kengashga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiyadan ilgari surilgan deputatlar tomonidan tashkil etilgan partiya guruhi rahbari tomonidan, zaruratga qarab, har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Sessiya xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga yoki hokimning taklifiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Kengash sessiyasini chaqirish to‘g‘risidagi qarordan deputatlar sessiya ochilishidan kamida uch kun oldin xabardor qilinadi.

Yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi. Kengashning birinchi sessiyasini tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi raisi ochib beradi hamda u Kengash raisi saylanguniga qadar sessiyada raislik qiladi.

Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarida rais, u yo‘qligida esa tegishli Kengashga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiyadan ilgari surilgan deputatlar tomonidan tashkil etilgan partiya guruhi rahbari raislik qiladi. Agar bir nechta siyosiy partiya teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini egallasa, ularning o‘zaro kelishuviga ko‘ra tegishli partiyaning rahbari raislik qiladi.

17-modda. Xalq deputatlari Kengashining sessiyalari (davomi)

Yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay Kengashning organlari tuziladi.

Xalq deputatlari Kengashining har bir sessiyasini o‘tkazish davrida deputatlar orasidan sessiya kotibi yoki kotibiyati saylanadi.

Xalq deputatlari Kengashining sessiyasi, basharti unda jami deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyasida muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali, deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha esa deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qaror qabul qilinadi.

Elektron ovoz berish tizimlari o‘rnatilgan zallarda ochiq yoki yashirin ovoz berish elektron ovoz berish tizimidan foydalanilgan holda o‘tkaziladi.

Deputat o‘zining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.

Bilimingizni sinang

«Mahalliy davlat hokimiyati» qonuni — 16-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari
  2. Hokimlarning vakolatlari
  3. Xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalarining vakolatlari
  4. Xalq deputatlari Kengashini saylash

To‘g‘ri javob: Xalq deputatlari Kengashini saylash. 16-modda: Xalq deputatlari Kengashini saylash.

«Mahalliy davlat hokimiyati» qonuni: «Xalq deputatlari Kengashini saylash» qaysi moddada belgilangan?
  1. 21¹-modda
  2. 19¹-modda
  3. 19-modda
  4. 16-modda

To‘g‘ri javob: 16-modda. 16-modda: Xalq deputatlari Kengashini saylash.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qaysi tartibda va kimlar tomonidan saylanadigan deputatlardan iborat bo‘ladi?
  1. Hokim tomonidan tayinlanadigan va Prezident tasdiqlaydigan deputatlardan
  2. Prezident tomonidan tayinlanib, hokim tomonidan tasdiqlanadigan deputatlardan
  3. Saylov kodeksiga muvofiq tegishli hudud aholisi tomonidan saylanadigan deputatlardan
  4. Faqat siyosiy partiyalar ko‘rsatadigan va saylov komissiyasi tasdiqlaydigan deputatlardan

To‘g‘ri javob: Saylov kodeksiga muvofiq tegishli hudud aholisi tomonidan saylanadigan deputatlardan. 16-moddaga ko‘ra Kengashlar Saylov kodeksiga muvofiq aholi tomonidan saylanadigan deputatlardan iborat bo‘ladi.

Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati qancha?
  1. Uch yil
  2. Besh yil
  3. To‘rt yil
  4. Yetti yil

To‘g‘ri javob: Besh yil. 16-moddaga ko‘ra Kengashlarning vakolatlari muddati besh yil.

Mamlakatning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etilgan. Shu hududdagi Kengashga saylov muddati kelib qoldi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Favqulodda holat amal qilishining butun muddati ichida xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar o‘tkazilmaydi
  2. Saylov odatdagidek o‘tkaziladi, favqulodda holat saylov muddatiga ta’sir ko‘rsatmaydi va hokim qarorisiz ham o‘tadi
  3. Saylov faqat hokim qaroriga ko‘ra, favqulodda holat amal qilayotgan tegishli hududda ham muddatida o‘tkaziladi
  4. Saylov faqat onlayn tarzda, favqulodda holat amal qilishi davrida elektron ovoz berish orqali o‘tkaziladi

To‘g‘ri javob: Favqulodda holat amal qilishining butun muddati ichida xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar o‘tkazilmaydi. 16-moddaga ko‘ra favqulodda holat amal qilishining butun muddati ichida saylovlar o‘tkazilmaydi.

Xalq deputatlari Kengashiga kim boshchilik qiladi?
  1. Hokim tomonidan tayinlanadigan rais
  2. Deputatlari orasidan saylanadigan rais
  3. Prokuror tomonidan tayinlanadigan rais
  4. Hokimning birinchi o‘rinbosari — rais

To‘g‘ri javob: Deputatlari orasidan saylanadigan rais. 161-moddaga ko‘ra Kengashga deputatlari orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi.

Tuman hokimi Asror tuman Kengashining raisi lavozimiga ham saylanmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Mumkin, agar hokimlikdan ta’tilga chiqsa va bu ta’til vaqtida Kengashga rahbarlik qilsa
  2. Mumkin, agar viloyat hokimi rozi bo‘lsa va tegishli Kengash buni ham ma’qullab ovoz bersa
  3. Mumkin emas, hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtda Kengash raisi bo‘la olmaydi
  4. Mumkin, agar Kengash ovoz bersa, chunki hokim va rais lavozimlari bir vaqtda bo‘lishi mumkin

To‘g‘ri javob: Mumkin emas, hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtda Kengash raisi bo‘la olmaydi. 161-moddaga ko‘ra hokim bir vaqtda Kengash raisi lavozimini egallashi mumkin emas.

Ayni bir shaxs ayni bir hudud Kengashining raisi etib ketma-ket necha muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas?
  1. Ikki muddat
  2. Uch muddat
  3. Cheklov yo‘q
  4. Bir muddat

To‘g‘ri javob: Ikki muddat. 161-moddaga ko‘ra surunkasiga ikki muddatdan ortiq rais etib saylanish mumkin emas.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMahalliy davlat hokimiyati faoliyatining iqtisodiy asosiKeyingi →Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari (2/2)