Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari (2/2)
Moddalar
18-modda. Xalq deputatlari Kengashining Ish tartibi
Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini chaqirish va o‘tkazish, sessiya muhokamasiga masalalar kiritish va ularni ko‘rib chiqish, xalq deputatlari Kengashi organlarini tashkil etish va saylash, ularning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish, Kengash so‘rovini yuborish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish, Kengash tekshiruvini o‘tkazish, deputatlar so‘rovlarini yuborish, qarorlar loyihalarini ko‘rib chiqish, ovoz berish, qarorlarni o‘qib eshittirish, sessiyaga taklif etilgan shaxslar sonini aniqlash tartibi, shuningdek deputatlarning mas’uliyati va sessiya ishini tashkil etishga doir boshqa masalalar xalq deputatlari Kengashining reglamentiga muvofiq belgilanadi.
19-modda. Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari
Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini ro‘yobga chiqarish uchun ko‘maklashish, shuningdek o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish uchun xalq deputatlari Kengashi o‘z vakolatlari muddatiga doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi.
Xalq deputatlari Kengashlarida, qoida tariqasida, quyidagi doimiy komissiyalar tuziladi:
mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha;
korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha;
ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha;
agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha;
reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha.
Xalq deputatlari Kengashida muvaqqat komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
Komissiyalar to‘g‘risidagi nizomlar tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
19¹-modda. Xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalarining vakolatlari
Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari:
o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki Kengashning topshirig‘iga binoan Kengash qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi;
faoliyat yo‘nalishi doirasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
xalq deputatlari Kengashi qarorlari loyihalarini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi va ularni Kengash sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tayyorlaydi;
xalq deputatlari Kengashi qarorlarining loyihalari yuzasidan xulosalar beradi;
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalari yuzasidan xulosalar hamda takliflar beradi;
xalq deputatlari Kengashining tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi holatini o‘rganadi;
ishchi guruhlar tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni jalb etadi;
tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlaridan, mansabdor shaxslardan ma’lumotlarni va ekspert xulosalarini, shuningdek boshqa axborotni talab qilib oladi;
tegishli hududda qonun hujjatlarining va xalq deputatlari Kengashi qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilish holatini, huquqning qo‘llanilish amaliyotini joylarga chiqqan holda o‘rganadi;
normativ-huquqiy hujjatlarni, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini targ‘ib etish, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi.
19¹-modda. Xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalarining vakolatlari (davomi)
Doimiy va muvaqqat komissiyalar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
20-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko‘rsatish tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati tomonidan ta’minlanadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati yuridik shaxs bo‘lib, uning faoliyati tegishli mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining tuzilmasi, nizomi, shtatlari, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdori va moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularni saqlash xarajatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining mehnatga oid munosabatlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari muddatiga bog‘liq bo‘lmaydi, kotibiyat mudiri bundan mustasno.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining mudiri tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan Kengash raisi tomonidan tayinlanadi va doimiy asosda faoliyat yuritadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining mudiri o‘z vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va o‘z nomi tushirilgan muhriga hamda blankalariga ega bo‘ladi.
20-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati (davomi)
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining namunaviy tuzilmasi va namunaviy nizomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
20¹-modda. Xalq deputatlari Kengashlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi
Xalq deputatlari Kengashlari nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Xalq deputatlari Kengashlari hududiy dasturlarning, Kengash qarorlarining loyihalarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazorat borasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Bilimingizni sinang
Sessiyalarni chaqirish va o‘tkazish, Kengash tekshiruvini o‘tkazish, deputatlar so‘rovlarini yuborish tartibi qaysi hujjatga muvofiq belgilanadi?
- Prezident farmoni va hokim farmoyishiga
- Hokimning farmoyishi va rais buyrug‘iga
- Xalq deputatlari Kengashining reglamentiga
- Vazirlar Mahkamasi qarori va hokim farmoyishiga
To‘g‘ri javob: Xalq deputatlari Kengashining reglamentiga. 18-moddaga ko‘ra bu masalalar Kengash reglamentiga muvofiq belgilanadi.
Kengash raisi sessiyaga taklif etiladigan mehmonlar sonini qaysi hujjat asosida aniqlashini bilmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Faqat og‘zaki kelishuv asosida, hech qanday hujjatsiz va rais xohishiga ko‘ra belgilanadi
- Prokuror ko‘rsatmasi asosida, sessiyada ishtirok etuvchilar soni prokuratura tomonidan belgilanadi
- Sessiyaga taklif etilgan shaxslar sonini aniqlash tartibi Kengash reglamentida belgilanadi
- Hokim farmoyishi asosida, taklif etiladigan shaxslar soni hokimlik tomonidan belgilanadi
To‘g‘ri javob: Sessiyaga taklif etilgan shaxslar sonini aniqlash tartibi Kengash reglamentida belgilanadi. 18-moddaga ko‘ra sessiyaga taklif etilgan shaxslar sonini aniqlash tartibi reglamentda belgilanadi.
«Mahalliy davlat hokimiyati» qonuni — 19-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Xalq deputatlari Kengashlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi
- Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari
- Xalq deputatlari Kengashining sessiyalari
- Mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning rahbariyati
To‘g‘ri javob: Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari. 19-modda: Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari.
«Mahalliy davlat hokimiyati» qonuni: «Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari» qaysi moddada belgilangan?
- 19-modda
- 21-modda
- 20¹-modda
- 17-modda
To‘g‘ri javob: 19-modda. 19-modda: Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari.
Xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalarni qaysi muddatga tuzadi?
- Ikki yilga
- Bir yilga
- O‘z vakolatlari muddatiga
- Hokim ko‘rsatgan muddatga
To‘g‘ri javob: O‘z vakolatlari muddatiga. 19-moddaga ko‘ra Kengash komissiyalarni o‘z vakolatlari muddatiga tuzadi.
Deputat Salim sessiya vaqtida reglamentni buzdi va deputatlik odob-axloqiga zid so‘zlar aytdi. Bu masalalar qaysi doimiy komissiyaning vakolatiga kiradi?
- Mahalliy budjet va moliya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
- Agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
- Ijtimoiy soha va aholi bandligi masalalari bo‘yicha komissiya
- Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha komissiya
To‘g‘ri javob: Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha komissiya. 19-moddaga ko‘ra reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha alohida doimiy komissiya tuziladi.
Komissiyalar to‘g‘risidagi nizomlarni kim tasdiqlaydi?
- Tegishli xalq deputatlari Kengashi
- Hokim, Kengash raisi bilan kelishib
- Prezident Administratsiyasi rahbari
- Vazirlar Mahkamasi va hokim birgalikda
To‘g‘ri javob: Tegishli xalq deputatlari Kengashi. 19-moddaga ko‘ra nizomlar tegishli Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
«Mahalliy davlat hokimiyati» qonuni — 19¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Xalq deputatlari Kengashi raisining vakolatlari
- Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish
- Xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalarining vakolatlari
- Xalq deputatlari Kengashining sessiyalari
To‘g‘ri javob: Xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalarining vakolatlari. 19¹-modda: Xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalarining vakolatlari.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash