XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 1–9-m.

Asosiy qoidalar

Birinchi Bo‘Lim

1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeks, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iboratdir.

Ushbu Kodeks qoidalari mazkur Kodeksga kiritilmagan qonunchilik hujjatlarida sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir.

2-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va obyektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.

Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu Kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.

3-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning prinsiplari

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.

4-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida O‘zbekiston Respublikasining vakolatlari

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi ixtiyoriga beriladi:

ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning prinsiplarini aniqlash va umumiy qoidalarini belgilab berish;

ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan harakat yoki harakatsizlikni, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organlar tizimini (mansabdor shaxslarni), mazkur ishlarni yuritish va chiqarilgan qarorlarning ijrosi tartibini belgilash;

ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakolatlarini belgilash;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari hamda hokimlari ma’muriy javobgarlik nazarda tutiladigan qaror qabul qilishlari mumkin bo‘lgan masalalar doirasini belgilash.

5-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakolatlari

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtiyoriga beriladi:

jamoat tartibini saqlash masalalari bo‘yicha, basharti bu masalalar ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, shuningdek tabiiy ofatlar va epidemiyalarga qarshi kurash masalalari bo‘yicha ma’muriy javobgarlik belgilash;

ushbu Kodeksning 90, 109, 110, 161-moddalariga, 164-moddasining ikkinchi qismiga, 168-moddasiga binoan buzilishi ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan qoidalarni belgilash.

7-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish

Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga, fuqarolarni ongli, intizomli bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga ham muvofiq qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’min eta borib, o‘z hududlarida barcha davlat organlari va jamoat birlashmalarining ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib turadilar, ichki ishlar organlari, bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar hamda ularga hisobdor ma’muriy huquqbuzarlik bilan kurash olib boruvchi boshqa organlar faoliyatiga rahbarlik qiladilar.

8-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llanish vaqtida qonuniylikni ta’minlash

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun hech kim qonunchilikda belgilangan asoslar va tartibdan boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish chorasiga tortilishi mumkin emas.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib boriladi.

Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxslar ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralarini o‘z vakolatlari doirasida qo‘llaydilar.

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llanish chog‘ida qonunchilik talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi organlar va mansabdor shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi bilan ta’minlanadi.

9-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bu huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyda amal qilayotgan qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i ostidagi yoki O‘zbekiston Respublikasining portida ro‘yxatga olingan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ochiq havo yoki suv bo‘shlig‘ida bo‘lgan kemada ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar ular chet davlat hududida huquqbuzarlik sodir etgan va ushbu Kodeksning 47⁶-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun o‘sha davlatning qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilmagan bo‘lsa, ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotgan vaqt va joyda amal qilib turgan qonunchilik asosida yuritiladi.

9-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi (davomi)

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o‘rnatilgan hududda valyuta qimmatliklari, bojxona, soliq, qimmatli qog‘ozlar bozori, raqobat hamda kripto-aktivlar aylanmasi to‘g‘risidagi qonunchilikni, shuningdek savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish bilan bog‘liq qilmishlar uchun ma’muriy javobgarlik o‘rniga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq boshqa turdagi javobgarlik choralari qo‘llanilishi mumkin.

Bilimingizni sinang

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik tarkibiga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
  1. Prokuratura organlari rahbarlarining umumiy buyruqlari
  2. Vazirliklar tomonidan tasdiqlangan idoraviy yo‘riqnomalar
  3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari
  4. Oliy sud plenumining rahbariy tushuntirishlari

To‘g‘ri javob: Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari. Kodeksning 1-moddasiga ko‘ra, qonunchilik tarkibiga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari ham kiradi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 2-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari
  2. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik
  3. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning prinsiplari
  4. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi

To‘g‘ri javob: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari. 2-modda: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 1-modda
  2. 9-modda
  3. 3-modda
  4. 2-modda

To‘g‘ri javob: 2-modda. 2-modda: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 3-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik
  2. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakolatlari
  3. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning prinsiplari
  4. Ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish

To‘g‘ri javob: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning prinsiplari. 3-modda: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning prinsiplari.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik qaysi prinsiplarga asoslanadi?
  1. Qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi
  2. Qonuniylik, ochiqlik, ommaviylik, tezkorlik, insonparvarlik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi hamda jazoning qat’iyligi
  3. Qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, majburiylik, jazoning qat’iyligi, tezkorlik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi
  4. Demokratizm, ochiqlik, qonun oldida tenglik, ayblanuvchining himoya huquqi va jazo muqarrarligi hamda davlat manfaatlarining ustuvorligi

To‘g‘ri javob: Qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 3-moddasi aynan shu oltita prinsipni sanaydi.

Quyidagilardan qaysi biri ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida O‘zbekiston Respublikasi ixtiyoriga beriladi?
  1. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash bo‘yicha javobgarlik belgilash
  2. Kodeksning 90-moddasi buzilishiga javobgarlik qoidalarini belgilash
  3. Viloyat Kengashlarining ichki nizomini tasdiqlash
  4. Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakolatlarini belgilash

To‘g‘ri javob: Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakolatlarini belgilash. 4-moddaga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston vakolatlarini belgilash O‘zbekiston Respublikasi ixtiyorida.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida quyidagilardan qaysi biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtiyoriga beriladi?
  1. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning umumiy prinsiplari va asoslarini aniqlash hamda belgilash
  2. Ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko‘rishga vakolatli organlar tizimini belgilash va ularning vakolatini aniqlash
  3. Jamoat tartibini saqlash masalalari bo‘yicha (Kodeks tartibga solmagan hollarda) ma’muriy javobgarlik belgilash
  4. Ma’muriy jazo ijrosining umumiy tartibini va ijro organlari tizimini belgilash hamda tasdiqlash

To‘g‘ri javob: Jamoat tartibini saqlash masalalari bo‘yicha (Kodeks tartibga solmagan hollarda) ma’muriy javobgarlik belgilash. 5-moddaga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston jamoat tartibi, tabiiy ofatlar va epidemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha javobgarlik belgilashi mumkin; qolganlari O‘zbekiston Respublikasi vakolati (4-modda).

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 7-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ma’muriy javobgarlikka tortilish yoshi
  2. Ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish
  3. Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish
  4. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning prinsiplari

To‘g‘ri javob: Ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish. 7-modda: Ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
Keyingi →Ma’muriy huquqbuzarlik (1/2)