Ma’muriy huquqbuzarlik (1/2)
Umumiy Qism
10-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi
Ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmagan taqdirda, amalga oshiriladi.
11-modda. Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi g‘ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo‘lsa, uning zararli oqibatlariga ko‘zi yetgan, yuz berishini istagan bo‘lsa yoki bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi.
12-modda. Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilgan bo‘lsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb o‘ylagan bo‘lsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgani holda oldindan ko‘ra bilmagan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi.
13-modda. Ma’muriy javobgarlikka tortilish yoshi
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
14-modda. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarligi
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.
Ana shu shaxslar mazkur Kodeksning 61, 116¹, 116², 116³, 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135¹, 136, 138, 183, 185, 185¹, 185², 185³, 194, 194¹, 196¹, 206¹, 209¹, 218, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan (bundan ushbu Kodeksning 194, 194¹ va 196¹-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar mustasno) ishlar bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin, ushbu Kodeksning 61, 206¹-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim.
15-modda. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi
Mansabdor shaxslar boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash, tabiiy muhitni, aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga va bajarilishini ta’minlash o‘z xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs mansabdor shaxs deb e’tirof etiladi.
Davlatning biron-bir hokimiyat organi nomidan ish ko‘rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o‘z vakolatlari doirasida ko‘pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs hokimiyat vakili deb e’tirof etiladi.
16-modda. Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning ma’muriy javobgarligi
Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Mazkur shaxslar ijro hujjatini ijro etmaganligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni, yo‘l harakati, ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash, bojxona qoidalarini buzganligi uchun umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish choralari qo‘llanilishi mumkin emas. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilariga jarima solinishi mumkin emas.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar jumlasiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom to‘g‘risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar bo‘ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladilar.
17-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ma’muriy javobgarligi
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Immunitetga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning O‘zbekiston Respublikasi qatnashchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid bo‘lmagan qismi qo‘llaniladi.
17¹-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi (xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslikka oid qismida), beshinchi va oltinchi qismlarida, 128 (bundan ushbu moddaning yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilangan talablarga rioya etmaslikka, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishga, yo‘lovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishga oid qismlari mustasno), 128¹, 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁹, 128¹⁰, 129 va 130-moddalarida, 135-moddasining ikkinchi (transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga taalluqli qismida) va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar qayd etiladi.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi.
Yuridik shaxsga qonunchilikka muvofiq tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi.
17¹-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi (davomi)
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi, ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Agar ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori o‘ziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalanilgan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda ular kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning ma’muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Bunda tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi.
17¹-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi (davomi)
Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan shaxsga yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.
Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun yo‘l bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning ma’muriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.
Bilimingizni sinang
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 10-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi
- Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi
- Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llanish vaqtida qonuniylikni ta’minlash
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida O‘zbekiston Respublikasining vakolatlari
To‘g‘ri javob: Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi. 10-modda: Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi» qaysi moddada belgilangan?
- 10-modda
- 9-modda
- 4-modda
- 8-modda
To‘g‘ri javob: 10-modda. 10-modda: Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik deganda nima tushuniladi?
- Jamiyat uchun xavfli bo‘lgan, jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan, g‘ayrihuquqiy va aybli sodir etilgan qilmish
- Qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan, g‘ayrihuquqiy, aybli sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik
- Faqat qasddan sodir etilgan, davlat tartibiga tajovuz qiluvchi va ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan harakat
- Intizom ustavlarini buzishga qaratilgan va intizomiy javobgarlik nazarda tutilgan har qanday aybli xatti-harakat
To‘g‘ri javob: Qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan, g‘ayrihuquqiy, aybli sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik. 10-moddada huquqbuzarlik g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) harakat yoki harakatsizlik sifatida ta’riflangan.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 11-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning ma’muriy javobgarligi
- Voyaga yetmaganlarning ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarligi
- Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish
- Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi
To‘g‘ri javob: Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish. 11-modda: Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish» qaysi moddada belgilangan?
- 11-modda
- 16-modda
- 14-modda
- 10-modda
To‘g‘ri javob: 11-modda. 11-modda: Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish.
Ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanishi uchun shaxs qanday holatda bo‘lishi kerak?
- Harakati zararli oqibatga olib kelishini oldindan ko‘ra bilgan, lekin kaltabinlik bilan oldini olish mumkin deb o‘ylagan bo‘lsa
- Oqibatlarni oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgani holda ko‘ra bilmagan bo‘lsa
- Harakati g‘ayrihuquqiy ekanini bilgan, oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularni istagan yoki ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa
- Harakati g‘ayrihuquqiy ekanini bilmagan, ammo oqibat yuz bergan bo‘lsa
To‘g‘ri javob: Harakati g‘ayrihuquqiy ekanini bilgan, oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularni istagan yoki ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa. 11-moddada qasddan sodir etish shaxs g‘ayrihuquqiylikni bilishi va oqibatni istashi yoki ongli yo‘l qo‘yishi bilan ta’riflangan.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 12-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi
- Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish
- Voyaga yetmaganlarning ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarligi
- Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish
To‘g‘ri javob: Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish. 12-modda: Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish» qaysi moddada belgilangan?
- 11-modda
- 12-modda
- 14-modda
- 17²-modda
To‘g‘ri javob: 12-modda. 12-modda: Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash