XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 30–34¹-m.

Ma’muriy jazoning qo‘llanilishi (1/2)

Umumiy Qism

30-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanilishining umumiy qoidalari

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jazo ushbu Kodeks va boshqa normativ hujjatlarda belgilab qo‘yilgan doirada va tartibda qo‘llaniladi.

Jazoni qo‘llanish chog‘ida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi.

31-modda. Ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar

Ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.

32-modda. Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar

Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

33-modda. Yengilroq ma’muriy jazo chorasining qo‘llanilishi

Sud ma’muriy jazo chorasini qo‘llayotganda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sabablar va asoslarni albatta ko‘rsatib, ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa yanada yengil jazo chorasini qo‘llashi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda, yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun ishni ushbu Kodeksning 308¹-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.

34-modda. Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish

Bitta shaxs ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, ma’muriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qo‘llaniladi.

Basharti shaxs bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning o‘zida ayni bir organ (mansabdor shaxs) tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, bu shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan uzil-kesil jazo og‘irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo‘llaniladi.

Basharti shaxs ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi bir necha modda bilan ma’muriy javobgarlik belgilangan va ular to‘g‘risidagi ishlarni har xil organ (mansabdor shaxs) ko‘radigan harakat (harakatsizlik) sodir etgan bo‘lsa, unga nisbatan jazo og‘irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo‘llaniladi.

Basharti shaxs ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi tegishli modda bilan ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan harakatni (harakatsizlikni) voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilgan holda (ushbu Kodeksning 188¹-moddasi) sodir etgan bo‘lsa, ish materiallari ko‘rib chiqish uchun sudga topshiriladi.

Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda asosiy jazoga sodir etilgan huquqbuzarliklardan istalgan bittasi uchun javobgarlik to‘g‘risidagi moddalarda nazarda tutilgan qo‘shimcha jazo choralaridan biri qo‘shilishi mumkin.

34¹-modda. Yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilishi

Ushbu Kodeksning 125-moddasi uchinchi va beshinchi qismlarida, 126-moddasida, 127-moddasi birinchi qismida, 128³-moddalarida, 128⁴-moddasi ikkinchi qismida, 128⁵, 128⁶, 128⁸, 128⁹, 129, 130-moddalarida, 137-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun transport vositasining haydovchisiga nisbatan mazkur moddalarda nazarda tutilgan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblanadi. Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uchun hisoblanadigan jarima balining eng yuqori miqdori ikki balldan oshmasligi kerak.

Jarima ballari ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan biri birinchi marta sodir etilgan kundan e’tiboran bir yil davomida hisoblab boriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballari bir yil o‘tgach transport vositasining haydovchisidan avtomatlashtirilgan tarzda yechiladi.

Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida o‘n ikki balldan oshgan hollarda, oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksning 24 va 28-moddalariga muvofiq qo‘shimcha jazo tariqasida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati olti oydan kam bo‘lmasligi kerak.

Yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun ma’muriy jazo jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi.

34¹-modda. Yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilishi (davomi)

Transport vositasining haydovchisiga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Bilimingizni sinang

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga ko‘ra, ma’muriy jazo qo‘llanilayotganda qaysi holatlar hisobga olinadi?
  1. Faqat jabrlanuvchining roziligi, yetkazilgan zarar miqdori va huquqbuzarning jazoni o‘tashga tayyorligi hisobga olinadi
  2. Faqat huquqbuzarning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, ish joyi va huquqbuzarlik sodir etilgan joy va vaqti hisobga olinadi
  3. Huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar
  4. Faqat huquqbuzarlikning takroriyligi, yetkazilgan zarar miqdori va huquqbuzarning avvalgi sudlanganliklari hisobga olinadi

To‘g‘ri javob: Huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar. 30-moddaning ikkinchi qismi shu omillarni sanaydi.

Ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holat sifatida homilador ayol bilan bir qatorda necha yoshgacha bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishi sanaladi?
  1. O‘n to‘rt yoshgacha
  2. O‘n olti yoshgacha
  3. O‘n yoshgacha
  4. Uch yoshgacha

To‘g‘ri javob: O‘n to‘rt yoshgacha. Huquqbuzarlikning o‘n to‘rt yoshgacha bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi javobgarlikni yengillashtiradi.

Quyidagilardan qaysi biri ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holat hisoblanadi?
  1. Huquqbuzarlikning mastlik holatida sodir etilishi
  2. Huquqbuzarlikning homilador ayol tomonidan sodir etilishi
  3. Huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi
  4. Voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish

To‘g‘ri javob: Huquqbuzarlikning homilador ayol tomonidan sodir etilishi. 31-moddaning 6-bandiga ko‘ra, homilador ayol tomonidan sodir etilishi yengillashtiruvchi; qolganlari 32-moddada og‘irlashtiruvchi holatlar.

Ma’muriy jazoga tortilgan shaxsning qancha muddat mobaynida yana o‘sha xildagi huquqbuzarlik sodir etishi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi?
  1. Olti oy
  2. Uch oy
  3. Ikki yil
  4. Bir yil

To‘g‘ri javob: Bir yil. Jazoga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida o‘sha xildagi huquqbuzarlikni takror sodir etishi javobgarlikni og‘irlashtiradi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 32-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ma’muriy qamoq va maxsus huquqdan mahrum etish muddatlarini hisoblash
  2. Yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilishi
  3. Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar
  4. Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish

To‘g‘ri javob: Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar. 32-modda: Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 28¹-modda
  2. 32-modda
  3. 35-modda
  4. 34¹-modda

To‘g‘ri javob: 32-modda. 32-modda: Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar.

Quyidagilardan qaysi biri ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi?
  1. Aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, ish ko‘rilishi jarayonida aybiga to‘liq iqror bo‘lishi
  2. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning yetkazilgan zararni o‘z ixtiyori bilan to‘liq to‘lashi va bartaraf etishi
  3. Ma’muriy jazoga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida o‘sha xildagi huquqbuzarlikni yana sodir etishi
  4. Huquqbuzarlikning og‘ir shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar ta’sirida yoxud tahdid ta’sirida sodir etilishi

To‘g‘ri javob: Ma’muriy jazoga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida o‘sha xildagi huquqbuzarlikni yana sodir etishi. 32-moddaning 2-bandi bir yil ichida takroran shunday huquqbuzarlik sodir etishni og‘irlashtiruvchi holat deb belgilaydi.

Kazus: Haydovchi Temur mast holatda yo‘l harakati qoidasini buzdi. Ish ko‘rayotgan mansabdor shaxs huquqbuzarlik xususiyatiga qarab nima qilishi mumkin?
  1. Mastlik holatini aybni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin
  2. Mastlikni majburan og‘irlashtiruvchi holat deb topishi shart
  3. Mastlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi shart
  4. Mastlikni ahamiyatsiz deb hisoblab, ishni sudga yuborishi shart

To‘g‘ri javob: Mastlik holatini aybni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin. 32-moddaning 6-bandiga ko‘ra, organ xususiyatga qarab bu holatni og‘irlashtiruvchi deb topmasligi mumkin.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMa’muriy jazo va majburlov chorasi (2/2)Keyingi →Ma’muriy jazoning qo‘llanilishi (2/2)