XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 27–29²-m.

Ma’muriy jazo va majburlov chorasi (2/2)

Umumiy Qism

27-modda. Musodara qilish

Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, ushbu chora jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno.

O‘qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q-dorilarini, boshqa ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

Musodara qilish chorasini qo‘llanish tartibi ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.

28-modda. Maxsus huquqdan mahrum qilish

Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak, bundan ushbu Kodeksning 34¹-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas, ushbu Kodeks 131-moddasining birinchi qismida, 136-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollar bundan mustasno.

Asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum etish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas.

28¹-modda. Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish

Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish huquqbuzarni ijtimoiy foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy ravishda jalb etishdan iborat bo‘lib, u sudlar tomonidan sakkiz soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Agar huquqbuzar o‘qiyotgan bo‘lsa, jamoat ishlari o‘qishdan bo‘sh vaqtda bajariladi.

Huquqbuzarlar haq to‘lanadigan jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (obyektlar) va haq to‘lanadigan jamoat ishlarining turlari mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar — ichki ishlar organlarining probatsiya bo‘linmalari tomonidan belgilanadi.

Haq to‘lanadigan jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, doimiy ishga ega shaxslarga, harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar ish haqining ellik foizi aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzni to‘lashga yo‘naltiriladi.

Huquqbuzar jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud haq to‘lanadigan jamoat ishlarining o‘talmagan muddatini haq to‘lanadigan jamoat ishlarining to‘rt soati uchun ma’muriy qamoqning bir kuniga teng jazo bilan yoxud haq to‘lanadigan jamoat ishlarining sakkiz soati uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng jarima bilan almashtiradi. Bunda ma’muriy qamoqning muddati o‘n besh sutkadan, jarimaning miqdori esa bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oshmasligi kerak.

28¹-modda. Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish (davomi)

Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.

29-modda. Ma’muriy qamoqqa olish

Ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan o‘n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — o‘ttiz sutkagacha muddatga qo‘llaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.

Ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

29¹-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish ularning O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi keyinchalik bir yildan uch yilgacha muddatga cheklangan holda, majburiy yoki nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishidan iborat. Ma’muriy tarzda chiqarib yuborish jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi.

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish ushbu Kodeksning 51², 51⁸, 51⁹, 56, 57, 58-moddalarida, 61¹-moddasi birinchi qismida, 94, 165¹, 184², 184³, 189, 189¹, 201, 202¹-moddalarida, 224¹-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 225-moddasi yettinchi va sakkizinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda qo‘llanilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aliment to‘lash bo‘yicha majburiyatlarga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

29²-modda. Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash

Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilishi mumkin.

Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi o‘ttiz sutkagacha bo‘lgan muddatda ma’muriy jazo tayinlash bilan birga qo‘llaniladi hamda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan joylarda ijro etiladi.

Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasining ijrosi davlat sanitariya nazorati, ichki ishlar va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan ta’minlanadi.

Bilimingizni sinang

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 27-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ma’muriy qamoqqa olish
  2. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish
  3. Ma’muriy jazoning maqsadi
  4. Musodara qilish

To‘g‘ri javob: Musodara qilish. 27-modda: Musodara qilish.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Musodara qilish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 22-modda
  2. 27-modda
  3. 29-modda
  4. 21-modda

To‘g‘ri javob: 27-modda. 27-modda: Musodara qilish.

Musodara qilish chorasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga ko‘ra kim tomonidan qo‘llaniladi?
  1. Ichki ishlar organining tegishli boshlig‘i
  2. Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi
  3. Tuman (shahar) hokimining ma’muriy qarori
  4. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi

To‘g‘ri javob: Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi. 27-moddaga ko‘ra, musodara jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi.

Musodara qilinishi mumkin bo‘lmagan ashyo qaysi?
  1. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo (muomaladan chiqarilgan ashyolar mustasno)
  2. Huquqbuzarlikning bevosita ashyosi bo‘lib, huquqbuzarning shaxsiy mulki hisoblangan ashyo
  3. Huquqbuzarlik quroli sifatida foydalanilgan va huquqbuzarga tegishli bo‘lgan ashyo
  4. Muomaladan chiqarilgan ashyo bo‘lib, huquqbuzarning shaxsiy mulki hisoblanadigan ashyo

To‘g‘ri javob: Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo (muomaladan chiqarilgan ashyolar mustasno). 27-moddaga ko‘ra, huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo musodara qilinmaydi, muomaladan chiqarilganlar bundan mustasno.

Maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish, ov qilish) mahrum qilish ma’muriy jazosi tuman (shahar) sudi tomonidan eng ko‘pi bilan qancha muddatga qo‘llaniladi?
  1. Bir yilgacha
  2. Ikki yilgacha
  3. Uch yilgacha
  4. Besh yilgacha

To‘g‘ri javob: Uch yilgacha. Maxsus huquqdan mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi.

Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati kamida qancha bo‘lishi kerak (Kodeksning 34¹-moddasidagi hollar bundan mustasno)?
  1. Bir oydan
  2. O‘n besh kundan
  3. Uch oydan
  4. O‘n kundan

To‘g‘ri javob: O‘n besh kundan. Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 28-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash
  2. Ma’muriy ogohlantirish
  3. Maxsus huquqdan mahrum qilish
  4. Ma’muriy jazo qo‘llanilishining umumiy qoidalari

To‘g‘ri javob: Maxsus huquqdan mahrum qilish. 28-modda: Maxsus huquqdan mahrum qilish.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Maxsus huquqdan mahrum qilish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 29²-modda
  2. 24¹-modda
  3. 30-modda
  4. 28-modda

To‘g‘ri javob: 28-modda. 28-modda: Maxsus huquqdan mahrum qilish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMa’muriy jazo va majburlov chorasi (1/2)Keyingi →Ma’muriy jazoning qo‘llanilishi (1/2)