Qishloq xo‘jaligidagi huquqbuzarlik, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik (1/2)
Maxsus Qism
104-modda. Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish
Chorva mollar yoki parrandalarning xo‘jalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yo‘q qilib yuborishi, ko‘chatlarga shikast yetkazishi —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ekinzorlarni yoki ko‘chatzorlarni hamma turdagi harakatlanuvchi texnika vositalarida bosib o‘tish —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
104¹-modda. Qishloq xo‘jalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish
Qishloq xo‘jalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
104²-modda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotini va urug‘liklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish tartibini buzish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini va urug‘liklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash hamda ulardan foydalanish tartibini, shuningdek agrosanoat majmui sohasida texnologik jarayonlar talablarini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi o‘simliklariga doir hujjatlarni yuritish qoidalarini buzish yoxud ushbu hujjatlarga urug‘liklarning navlari va ekilish sifatlari to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
105-modda. Tarkibida giyohvand moddalar bo‘lgan ekinlarni qo‘riqlashni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik
Tarkibida giyohvand moddalar bo‘lgan nasha va moyli ko‘knor ekinlarini, mazkur ekinlar hosilini saqlash va qayta ishlash joylarini qo‘riqlash yuzasidan belgilangan tartibni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik, shuningdek tarkibida giyohvand moddalar bo‘lgan shunday ekinlarning ang‘izlari va ishlab chiqarish chiqindilarini yo‘q qilib tashlash choralarini ko‘rmaganlik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
106-modda. Yovvoyi nashani yo‘q qilib yuborish choralarini ko‘rmaganlik
Tasarrufida yer maydonlari bo‘lgan shaxslar tomonidan yovvoyi nashani yo‘q qilib yuborish choralarini ko‘rmaganlik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
107-modda. O‘simliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini (choralarini) hamda boshqa qoidalarni buzish
O‘simliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini hamda boshqa qoidalarni karantin ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash, realizatsiya qilish va yo‘q qilish chog‘ida buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Fitosanitariya choralariga rioya qilmaslik, shu jumladan o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlar tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rmaganlik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘z hududida o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarni aniqlagan, fitosanitariya dala nazoratini o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan hamda ularning o‘choqlari kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rgan shaxslar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
Bilimingizni sinang
Chorva mollar yoki parrandalar xo‘jalik ekinzorlarini payhon qilgan taqdirda, fuqarolarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining qanchasidan boshlanadi?
- ikki baravaridan
- uch baravaridan
- bir baravaridan
- besh baravaridan
To‘g‘ri javob: bir baravaridan. Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 104-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash
- Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish
- Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish
- Yovvoyi nashani yo‘q qilib yuborish choralarini ko‘rmaganlik
To‘g‘ri javob: Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish. 104-modda: Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish» qaysi moddada belgilangan?
- 100-modda
- 108-modda
- 104-modda
- 106-modda
To‘g‘ri javob: 104-modda. 104-modda: Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish.
Chorvador Hasan o‘z sigirlarini nazoratsiz qo‘yib yubordi va ular qo‘shnining xo‘jalik ekinzorini payhon qildi. Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra unga qanday jarima solinadi?
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning bir baravaridan uch baravarigacha. 104-moddaning birinchi qismiga ko‘ra chorva mollarning ekinzorlarni payhon qilishi uchun fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima solinadi.
Traktorchi Olim yo‘lni qisqartirish uchun traktorda ko‘chatzor ustidan o‘tdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Unga BHMning bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning uch baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi
- U javobgarlikka tortilmaydi, chunki ko‘chatlarga shikast yetmagan
To‘g‘ri javob: Unga BHMning uch baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi. 104-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra ekinzor yoki ko‘chatzorni harakatlanuvchi texnikada bosib o‘tish uchun BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 104¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Qishloq xo‘jalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish
- O‘simliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini (choralarini) hamda boshqa qoidalarni buzish
- Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash
To‘g‘ri javob: Qishloq xo‘jalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish. 104¹-modda: Qishloq xo‘jalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Qishloq xo‘jalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 104¹-modda
- 107-modda
- 99-modda
- 100-modda
To‘g‘ri javob: 104¹-modda. 104¹-modda: Qishloq xo‘jalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzgan mansabdor shaxsga qanday jarima solinadi?
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha. 104¹-moddaga ko‘ra mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash