Sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik
Maxsus Qism
97-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
97¹-modda. Istirohat bog‘larining attraksionlaridan foydalanishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish
Istirohat bog‘larining attraksionlaridan foydalanishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
98-modda. Portlovchi hamda radioaktiv materiallarni (manbalarni) hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish
Sanoatda va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nazorati ostidagi boshqa obyektlarda portlovchi hamda radioaktiv materiallarni (manbalarni) hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, normalarini hamda yo‘riqnomalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
99-modda. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining ko‘rsatmalarini bajarishdan qasddan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik (bundan 300 kub metrdan ortiq bo‘lmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar hamda ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joy qurilish obyektlari mustasno), —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan majburiy ko‘rsatmalarni to‘liq bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
99-modda. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (davomi)
Binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Obyektlarni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasini yoki Transport nazorati inspeksiyasini xabardor qilmasdan yoxud ro‘yxatdan o‘tkazmasdan qurish, —
99-modda. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (davomi)
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Obyektlarni ekspert tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz qurish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning o‘ninchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha loyihaning alohida bo‘limi (qismi) mavjud bo‘lmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lmagan ushbu alohida bo‘lim (qism) bo‘yicha ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shaharsozlik hujjatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha loyihaning alohida bo‘limiga (qismiga) amal qilinmagan holda qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan ruxsatnoma berish, —
99-modda. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (davomi)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
100-modda. Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash
Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, zichlangan havo, suv va issiqlikning muntazam ravishda nobud bo‘lishi, energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlarning ruxsatisiz xizmat binolari va boshqa binolarni isitish uchun, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun elektr energiyasidan foydalanish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
101-modda. Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar hamda inshootlarni elektr energiyasi, issiqlik va gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan elektr, issiqlik va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu modda umumiy foydalanishdagi elektr yoki gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali oz miqdorda o‘g‘irlash bilan bog‘liq harakatlar sodir etilganda qo‘llanilmaydi.
102-modda. Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
1000 voltgacha kuchlanishli elektr tarmoqlarini (havo, yer osti va suv osti elektr uzatish, kiritma va taqsimlash qurilmalarini) muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xo‘jaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
1000 voltdan ortiq kuchlanishli elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xo‘jaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
103-modda. Gazdan yoqilg‘i yoki xom ashyo sifatida foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar
Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan gazdan foydalanish qurilmasiga gazni ruxsatsiz ochib berish yoki gaz iste’mol qilishning belgilangan tartibiga rioya qilmaslik yoxud gazdan foydalanish qurilmalarida gaz sarflashning tasdiqlangan solishtirma normalarisiz gaz sarflash yoki bunday normalardan ortiqcha sarflash —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan gazdan foydalanish qurilmalarini gaz sarfini hisobga olmay turib yoki gaz qo‘llanib hosil qilinadigan issiqlik energiyasi va mahsulotlarni hisobga olmay turib ishlatish yoxud gazdan foydalanish qurilmasi loyihasida nazarda tutilgan gaz yonish jarayonini avtomat tarzda boshqarib turuvchi vositalarning, issiqlik texnikasi nazorati asboblarining yoki gazdan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlovchi issiqlikdan foydalanish uskunalarining bo‘lmasligi (buzuqligi) —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Gaz iste’mol qiluvchi korxona, muassasa va tashkilotlar uchun nazarda tutilgan rezerv yoqilg‘i xo‘jaligining ishga tayyor emasligi yoki gazdan foydalanish qurilmalarining belgilangan rezerv yoqilg‘i turlarida ishlashga tayyor emasligi —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzgan fuqarolarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining qanchasidan boshlanadi?
- ikki baravaridan
- uch baravaridan
- besh baravaridan
- bir baravaridan
To‘g‘ri javob: bir baravaridan. Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 97-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish
- Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
- Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish. 97-modda: O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 97-modda
- 100-modda
- 102-modda
- 99-modda
To‘g‘ri javob: 97-modda. 97-modda: O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzgan fuqaroga qanday jarima solinadi?
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning bir baravaridan uch baravarigacha. 97-moddaning birinchi qismiga ko‘ra fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima solinadi.
Sanoat xavfsizligi talablarini buzish ma’muriy jazodan keyin bir yil ichida takror sodir etilsa, mansabdor shaxsga qanday jarima solinadi?
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha. 97-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra takror holda mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinadi.
Istirohat bog‘i direktori Karimov bog‘dagi attraksionlardan foydalanishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzdi. U avval bunday huquqbuzarlik uchun jazolanmagan. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Unga BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning uch baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha jarima solinadi
To‘g‘ri javob: Unga BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi. 97¹-moddaning birinchi qismiga ko‘ra mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinadi.
Istirohat bog‘larining attraksionlaridan foydalanishda normativ hujjatlar talablarini buzgan fuqarolarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining qanchasidan boshlanadi?
- besh baravaridan
- ikki baravaridan
- uch baravaridan
- bir baravaridan
To‘g‘ri javob: uch baravaridan. Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 97¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash
- Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
- Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish
- Istirohat bog‘larining attraksionlaridan foydalanishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish
To‘g‘ri javob: Istirohat bog‘larining attraksionlaridan foydalanishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish. 97¹-modda: Istirohat bog‘larining attraksionlaridan foydalanishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash