Transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (1/7)
Maxsus Qism
113-modda. Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish
Temir yo‘l izlariga poyezdlar qatnovining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ashyolarni qo‘yish, shuningdek temir yo‘lni va qor to‘sish g‘ovlarini hamda boshqa yo‘l obyektlarini, signal berish va aloqa inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Temir yo‘ldan ot-arava haydab o‘tish va chorva mollarni haydab o‘tish, chorva mollarni temir yo‘l yaqinida boqish qoidalarini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Temir yo‘l transportiga yuk ortish vaqtida belgilangan gabaritlarga rioya qilmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Temir yo‘llarni belgilanmagan joylardan kesib o‘tish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirmadan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Transport vositalari haydovchilari tomonidan temir yo‘l izini belgilanmagan joydan kesib o‘tish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
113¹-modda. Temir yo‘l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini hamda yo‘lovchilarni, bagajni va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish
Temir yo‘l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini buzish, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Temir yo‘l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi buzilishi bilan bog‘liq hodisani, u haqidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa to‘g‘risidagi axborotni qasddan buzib ko‘rsatish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Temir yo‘l transportida va metropolitenda yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
114-modda. Temir yo‘l transporti vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish
Zarurat bo‘lmay turib, o‘zboshimchalik bilan poyezdni to‘xtatish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yuk poyezdlarida o‘zboshimchalik bilan yurish, poyezd yurib ketayotganda poyezdga chiqish va poyezddan tushish, vagonlarning zinapoyalarida va tomlarida ketish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
115-modda. Metropolitendan foydalanish qoidalarini buzish
Metropolitendan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
116-modda. Uchish xavfsizligi qoidalarini buzish
Aerodrom hududida aerodromlarni tanib olish uchun qabul qilingan markirovka belgilariga va qurilmalarga o‘xshash biror-bir belgi va qurilma o‘rnatish yoki aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishilmagan holda amalga oshirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Binolar va inshootlarda tungi va kunduzgi markirovka belgilarini yoki qurilmalarini o‘rnatish qoidalarini bajarmaganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Aerodrom uskunalarini, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlantirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tegishli ruxsati bo‘lmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorug‘lik bilan ta’minlab turuvchi obyektlar hududida piyoda yoki transportda yurish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxs tomonidan havo kemasini boshqarish, xuddi shuningdek bunday holatda bo‘lgan ekipaj a’zolarining havo kemasini boshqarishiga ijozat berish yoxud havo kemasini boshqaruvchi shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’siridagi yoki o‘zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibga muvofiq tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi, —
116-modda. Uchish xavfsizligi qoidalarini buzish (davomi)
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Baxtsiz aviatsiya hodisasi deb topilgan hodisani, u haqidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa to‘g‘risidagi axborotni qasddan buzib ko‘rsatish, bortdagi va yerdagi obyektiv nazorat vositalarining ma’lumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan bog‘liq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast yetkazish yoki ularni qasddan yo‘q qilib yuborish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
116¹-modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish
Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
116²-modda. O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, (bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno), —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
116³-modda. Aviatsiya xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni buzish
Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tmagan shaxslarni, qo‘l yukini yoki bagajni, yukni, pochtani, bort zaxiralarini yoxud havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalarni yoki predmetlarni havo kemasi bortiga yetkazib berish yoki yetkazib berishga ko‘maklashish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
117-modda. Havo kemasida yurish-turish qoidalarini buzish
Havo kemasida bo‘lgan shaxslarning havo kemasi komandirining yoki havo kemasi komandiri nomidan ekipaj a’zosining farmoyishlarini bajarmasligi —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Havo kemasi bortida turib fotosuratga, kinoga, videoga olish, shuningdek radioaloqa vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish —
foto-kinoplyonka yoki videokassetalar musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
118-modda. Suv transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish
Suv transporti sohasida kemalarning portga kirishi va portdan chiqishi, port suvlarida kemalarning harakati va turishi hamda shatakka olinishi qoidalarini yoxud signal chiroqlari berish, tovush signallar, shuningdek ko‘rilma va kunduzgi signallar almashinishning belgilangan tartibini buzish yoki kema yo‘liga baliq tutish qurilmalarini o‘rnatish —
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Port suvlarida tegishli ruxsati bo‘lmay turib g‘avvoslik ishlarini bajarish, shunday ishlarni olib borgan chog‘da signallar berish qoidalariga rioya qilmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suv transportida xavfsizlikni ta’minlovchi signal va aloqa inshootlari hamda qurilmalarini shikastlantirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Temir yo‘l izlariga poyezdlar qatnovini buzishi mumkin bo‘lgan ashyolarni qo‘ygan shaxsga jarimaning yuqori chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining qanchasi?
- besh baravarigacha
- uch baravarigacha
- ikki baravarigacha
- bir baravarigacha
To‘g‘ri javob: bir baravarigacha. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda solinadi.
Transport vositalari haydovchilari temir yo‘l izini belgilanmagan joydan kesib o‘tsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining qanchasidan boshlanadi?
- bir baravaridan
- besh baravaridan
- uch baravaridan
- ikki baravaridan
To‘g‘ri javob: ikki baravaridan. Haydovchilarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi.
Yosh Sardor temir yo‘l izlariga poyezdlar qatnovining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan temir bo‘laklarini qo‘ydi. Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra qanday jarima solinadi?
- BHMning yigirmadan bir qismi
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning ikkidan bir qismidan bir baravarigacha
- BHMning ikki baravaridan uch baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning ikkidan bir qismidan bir baravarigacha. 113-moddaning birinchi qismiga ko‘ra temir yo‘l izlariga poyezdlar qatnovini buzishi mumkin bo‘lgan ashyolarni qo‘yish uchun BHMning ikkidan bir qismidan bir baravarigacha jarima solinadi.
Piyoda fuqaro temir yo‘llarni belgilanmagan joydan kesib o‘tsa, qanday miqdorda jarima solinadi?
- BHMning ikki baravaridan uch baravarigacha
- BHMning yigirmadan bir qismi
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha
To‘g‘ri javob: BHMning yigirmadan bir qismi. 113-moddaning to‘rtinchi qismiga ko‘ra temir yo‘llarni belgilanmagan joylardan kesib o‘tish uchun BHMning yigirmadan bir qismi miqdorida jarima solinadi.
Haydovchi Jahongir avtomobilda temir yo‘l izini belgilanmagan joydan kesib o‘tdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Unga BHMning ikki baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning yigirmadan bir qismi miqdorida jarima solinadi
- Unga BHMning o‘n baravari miqdorida jarima solinadi
- Unga BHMning ikkidan bir qismidan bir baravarigacha jarima solinadi
To‘g‘ri javob: Unga BHMning ikki baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi. 113-moddaning beshinchi qismiga ko‘ra transport vositalari haydovchilari temir yo‘l izini belgilanmagan joydan kesib o‘tsa, BHMning 2 baravaridan 3 baravarigacha jarima solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 113¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish
- Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish
- Temir yo‘l transporti vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish
- Temir yo‘l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini hamda yo‘lovchilarni, bagajni va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish
To‘g‘ri javob: Temir yo‘l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini hamda yo‘lovchilarni, bagajni va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish. 113¹-modda: Temir yo‘l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini hamda yo‘lovchilarni, bagajni va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Temir yo‘l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini hamda yo‘lovchilarni, bagajni va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 113¹-modda
- 114-modda
- 108-modda
- 111-modda
To‘g‘ri javob: 113¹-modda. 113¹-modda: Temir yo‘l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini hamda yo‘lovchilarni, bagajni va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish.
Temir yo‘l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini buzgan mansabdor shaxs va xizmatchilarga qanday jarima solinadi?
- BHMning o‘n baravari
- BHMning besh baravari
- BHMning uch baravari
- BHMning ikki baravaridan uch baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning o‘n baravari. 113¹-moddaning birinchi qismiga ko‘ra mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga BHMning o‘n baravari miqdorida jarima solinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash