Transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (5/7)
Maxsus Qism
135-modda. Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi
Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi, oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga chet eldan olib kirilgan transport vositasi uchun bojxona organlari tomonidan berilgan hujjatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yo‘l varaqasi, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilar uchun, shu jumladan yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilar uchun malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati (bundan transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yo‘qolgan guvohnoma o‘rniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan e’tiboran ikki yillik davr mustasno) yonida bo‘lmagan holda, xuddi shuningdek transport vositalarini olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona organlari tomonidan berilgan tegishli belgilar qo‘yilgan hujjatlarining muddati o‘tgan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
135-modda. Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi (davomi)
Transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan yoxud aynan shu transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning bunday vositalarni boshqarishi —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Haydovchining yonida O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisini oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomasini o‘z yonida olib yurishi talab etilmaydi.
135¹-modda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablarini buzish
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, xuddi shuningdek faqat mazkur sug‘urta polislarida ko‘rsatilgan haydovchilar ayni shu transport vositalarini boshqarishi to‘g‘risida mazkur sug‘urta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda transport vositalarini boshqarish, —
ma’muriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
136-modda. Transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi
Transport vositalari haydovchilarining mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida ekanligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi, —
transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning skuterni, mopedni, velosipedni, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
137-modda. Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish
Yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum etishga yoxud o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
138-modda. Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi
Piyodalarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ularning yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tishi, piyodalar yo‘lning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek skuterlar, mopedlar va velosipedlarni, individual harakatlanish vositalarini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxslarning hamda yo‘ldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya etmasligi, —
ma’muriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Haydovchilarga har xil xizmat ko‘rsatish maqsadida yo‘lning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yo‘llarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish —
ma’muriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
138-modda. Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi (davomi)
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Belgilangan tartibda nur qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlanmagan individual harakatlanish vositalarini, skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boshqarish, shuningdek individual harakatlanish vositalarining va skuterlarning haydovchilari tomonidan odamlarni tashish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Skuter, moped, velosipedni, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda yo‘l harakati qoidalarini buzishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
139-modda. Nosoz transport vositalarini yo‘lga chiqarish va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish
Transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarini yo‘lga chiqarish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan nosozligi bo‘lgan yoki muayyan shartlar tufayli transport vositasidan foydalanish taqiqlangan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini yo‘lga chiqarish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
140-modda. Mastlik holatidagi shaxsning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yish yoki boshqarishni unga topshirish
Transport vositalaridan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari, shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida bo‘lgan haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘yish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Transport vositasining egasi yoki undan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan bila turib mastlik holatidagi yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari, shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidagi shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish, —
transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
142-modda. Xavfli moddalar va ashyolarni transportda tashish qoidalarini buzish
Temir yo‘l, havo va suv transportida qo‘l yuki sifatida yonuvchan, zaharlovchi, tez alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish qoidalarini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli va badbo‘y moddalar va ashyolarni topshirish —
ana shu moddalar va ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yib yoki olib qo‘ymay yoxud musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Trolleybusda, tramvayda, metropolitenda, avtobusda, marshrut taksisida portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
143-modda. Kira haqi to‘lamasdan yuk olib yurish
Trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda, marshrut taksisida kira haqi to‘lamasdan yuk olib yurish —
har bir yuk joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
144-modda. Transportda chiptasiz yurish
Yo‘lovchining transportda chiptasiz yurishi, o‘n yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni chiptasiz olib yurish:
- a) shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, —
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi,
- b) mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda besh yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalarni chiptasiz olib yurish —
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yo‘lovchilarning samolyotda chiptasiz yurishi —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shaharlararo qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yo‘lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Haydovchi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini yonida olib yurmagan holda boshqarsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravari?
- bir baravari
- ikki baravari
- besh baravari
- uch baravari
To‘g‘ri javob: bir baravari. Hujjatlar yonida bo‘lmagan holda transport vositasini boshqarish bir baravar jarimaga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 135-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi
- Haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan, yashil maydonlardan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi
- Transport vositalarini mastlik holatida boshqarish
- Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablarini buzish
To‘g‘ri javob: Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi. 135-modda: Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi» qaysi moddada belgilangan?
- 135¹-modda
- 135-modda
- 128-modda
- 131-modda
To‘g‘ri javob: 135-modda. 135-modda: Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi.
Haydovchi Sanjar haydovchilik guvohnomasiga ega, lekin uni uyda unutib qoldirib, transport vositasini hujjatsiz boshqarib ketdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Unga BHMning besh baravari miqdorida jarima solinadi
- U javobgarlikka tortilmaydi
- Unga BHMning bir baravari miqdorida jarima solinadi
- Unga BHMning ellik baravari miqdorida jarima solinadi
To‘g‘ri javob: Unga BHMning bir baravari miqdorida jarima solinadi. 135-moddaning birinchi qismiga ko‘ra boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari yonida bo‘lmagan holda transport vositasini boshqarish uchun BHMning bir baravari miqdorida jarima solinadi.
Transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsning transport vositasini boshqargani uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravari?
- besh baravari
- yetti baravari
- o‘n baravari
- uch baravari
To‘g‘ri javob: besh baravari. Huquqi yoki hujjati bo‘lmagan shaxsning boshqarishi besh baravar jarimaga sabab bo‘ladi.
Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxs shunday vositani boshqarsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravari?
- qirq baravari
- yigirma besh baravari
- ellik baravari
- o‘ttiz baravari
To‘g‘ri javob: ellik baravari. Huquqdan mahrum etilgan shaxsning boshqarishi ellik baravar jarimaga sabab bo‘ladi.
Transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirgan shaxsga qanday jarima solinadi?
- BHMning bir baravari
- BHMning besh baravari
- BHMning ellik baravari
- BHMning o‘ttiz baravari
To‘g‘ri javob: BHMning besh baravari. 135-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga boshqarishni topshirish uchun BHMning besh baravari miqdorida jarima solinadi.
Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxs transport vositasini boshqarsa, qanday jarima solinadi?
- BHMning besh baravari
- BHMning o‘n besh baravari
- BHMning o‘ttiz baravari
- BHMning ellik baravari
To‘g‘ri javob: BHMning ellik baravari. 135-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra huquqidan mahrum etilgan shaxsning boshqarishi uchun BHMning ellik baravari miqdorida jarima solinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash