Transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (6/7)
Maxsus Qism
145-modda. Yo‘lovchilarni chiptasiz tashish
Havo, temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni chiptasiz tashish —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suv, avtomobil transportida va shahar elektr transportida yo‘lovchilarni chiptasiz tashish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
146-modda. Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish
Temir yo‘lning yuk tashish uchun mo‘ljallangan qatnov tarkibiga, konteynerlarga, suzuvchi va boshqa transport vositalariga, shuningdek yuk tashuvchi moslamalarga shikast yetkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Havo kemalari, yuk vagonlari, avtomobillar, avtomobil tirkamalari, konteynerlarning, suzuvchi vositalar tryumlari va boshqa yukxonalarining plombalariga va bekitkich qurilmalariga shikast yetkazish, ularning plombalarini buzish, ayrim yuk o‘rinlariga va yuk o‘ramalariga, paketlariga, yuk qo‘ralarining, temir yo‘l stansiyalarining, yuk avtomobillari stansiyalarining, konteyner punktlarining (maydonchalarining), portlarning (pristanlarning) va yuk tashish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarish uchun foydalaniladigan omborlarning to‘siqlariga shikast yetkazish, shuningdek tegishli ruxsati bo‘lmay turib yuk qo‘ralariga, konteyner punktlariga (maydonchalariga), portlar (pristanlar), shlyuzlarning yuk turgan hududlariga (joylariga) va yuqorida zikr etilgan omborlarga kirish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning but saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
146¹-modda. Tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmasligi
Tashuvchining yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmasligi, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
147-modda. Yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish, yo‘l harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik
Yo‘llarga, temir yo‘ldan o‘tish joylariga, yo‘l harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki texnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yo‘l harakatiga qasddan, shu jumladan yo‘l qoplamasini ifloslantirish yo‘li bilan xalal berish, xuddi shuningdek avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, shu jumladan yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlarni va boshqa qurilmalarni o‘rnatish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shu jumladan yo‘llarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yo‘l infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yo‘l belgilarini o‘rnatish, yo‘llarni, temir yo‘ldan kesib o‘tish joylari va boshqa yo‘l inshootlarini harakat uchun xavfsiz holda saqlash qoidalarini buzish yoki ta’mirlash ishlari olib boriladigan yo‘l qismiga vaqtincha yo‘l belgilari, signallar va svetoforlar, to‘suvchi va yo‘naltiruvchi moslamalar o‘rnatmaslik, shuningdek qatnov qismiga vaqtincha yotiq chiziqlar chizmaslik yoxud yo‘lning ayrim qismlaridan foydalanish harakat xavfsizligiga tahdid etadigan paytda ularda harakatni o‘z vaqtida taqiqlash yoki cheklash choralarini ko‘rmaslik, —
147-modda. Yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish, yo‘l harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik (davomi)
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
148-modda. Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza qilish qoidalarini buzish
Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarda temir yo‘l organlari va yo‘l organlari bilan kelishmay turib yerni haydash, o‘t o‘rish, chimlarni olib tashlash va tuproq olish, sanoat, melioratsiya suvlarini va oqova suvlarni suv qochirish inshootlariga va rezervlariga oqizish, shuningdek ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqish, yog‘och ko‘priklar va taxta to‘shamali ko‘priklarda chekish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rtdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
149-modda. Yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning avtomobil yo‘llarini va yo‘l inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzishi
Avtomobil yo‘llariga ajratilgan mintaqaga tutash joylardagi yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning umum foydalanishdagi yo‘llardagi aholi punktlari doirasida, o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan yer maydoni chegarasida piyodalar yuradigan yo‘lkalar va ular o‘tadigan ko‘prikchalar qurish, ularni ta’mirlash va muntazam orastalab turish majburiyatlarini, shuningdek o‘zlariga biriktirilgan yer maydonidan chiqish yo‘llarini yoki umum foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga kelib tutashadigan yo‘llarni, shu jumladan kesib o‘tiladigan ko‘priklarni texnik jihatdan soz holda va ozoda saqlash majburiyatlarini bajarmaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
150-modda. Magistral quvurlarni muhofaza qilish qoidalarini buzish
Magistral quvurlarni muhofaza qilish qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
151-modda. Abonentlik qurilmasini ro‘yxatdan o‘tkazmay yoki ruxsatsiz elektr aloqa tarmoqlariga ulash
Abonentlik qurilmasini ro‘yxatdan o‘tkazmay yoki ruxsatsiz elektr aloqa tarmoqlariga ulash, —
abonentlik qurilmasini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
152-modda. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish
Radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o‘rnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning texnik reglamentlari yoki davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlariga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravargacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Radioelektron vositalari yoki yuqori chastotali qurilmalarni tayyorlash, olish, sotish yoki o‘zgaga doimiy yoxud vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini buzish —
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
153-modda. Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat standartlarini buzish
Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat standartlarini, davlat aloqa tarmog‘i bilan bog‘lanadigan simli elektr aloqa vositalarining, radionurlanishlarining parametrlarini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Havo va temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni chiptasiz tashish uchun qanday miqdorda jarima solinadi?
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha. Havo va temir yo‘l transportida chiptasiz tashish uch baravaridan besh baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi; suv va avtomobil transportida esa ikki baravar.
Poyezd konduktori yo‘lovchini chiptasiz tashidi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni chiptasiz tashganlik uchun qanday jarima solinadi?
- BHMning ikki baravari
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning o‘n baravari
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning uch baravaridan besh baravarigacha. 145-moddaning birinchi qismiga ko‘ra havo va temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni chiptasiz tashish uchun BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima solinadi.
Marshrut taksisi haydovchisi Akmal yo‘lovchini chiptasiz tashidi. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni chiptasiz tashganlik uchun qaysi jarima to‘g‘ri?
- BHMning ikki baravari
- BHMning o‘n baravari
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
- BHMning bir baravari
To‘g‘ri javob: BHMning ikki baravari. 145-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra suv, avtomobil va shahar elektr transportida yo‘lovchilarni chiptasiz tashish uchun BHMning ikki baravari miqdorida jarima solinadi.
Temir yo‘lning yuk tashishga mo‘ljallangan qatnov tarkibiga, konteynerlarga va yuk tashuvchi moslamalarga shikast yetkazganlik uchun qanday miqdorda jarima solinadi?
- Bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha. Yuk tashish uchun mo‘ljallangan qatnov tarkibi va konteynerlarga shikast yetkazish bir baravaridan uch baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 146-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish
- Abonentlik qurilmasini ro‘yxatdan o‘tkazmay yoki ruxsatsiz elektr aloqa tarmoqlariga ulash
- Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish
- Transportda chiptasiz yurish
To‘g‘ri javob: Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish. 146-modda: Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 152-modda
- 146-modda
- 144-modda
- 151-modda
To‘g‘ri javob: 146-modda. 146-modda: Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish.
Temir yo‘lning yuk tashish uchun mo‘ljallangan qatnov tarkibiga yoki konteynerlarga shikast yetkazganlik uchun qanday jarima solinadi?
- BHMning ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha
- BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning yetti baravari
To‘g‘ri javob: BHMning bir baravaridan uch baravarigacha. 146-moddaning birinchi qismiga ko‘ra yuk tashish uchun mo‘ljallangan qatnov tarkibiga, konteynerlarga shikast yetkazish uchun BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima solinadi.
Fuqaro Sherzod yuk vagonining plombasini buzdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Unga BHMning bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning yetti baravari miqdorida jarima solinadi
To‘g‘ri javob: Unga BHMning ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha jarima solinadi. 146-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra yuk vagonlari plombalarini buzish uchun BHMning ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha jarima solinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash