Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (4/4)
Maxsus Qism
177²-modda. Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqlarni buzish
Tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini o‘z ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, muhofaza qilinadigan integral mikrosxema topologiyasini, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani o‘z ichiga olgan buyumni ruxsatsiz qo‘llash, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, sotuvga qo‘yish, sotish, takrorlash va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish, patentlangan seleksiya yutug‘ini ruxsatsiz yetishtirish va takror yetishtirish (ko‘paytirish), nav yoki nasllilik konditsiyalariga yetkazish, seleksiya yutug‘idan ruxsatsiz foydalangan holda yaratilgan mahsulotni sotishga taklif etish, sotish, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki saqlash, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
177²-modda. Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqlarni buzish (davomi)
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
178-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni va iste’molchilarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining qoidabuzarliklarni tugatish to‘g‘risidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi, iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash, o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tayyorlovchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi, ularni o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmasligi, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish hamda aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzish chog‘ida raqobatni cheklashga qarshi talablarni buzish, —
178-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni va iste’molchilarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (davomi)
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Raqobatga qarshi kelishuvlar tuzish va muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etish, shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeni suiiste’mol qilish, xuddi shuningdek savdolarga doir raqobatni cheklashga qarshi talablarni buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazish, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi axborotni taqdim etmaganlik yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik, shu jumladan iste’molchilarni tovarning iste’molga oid xususiyatlari yoki sifati xususida chalg‘itish, tovarni unga o‘xshash boshqa mahsulotlar bilan almashtirib qo‘yish, mahsulotning xususiyatlari va sifatini qasddan o‘zgartirish, xuddi shuningdek qalbakilashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, olib kirish va realizatsiya qilish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan tovarlarni ularning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddatini ko‘rsatmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik, —
178-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni va iste’molchilarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (davomi)
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organiga axborot taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud unga bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxsi tomonidan xomashyo, tovarlar erkin harakatlanishini va realizatsiya qilinishini hamda xizmatlar ko‘rsatilishini qonunga xilof ravishda cheklash, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshirish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qilish vakolatlari yoki ro‘yxatga olish yoxud akkreditatsiyadan o‘tkazish vakolatlari berilgan davlat muassasalari yoxud yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar qabul qilish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, —
178-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni va iste’molchilarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (davomi)
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
178¹-modda. Reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik, shuningdek vakolatli davlat organining reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmasini o‘z muddatida bajarmaganlik —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan noto‘g‘ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
179-modda. Auditorning qonunchilik buzilganligi hollarini yashirishi, bila turib soxta auditorlik hisobotini yoki auditorlik xulosasini tuzishi
Auditorning auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida o‘zi aniqlagan buxgalteriya hisobini yuritishga, shuningdek moliyaviy hisobot tuzishga doir qonunchilikda belgilangan talablar buzilganligi hollarini yashirishi, xuddi shuningdek auditorning bila turib soxta auditorlik hisobotini yoki auditorlik xulosasini tuzishi —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
179¹-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish
Xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortishi —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
179²-modda. Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Ish beruvchi yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur ma’lumotlarni, Fuqarolarning shaxsiga oid ma’lumotlar bilan bog‘liq o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik, xuddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish, ushbu hisobvaraqlarning holati to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini tayinlash va berish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
179³-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Ichki nazoratni, mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalarini hujjatlashtirish va saqlashni, tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va hujjatlar bilan qayd etishni tashkil qilish va amalga oshirishga doir talablarni buzish, operatsiyani amalga oshirishni rad etish, xuddi shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar haqidagi axborotni taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etganlik, qonunchilik talablarining pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yishga yoki operatsiyalarni to‘xtatib turishga oid qismini ijro etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirishning belgilangan tartibini tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan buzish, xuddi shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish munosabati bilan tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni g‘ayriqonuniy ravishda talab qilish, olish yoxud oshkor etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
179³-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (davomi)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
179⁴-modda. Birja faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
179⁵-modda. Qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish
Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoki mol-mulkining mulkdori yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish, ya’ni to‘lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki ko‘paytirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik yoxud jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligiga olib kelsa, kreditorlarga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Patentlangan ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasini ruxsatsiz qo‘llash uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlab jarima solinadi?
- uch baravaridan
- o‘n baravaridan
- besh baravaridan
- yetti baravaridan
To‘g‘ri javob: besh baravaridan. Bunday huquqbuzarlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi va huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 177²-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Soliq solish obyektlarining hisobini va hisobotini yuritishning belgilangan tartibini, shuningdek to‘lov intizomini buzish
- Budjet va smeta-shtat intizomini buzish
- Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqlarni buzish
- Ish haqini taqiqlangan shakllarda to‘lash
To‘g‘ri javob: Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqlarni buzish. 177²-modda: Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqlarni buzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqlarni buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 175-modda
- 177²-modda
- 175²-modda
- 175⁴-modda
To‘g‘ri javob: 177²-modda. 177²-modda: Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va seleksiya yutug‘iga bo‘lgan huquqlarni buzish.
Ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasiga bo‘lgan huquqlarni buzish ma’muriy jazodan keyin bir yil ichida takror sodir etilsa, mansabdor shaxsga qancha jarima solinadi?
- BHMning o‘n baravaridan yigirma baravarigacha
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha
- BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha. 177²-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra takror holda mansabdor shaxslarga BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha jarima solinadi.
178-moddaning sakkizinchi qismidagi huquqbuzarlik ma’muriy jazodan keyin bir yil ichida takror sodir etilsa, mansabdor shaxsga qancha jarima solinadi?
- BHMning o‘n baravaridan yigirma baravarigacha
- BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha
- BHMning o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha
- BHMning ellik baravaridan yuz baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha. 178-moddaning o‘n birinchi qismiga ko‘ra takror holda mansabdor shaxslarga BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha jarima solinadi.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik uchun fuqaroga qancha jarima solinadi?
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan yigirma baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning bir baravaridan uch baravarigacha. 178-moddaning birinchi qismiga ko‘ra fuqarolarga BHMning bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga uch baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi.
Korxona mansabdori raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining qoidabuzarliklarni tugatish haqidagi ko‘rsatmasini bajarishdan bo‘yin tovladi. Unga qanday jarima solinadi?
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan yigirma baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha. 178-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra mansabdor shaxslarga BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda raqobatni cheklashga qarshi talablar buzilsa, qanday jarima solinadi?
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning bir baravaridan uch baravarigacha. 178-moddaning to‘rtinchi qismiga ko‘ra jarima BHMning bir baravaridan uch baravarigacha.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash