XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 175⁶–177¹-m.

Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (3/4)

Maxsus Qism

175⁶-modda. Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish

Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

175⁷-modda. Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish

Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

175⁸-modda. Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Davlat xaridlari rejalarini, shu jumladan reja-jadvallarini shakllantirish va joylashtirish tartibi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik, shuningdek davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat xaridlarini amalga oshirish chog‘ida maxsus axborot portaliga davlat xaridlari bo‘yicha e’lonlar joylashtirish tartibini, majburiy muhokama o‘tkazish tartibi va muddatlarini hamda davlat xaridi natijalarini joylashtirish muddatlarini buzish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlarga va xarid hujjatlariga qonunchilikda taqiqlangan hamda raqobatni cheklovchi axborotni, havolalar va talablarni kiritish, xarid hujjatlarini tasdiqlash hamda buyurtmalarni shakllantirish tartiblarini buzish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Tovarlarni, ishlarni va xizmatlarni yetkazib beruvchilarni tender o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash talablarini buzish, shuningdek davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni yetkazib beruvchini, ish bajaruvchini va xizmat ko‘rsatuvchini raqobatli xarid usuli vositasida aniqlash belgilangan hollarda, davlat xaridlarini yagona yetkazib beruvchidan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilish, shuningdek kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarning kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlamaganlik, —

175⁸-modda. Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (davomi)

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik haqida davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xabar bermaslik, shuningdek davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda, davlat xaridlari bo‘yicha takliflarni qabul qilmaslik yoki takliflarni taqdim etish muddatlarini davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga zid ravishda qisqartirish, shuningdek takliflar solingan konvertlarni ochish va xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablarini buzish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Davlat xaridi predmetining boshlang‘ich narxi va uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasida yo‘l qo‘yiladigan tafovutning eng ko‘p miqdoriga nisbatan belgilangan talabni buzish, bundan talon-toroj qilish hollari mustasno, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

175⁹-modda. Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish

Hakamlik sudlarini qonunga xilof ravishda tashkil etish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Davlat organlarining, tashkilotlarining va muassasalarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hakamlik bitimi taraflari bo‘lishi, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan qonunga xilof ravishda hakamlik sudi qarorlarining ixtiyoriy ijro etilishi, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

176-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati

Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va yig‘imlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi.

176²-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektning manzili, bank rekvizitlari o‘zgarganligi yoki qayta ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik yoki yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish

Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan pochta manzili (joylashgan yeri), bank rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi yoki o‘zi qayta ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘n kunlik muddat ichida vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoxud yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish—

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

176³-modda. Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish

Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

176⁴-modda. Taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish

Yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yo‘lga chiqarish, —

transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Belgilangan tartibda yagona tanish belgilari bilan to‘liq jihozlangan taksilarning haydovchilari tomonidan mazkur belgilardan qasddan foydalanmaslik yoki ular shikastlanganligiga qaramay yo‘lovchilarni tashish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

177-modda. O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish

O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan tovar belgisiga, xizmat ko‘rsatish belgisiga, geografik ko‘rsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan ogohlantiruvchi tamg‘adan qonunga xilof ravishda foydalanish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

177¹-modda. Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish

Asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining nusxalarida ularning tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari to‘g‘risida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolg‘on axborotni ko‘rsatish, —

asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bilimingizni sinang

Budjet so‘rovi va smetalarini taqdim etish tartibini buzgan mansabdor shaxsga jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
  1. bir baravaridan
  2. uch baravaridan
  3. ikki baravaridan
  4. besh baravaridan

To‘g‘ri javob: bir baravaridan. Qoidaga ko‘ra, bu huquqbuzarlik uchun jarima chegarasi: bir baravaridan.

Budjet so‘rovi va smetalarini taqdim etish tartibini buzgan mansabdor shaxsga solinadigan jarimaning yuqori chegarasi necha baravar?
  1. to‘rt baravarigacha
  2. ikki baravarigacha
  3. bir baravarigacha
  4. uch baravarigacha

To‘g‘ri javob: ikki baravarigacha. Qoidaga ko‘ra, bu huquqbuzarlik uchun jarima chegarasi: ikki baravarigacha.

Budjet so‘rovini, xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini buzgan mansabdor shaxsga qancha jarima solinadi?
  1. BHMning ikki baravaridan uch baravarigacha
  2. BHMning bir baravaridan ikki baravarigacha
  3. BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
  4. BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha

To‘g‘ri javob: BHMning bir baravaridan ikki baravarigacha. 175⁶-moddaga ko‘ra mansabdor shaxslarga BHMning bir baravaridan ikki baravarigacha jarima solinadi.

Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzgan mansabdor shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining necha baravari miqdorida jarima solinadi?
  1. besh baravari
  2. uch baravari
  3. bir baravari
  4. ikki baravari

To‘g‘ri javob: ikki baravari. Qoidaga ko‘ra, bu huquqbuzarlik uchun jarima chegarasi: ikki baravari.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 175⁷-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
  2. Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
  3. Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish
  4. Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish

To‘g‘ri javob: Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish. 175⁷-modda: Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 174¹-modda
  2. 175⁶-modda
  3. 175⁹-modda
  4. 175⁷-modda

To‘g‘ri javob: 175⁷-modda. 175⁷-modda: Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish.

Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzgan mansabdor shaxsga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra qanday jarima solinadi?
  1. BHMning bir baravari miqdorida
  2. BHMning besh baravari miqdorida
  3. BHMning o‘n baravari miqdorida
  4. BHMning ikki baravari miqdorida

To‘g‘ri javob: BHMning ikki baravari miqdorida. 175⁷-moddaga ko‘ra budjet jarayoni ochiqligini ta’minlash tartibini buzgan mansabdor shaxsga BHMning ikki baravari miqdorida jarima solinadi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 175⁸-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish
  2. Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
  3. Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish
  4. Soliq solish obyektlarining hisobini va hisobotini yuritishning belgilangan tartibini, shuningdek to‘lov intizomini buzish

To‘g‘ri javob: Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish. 175⁸-modda: Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSavdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (2/4)Keyingi →Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (4/4)