Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (5/14)
Maxsus Qism
202¹-modda. G‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalarning faoliyatida qatnashishga undash
O‘zbekiston Respublikasida g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
202²-modda. Yolg‘on axborot tarqatish
Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
203-modda. Bayroqlar va vimpellardan g‘ayriqonuniy foydalanish, plakatlar, emblemalar va ramzlarni tayyorlash, tarqatish yoki taqib yurish
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bayroqlar va vimpellardan jamoat joylarida foydalanish, xuddi shuningdek mazmuni davlat va jamoat tartibiga, fuqarolarning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazishga qaratilgan plakatlar, emblemalar va ramzlarni tayyorlash, tarqatish yoki taqib yurish —
mazkur ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy emblemalari va farqlovchi belgilaridan qonunga xilof ravishda foydalanish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
203¹-modda. Davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
204-modda. Favqulodda holat tartibining talablarini buzish
Favqulodda holat tartibining talablarini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
204¹-modda. Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi, fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilik, shuningdek xavfli geologik jarayonlarning oldini olish yuzasidan vakolatli davlat organining ko‘rsatmalari talablarini bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlar sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, shuningdek atrof tabiiy muhitga va odamlar hayotiga tahdid solsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotni yashirish, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki ular haqida atayin soxta axborot taqdim etish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
205-modda. Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish
Favqulodda holat e’lon qilingan joylarda mish-mishlar tarqatish va huquq-tartibotni buzishga undovchi yoki milliy adovatni avj oldiruvchi boshqa harakatlar, fuqarolar va mansabdor shaxslarning o‘z qonuniy huquqlari va burchlarini amalga oshirishlariga faol to‘sqinlik qilish, xuddi shuningdek ichki ishlar organlari xodimining, harbiy xizmatchi yoki jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarayotgan boshqa shaxslarning qonuniy farmoyishi yoki talabiga qasddan bo‘ysunmaslik yoxud jamoat tartibini va fuqarolar osoyishtaligini buzadigan boshqa shunga o‘xshash harakatlar yoki ma’muriy nazorat qoidalarini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘ttiz sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
206-modda. Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish
Ustidan ma’muriy nazorat o‘rnatilgan shaxslarning bunday nazorat qoidalarini buzishi —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
206¹-modda. Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik
Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
207-modda. Voyaga yetmaganni qarovga olish to‘g‘risidagi yozma majburiyatni bajarmaslik
Ota-onalarning, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning, bolalar muassasalari rahbarlarining o‘z qaroviga olgan voyaga yetmaganga nisbatan o‘zlari qabul qilgan yozma majburiyatlarni bajarmasligi —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
G‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlab jarima solinadi?
- ellik baravaridan
- o‘ttiz baravaridan
- oltmish baravaridan
- yetmish baravaridan
To‘g‘ri javob: ellik baravaridan. Kodeks normasi: bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 202¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish
- G‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalarning faoliyatida qatnashishga undash
- Yolg‘on axborot tarqatish
- Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish
To‘g‘ri javob: G‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalarning faoliyatida qatnashishga undash. 202¹-modda: G‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalarning faoliyatida qatnashishga undash.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «G‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalarning faoliyatida qatnashishga undash» qaysi moddada belgilangan?
- 200¹-modda
- 202²-modda
- 202¹-modda
- 205-modda
To‘g‘ri javob: 202¹-modda. 202¹-modda: G‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalarning faoliyatida qatnashishga undash.
Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash uchun qanday javobgarlik belgilangan?
- Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha jarima
- Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha jarima yoki o‘ttiz sutkagacha ma’muriy qamoq
- Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha jarima yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq
- Faqat bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha jarima yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq. 202¹-modda: ellik baravaridan yuz baravarigacha jarima yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq.
Shaxsning qadr-qimmatini kamsituvchi yoki obro‘sizlantiruvchi yolg‘on axborot tarqatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining necha baravari miqdorida jarima solinadi?
- yuz baravari
- oltmish baravari
- o‘ttiz baravari
- ellik baravari
To‘g‘ri javob: ellik baravari. Kodeks normasi: bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborot tarqatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlab jarima solinadi?
- ellik baravaridan
- o‘ttiz baravaridan
- oltmish baravaridan
- yuz baravaridan
To‘g‘ri javob: ellik baravaridan. Kodeks normasi: bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 202²-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Yolg‘on axborot tarqatish
- Ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish
- Ish tashlash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish
To‘g‘ri javob: Yolg‘on axborot tarqatish. 202²-modda: Yolg‘on axborot tarqatish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Yolg‘on axborot tarqatish» qaysi moddada belgilangan?
- 202²-modda
- 202-modda
- 201²-modda
- 205-modda
To‘g‘ri javob: 202²-modda. 202²-modda: Yolg‘on axborot tarqatish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash