Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (4/14)
Maxsus Qism
198⁸-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizimidagi idoralar xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarini bajarmaslik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy boshqarmalari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarini bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
198⁹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hamda uning hududiy bo‘linmalarining ko‘rsatmalarini bajarmaslik
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hamda uning hududiy bo‘linmalarining ko‘rsatmalarini bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
199-modda. Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik
Ichki ishlar organi, yong‘inga qarshi xizmat, tez tibbiy yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
200-modda. O‘zboshimchalik
O‘zboshimchalik, ya’ni o‘zining haqiqiy yoki nazarda tutilgan huquqini fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlariga, davlat manfaatlari yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yoki ziyon keltirmagan holda o‘zboshimchalik bilan amalga oshirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
200¹-modda. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish
Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
200²-modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish
Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qo‘yish munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rni oldindan va to‘liq qoplanmagan holda buzib tashlashga, ularga ko‘p bo‘lmagan miqdorda zarar yetkazilishiga olib kelsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ko‘p bo‘lmagan miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan doiradagi miqdor tushuniladi.
201-modda. Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish
Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
201¹-modda. Qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzishga omma oldida da’vat qilish
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmog‘idan, shuningdek matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida da’vat qilish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
201²-modda. Ish tashlash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Mehnat qonunchiligi bilan ish tashlash taqiqlangan hollarda ish tashlashda ishtirok etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Noqonuniy ish tashlashga rahbarlik qilish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ish tashlashda qatnashishga yoki unda qatnashmaslikka majbur qilish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
202-modda. Ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish
Ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar qatnashchilariga binolar yoki boshqa mulk (aloqa vositalari, ko‘paytiradigan va boshqa xil texnik uskunalar, transport)ni berish yoki shunday tadbirlarni o‘tkazish uchun boshqa sharoitlarni yaratish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining — yetmish baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlab jarima solinadi?
- bir baravaridan
- besh baravaridan
- uch baravaridan
- ikki baravaridan
To‘g‘ri javob: uch baravaridan. Kodeks normasi: fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 198⁸-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizimidagi idoralar xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarini bajarmaslik
- Qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi
- Adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini bajarmaslik
- Notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizimidagi idoralar xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarini bajarmaslik. 198⁸-modda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizimidagi idoralar xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarini bajarmaslik.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizimidagi idoralar xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarini bajarmaslik» qaysi moddada belgilangan?
- 198⁸-modda
- 197²-modda
- 198⁴-modda
- 198¹-modda
To‘g‘ri javob: 198⁸-modda. 198⁸-modda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizimidagi idoralar xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarini bajarmaslik.
Fuqaro «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi xodimining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qildi. Unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra qanday jarima solinadi?
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning uch baravaridan besh baravarigacha. 198⁸-moddaning birinchi qismiga ko‘ra fuqarolarga BHMning uch baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlarining talablarini bajarmaslik ma’muriy jazodan keyin bir yil ichida takror sodir etilsa, mansabdor shaxsga qancha jarima solinadi?
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha
- BHMning o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha. 198⁸-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra takror holda mansabdor shaxslarga BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha jarima solinadi.
Transport nazorati inspeksiyasi ko‘rsatmalarini bajarmagan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining necha baravari miqdorida jarima solinadi?
- ikki baravari
- besh baravari
- uch baravari
- bir baravari
To‘g‘ri javob: ikki baravari. Kodeks normasi: fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Transport nazorati inspeksiyasi ko‘rsatmalarini bajarmagan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining necha baravari miqdorida jarima solinadi?
- uch baravari
- besh baravari
- yetti baravari
- ikki baravari
To‘g‘ri javob: besh baravari. Kodeks normasi: fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Taksi haydovchisi (fuqaro) Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining ko‘rsatmasini bajarmadi. Unga qanday jarima solinadi?
- BHMning ikki baravari miqdorida
- BHMning besh baravari miqdorida
- BHMning yetti baravari miqdorida
- BHMning o‘n baravari miqdorida
To‘g‘ri javob: BHMning ikki baravari miqdorida. 198⁹-moddaning birinchi qismiga ko‘ra fuqarolarga BHMning ikki baravari, mansabdor shaxslarga besh baravari jarima solinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash