Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (7/14)
Maxsus Qism
215¹-modda. Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni taqdim etish tartibini buzish
Korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni mansabdor shaxslar tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organlariga taqdim etmaslik yoki vaqtida taqdim etmaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
215²-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining ko‘rsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan bo‘yin tovlaganlikda yoki o‘z vaqtida bajarmaganlikda, ma’lumotlar bazasiga kirishga ruxsat bermaganlikda va axborot taqdim etmaganlikda, bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etganlikda ifodalangan tarzda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatiga aralashganlik hamda uning mansabdor shaxslariga ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni qonuniy ravishda bajarishiga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir ko‘rsatganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
215³-modda. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida axborot taqdim etish tartibini buzish
Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida qonunchilikka muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish tartibining ko‘rsatilgan axborotni taqdim etmaslikda, o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib ko‘rsatgan holda taqdim etishda ifodalangan buzilishi —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
215⁴-modda. Arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Arxiv hujjatlarini topshirishning, saqlashning, ulardan foydalanishning, xuddi shuningdek arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatishning belgilangan tartibini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
215⁵-modda. Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikning arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda, davlat xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig‘ini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzilishi, bundan ushbu Kodeksning 215⁹-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
215⁶-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki obyektlari, shu jumladan xorijdagi davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik yoki ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlamaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
215⁷-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik (bundan ushbu Kodeksning 175⁷ va 229-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), jumladan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladigan, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga kiritilgan ma’lumotlarni e’lon qilmaganlik yoki to‘liq e’lon qilmaganlik, e’lon qilish muddatlariga va tartibiga rioya etmaganlik yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
215⁸-modda. Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzish
Davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda to‘sqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida noto‘g‘ri ko‘rsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
215⁹-modda. Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni va ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamaslik
Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikning arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish chog‘ida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni va ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamaslikda ifodalangan tarzda buzilishi, shuningdek ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish milliy standartlariga rioya etmaslik, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
216-modda. Kimoshdi savdosi yoki tanlovda qatnashish uchun berilgan talabnomalarni yashirish
Davlat aktivlari xususiylashtirilishi munosabati bilan yopiq tender tarzidagi kimoshdi savdosida yoki tanlovda qatnashish uchun berilgan talabnomalarni yashirish, kimoshdi savdosi, tanlov natijalarini yakunlashda talabnomalarni hisobga olmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati materiallarini to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha davlat organlariga taqdim etmagan mansabdor shaxsga jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
- uch baravaridan
- yetti baravaridan
- ikki baravaridan
- besh baravaridan
To‘g‘ri javob: uch baravaridan. Bunday huquqbuzarlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha belgilangan.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 215¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzish
- Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni taqdim etish tartibini buzish
- Davlat statistik hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish
To‘g‘ri javob: Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni taqdim etish tartibini buzish. 215¹-modda: Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni taqdim etish tartibini buzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni taqdim etish tartibini buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 215-modda
- 215⁷-modda
- 215¹-modda
- 215⁸-modda
To‘g‘ri javob: 215¹-modda. 215¹-modda: Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni taqdim etish tartibini buzish.
Korxona direktori Vohid korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha davlat organiga o‘z vaqtida taqdim etmadi (birinchi marta). Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Vohidga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi
- Vohidga o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanadi
- Vohidga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi
- Vohidga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi
To‘g‘ri javob: Vohidga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi. 215¹-moddaning birinchi qismi: mansabdor shaxsga 3–5 baravar jarima; takror bo‘lsa 5–10 baravar.
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish ma’muriy jazodan keyin qancha muddat ichida yana sodir etilsa, takror hisoblanadi va jarima 5–10 baravarga oshadi?
- Olti oy davomida
- Bir yil davomida
- Ikki yil davomida
- Uch yil davomida
To‘g‘ri javob: Bir yil davomida. 215⁵-moddaning ikkinchi qismi: ma’muriy jazodan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa jarima 5–10 baravar.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan mansabdor shaxslarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
- besh baravaridan
- o‘n baravaridan
- yetti baravaridan
- uch baravaridan
To‘g‘ri javob: besh baravaridan. Hisob palatasi faoliyatiga to‘sqinlik uchun mansabdor shaxslarga besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi.
Hisob palatasining ko‘rsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan mansabdor shaxsga solinadigan jarimaning eng yuqori miqdori bazaviy hisoblash miqdorining necha baravariga teng?
- besh baravarigacha
- o‘n baravarigacha
- o‘n besh baravarigacha
- yetti baravarigacha
To‘g‘ri javob: o‘n baravarigacha. Mansabdor shaxslarga besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 215²-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish
- O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish
- Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzish
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish. 215²-modda: O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash