Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (14/14)
Maxsus Qism
241²-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o‘tkazish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
241³-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
241⁴-modda. Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish
Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik subyektlarini pul mablag‘lari hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog‘liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
241⁵-modda. Litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilikni va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga xilof ravishda joriy etish, —
mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
241⁶-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish
Tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish, —
mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
241⁷-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablag‘lari berishni asossiz ravishda kechiktirish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan o‘zga to‘lovlarni to‘lash uchun pul mablag‘lari berishni bankning mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
241⁸-modda. Tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish
Qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni talab qilib olish, —
mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
241⁹-modda. Pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ularni o‘z vaqtida qaytarmaslik
Tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaslik, oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
241¹⁰-modda. Tadbirkorlik subyektlaridan qonunchilikni buzgan holda hujjatlar talab qilib olish
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ro‘yxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan o‘zga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvarag‘ini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olish, xuddi shuningdek mazkur yagona ro‘yxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish, —
mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishning belgilangan tartibini buzgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlab jarima solinadi?
- oltmish baravaridan
- yigirma baravaridan
- qirq baravaridan
- o‘n baravaridan
To‘g‘ri javob: qirq baravaridan. Tekshirish tartibini buzish yoki qonunga xilof tekshirish uchun mansabdor shaxslarga qirq baravaridan sakson baravarigacha jarima solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 241²-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar)
- Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish
- Litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilikni va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish
To‘g‘ri javob: Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish. 241²-modda: Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 241³-modda
- 242-modda
- 241⁵-modda
- 241²-modda
To‘g‘ri javob: 241²-modda. 241²-modda: Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish.
Nazorat organining mansabdor shaxsi Dilshod qonunga xilof ravishda tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqdi va tekshiruv o‘tkazdi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Dilshod javobgar emas, agar tekshiruv natijasida qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lsa
- Dilshodga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha jarima solinadi
- Dilshodga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha jarima solinadi
- Dilshodga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha jarima solinadi
To‘g‘ri javob: Dilshodga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha jarima solinadi. 241²-modda: faoliyatni qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o‘tkazish mansabdor shaxslarga 40–80 baravar jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 241³-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish
- Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish
- Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar)
- Diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
To‘g‘ri javob: Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish. 241³-modda: Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish» qaysi moddada belgilangan?
- 241⁴-modda
- 240-modda
- 241³-modda
- 242-modda
To‘g‘ri javob: 241³-modda. 241³-modda: Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish.
Davlat organi mansabdor shaxsi tadbirkorlik subyektlarini homiylikka majburan jalb etganda, jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlab solinadi?
- yigirma baravaridan
- o‘n baravaridan
- qirq baravaridan
- o‘n besh baravaridan
To‘g‘ri javob: yigirma baravaridan. Majburiy jalb etish uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 241⁴-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish
- Litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilikni va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish
- Pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ularni o‘z vaqtida qaytarmaslik
To‘g‘ri javob: Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish. 241⁴-modda: Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash