XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 235–241¹-m.

Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (13/14)

Maxsus Qism

235-modda. Harbiy hisobdan o‘tish qoidalarini buzish

Fuqarolarning mudofaa ishlari organlariga chaqiruv uchastkasi qayd hisobidan o‘tish uchun chaqiruv bo‘yicha uzrli sabablarsiz kelmaganligi —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalarini buzishi, shuningdek chaqiruv bo‘yicha mudofaa ishlari organlariga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasligi yoki turar joyi, o‘qish joyi, ish joyi va lavozimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayerda harbiy hisobda turgan bo‘lsa, shu organga o‘z vaqtida ma’lum qilmasligi —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan uchdan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

236-modda. Harbiy hisob hujjatlarini qasddan yaroqsizlantirish yoki ularni beparvolik tufayli yo‘qotish

Harbiy hisob hujjatlarini (harbiy biletni, muqobil xizmat xizmatchisining guvohnomasini hamda chaqiruv uchastkasida qayd etilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani) qasddan yaroqsizlantirish yoki beparvolik bilan saqlash ularning yo‘qolishiga olib kelsa —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

237-modda. Harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash

Muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinishdan yoki xizmatni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida o‘tashdan bo‘yin tovlash —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

238-modda. Muqobil xizmat xizmatchisining o‘z vazifalarini bajarmasligi

Muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxsning o‘z vazifalarini bajarmasligi —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

239-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini buzishi

Nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan diniy tashkilotlar mustasno), shuningdek ularning vakolatxonalari va filiallarining davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyatni amalga oshirishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda ularning chet el fuqaroligi bo‘lgan va fuqaroligi bo‘lmagan xodimlarining, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqaroligi bo‘lgan va fuqaroligi bo‘lmagan xodimlarining biror-bir siyosiy faoliyatda hamda mazkur nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavlarida belgilangan maqsadlari va vazifalariga muvofiq bo‘lmagan boshqa faoliyatda ishtirok etishi, xuddi shuningdek ularning siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar tomonidan o‘tkaziladigan amaliy harakatlar hamda tadbirlarni moliyalashtirishi, bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishi va bunday tashkilotlarni tuzishni qo‘llab-quvvatlashi, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan ramziy belgilarni ishlatishi, —

239-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini buzishi (davomi)

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan siyosiy partiyalar mustasno), ularning vakolatxonalari va filiallari tomonidan tadbirlar o‘tkazish haqida xabardor qilish tartibiga rioya etmaslik yoki qonunchilikda taqiqlangan tadbirlar o‘tkazish, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari o‘tkazayotgan tadbirlarga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ vakilining erkin kirishini rad etish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning roziligisiz pul mablag‘lari va mol-mulk olishi yoxud ushbu manbalardan olingan pul mablag‘laridan va mol-mulkdan foydalanish to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek ushbu manbalar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan loyihaning natijasi to‘g‘risidagi ma’lumotni belgilangan tartibda e’lon qilmasligi, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi, —

239-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini buzishi (davomi)

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

239¹-modda. Jamoat fondining xarajatlarni belgilangan eng yuqori miqdordan oshirib yuborishi va yillik hisobotni e’lon qilmasligi

Jamoat fondining har yilgi ma’muriy xarajatlarining jami summasini, shuningdek fondning vasiylik kengashi hamda taftish komissiyasi a’zolariga haq to‘lash hamda ularning o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilishni qonunchilikda belgilangan miqdordan oshirib yuborishi —

mansabdor shaxslarga xarajatlarning eng yuqori summasidan oshib ketgan miqdordagi pul mablag‘larini musodara qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jamoat fondining mol-mulkdan foydalanganlik to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni e’lon qilmasligi —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

239²-modda. Homiylik to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish

Homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini buzish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xayriya qutisini o‘rnatish va undan foydalanish tartibini buzish, —

fuqarolarga huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Homiylik tashkiloti tomonidan o‘z ta’minoti (shu jumladan faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlari) uchun moliya yilida sarflaydigan moliyaviy mablag‘larning qonunchilikda belgilangan miqdordan oshirib yuborilishi, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

240-modda. Diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Nolegal diniy faoliyat bilan shug‘ullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishi, dindorlar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va o‘smirlarning maxsus yig‘ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo‘lmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi to‘garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o‘tkazish xuddi shuningdek diniy tashkilotning o‘z ustavida nazarda tutilmagan boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullanishi yoki tadbir o‘tkazishi —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

241-modda. Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish

Maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

XVI¹ bob. TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA TO‘SQINLIK QILGANLIK, QONUNGA XILOF RAVISHDA ARALASHGANLIK HAMDA XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN BOSHQA HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK

241¹-modda. Xususiy mulk huquqini buzish

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yo‘li bilan ularga zarar yetkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo‘lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, mulkdorning mulkini olib qo‘yish yoxud uni o‘z mol-mulkiga bo‘lgan huquqidan voz kechishga majburlash, shuningdek tovarlar va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishiga va (yoki) realizatsiya qilinishiga qonunga xilof ravishda aralashish yoxud to‘sqinlik qilish (bundan ushbu Kodeks 178-moddasining to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno), oz miqdordagi talon-toroj alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, —

bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bilimingizni sinang

Chaqiruv uchastkasi qayd hisobidan o‘tish uchun uzrsiz kelmaslik yoki harbiy ro‘yxat qoidalarini buzish takror sodir etilsa, jarimaning eng ko‘p miqdori qancha?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari. Takror sodir etilganda jarima ikkidan bir qismidan bir baravarigacha.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 235-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Jamoat fondining xarajatlarni belgilangan eng yuqori miqdordan oshirib yuborishi va yillik hisobotni e’lon qilmasligi
  2. Muqobil xizmat xizmatchisining o‘z vazifalarini bajarmasligi
  3. Harbiy hisob hujjatlarini qasddan yaroqsizlantirish yoki ularni beparvolik tufayli yo‘qotish
  4. Harbiy hisobdan o‘tish qoidalarini buzish

To‘g‘ri javob: Harbiy hisobdan o‘tish qoidalarini buzish. 235-modda: Harbiy hisobdan o‘tish qoidalarini buzish.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Harbiy hisobdan o‘tish qoidalarini buzish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 236-modda
  2. 238-modda
  3. 239¹-modda
  4. 235-modda

To‘g‘ri javob: 235-modda. 235-modda: Harbiy hisobdan o‘tish qoidalarini buzish.

Fuqaro Ulug‘bek mudofaa ishlari organiga chaqiruv uchastkasi qayd hisobidan o‘tish uchun chaqiruv bo‘yicha uzrli sabablarsiz kelmadi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Ulug‘bekka bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha jarima solinadi
  2. Ulug‘bekka bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi
  3. Ulug‘bekka bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solinadi
  4. Ulug‘bekka o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanadi

To‘g‘ri javob: Ulug‘bekka bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solinadi. 235-moddaning birinchi qismi: uzrli sabablarsiz kelmaslik o‘ndan bir qism miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Chaqiriluvchining turar joyi, o‘qish joyi yoki ish joyidagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni harbiy hisobda turgan organga o‘z vaqtida ma’lum qilmasligi uchun qanday jarima belgilangan?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan uchdan bir qismigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan uchdan bir qismigacha. 235-moddaning ikkinchi qismi: o‘ndan bir qismidan uchdan bir qismigacha jarima; takror sodir etilsa ikkidan bir qismidan bir baravarigacha.

Fuqaro Sherzod o‘z harbiy biletini beparvolik bilan saqlab, uni yo‘qotib qo‘ydi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Sherzodga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi
  2. Sherzodga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha jarima solinadi
  3. Sherzod javobgar emas, chunki yo‘qotish qasddan emas
  4. Sherzodga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi

To‘g‘ri javob: Sherzodga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha jarima solinadi. 236-modda: harbiy hisob hujjatlarini beparvolik bilan saqlab yo‘qotish o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan bo‘yin tovlash uchun shaxslarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qancha?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari. Normada jarimaning quyi chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari etib belgilangan.

Chaqiriluvchi Davron muddatli harbiy xizmatga chaqiruvdan bo‘yin tovladi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Davronga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi
  2. Davronga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi
  3. Davronga o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanadi
  4. Davronga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi

To‘g‘ri javob: Davronga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi. 237-modda: harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash ikki baravaridan besh baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBoshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (12/14)Keyingi →Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (14/14)