Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi (1/5)
Uchinchi Bo‘Lim
245-modda. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ushbu Kodeksning 40, 41, 41¹, 42, 43 (bundan tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno), 44, 45, 46, 46¹, 46²-moddalarida, 47-moddasining ikkinchi — yettinchi qismlarida, 47¹, 47⁴, 47⁵, 47⁶, 47⁷, 47⁸, 49¹, 49⁴, 51², 51³, 51⁴, 51⁵, 51⁶, 51⁷, 51⁸, 51⁹, 51¹⁰, 51¹¹, 52, 56, 56², 56³, 56⁴, 57, 58, 59, 59¹, 59², 59³, 59⁴, 59⁵-moddalarida, 60-moddasining birinchi qismida, 61, 61¹, 61², 62, 64, 64¹, 66, 67, 68²-moddalarida, 70¹-moddasining ikkinchi qismida, 70²-moddasida, 76-moddasida (suv xo‘jaligi obyektlarini shikastlantirish va gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq qismida), 77-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 90¹-moddasida, 91¹-moddasining to‘rtinchi qismida, 92¹, 94, 100-moddalarida, 101 (bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar mustasno), 102, 103, 104, 105, 106-moddalarida, 107-moddasining ikkinchi qismida, 108-moddasining ikkinchi qismida, 110-moddasining birinchi (mansabdor shaxslarga nisbatan) va ikkinchi qismlarida, 111-moddasining ikkinchi qismida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 116¹, 116²-moddalarida, 117-moddasining ikkinchi qismida, 119, 125³-moddalarida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128¹⁰, 131, 132, 133, 133¹, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 140-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 149, 150, 151-moddalarida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 155¹, 155², 155³, 155⁴, 155⁵, 157, 158-moddalarida, 159-moddasining birinchi qismida (bundan ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish hollari mustasno), 160, 160¹, 161 -moddalarida, 164, 165, 165¹, 166, 167, 169, 170, 171, 171¹, 172, 173-moddalarida, 174-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida, 174¹-moddasida, 175-moddasining beshinchi qismida, 175¹, 175², 175³, 175⁴, 175⁵, 175⁶, 175⁷, 175⁸, 175⁹, 176, 176², 177, 177¹, 177², 178, 178¹, 179, 179¹, 179², 179³, 179⁴, 179⁵, 180, 181, 182, 183, 184¹, 184², 184³, 184⁴, 185, 185¹, 185², 185³, 185⁴, 185⁵, 186, 186¹-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 187¹, 188, 188¹, 188³, 188⁴, 189, 189¹, 189², 190, 191, 192¹, 193, 193¹, 193², 193³, 193⁴, 194, 194¹, 195, 195¹, 195², 196, 196¹, 196², 197, 197¹, 197², 197³, 197⁴, 197⁵, 197⁶, 197⁷, 197⁸, 198-moddalarida, 198²-moddasining beshinchi qismida, 198³, 198⁴, 198⁵, 198⁶, 198⁷, 198⁹, 199, 200, 200¹, 200² (bundan tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno), 201, 201¹, 201², 202, 202¹, 202², 203, 203¹, 204, 204¹, 205, 206, 206¹, 207, 208, 209, 209¹, 210, 210¹, 215², 215⁴, 215⁷, 215⁸, 216, 217, 218, 219¹, 220, 220¹-moddalarida, 224¹-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 224²-moddasida, 225-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlarida, 225¹, 226, 227⁴, 227⁸, 227⁹-moddalarida, 227¹³-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 227¹⁴, 227¹⁵-moddalarida, 227¹⁶-moddasining ikkinchi — beshinchi qismlarida, 227¹⁷, 227¹⁸, 227¹⁹, 227²⁰, 227²¹-moddalarida, 227²²-moddasining birinchi qismida, 227²³, 227²⁴, 227²⁵, 227²⁶, 227²⁷-moddalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun qo‘yilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 239¹, 239², 240, 241, 241⁵ (bundan litsenziya berishda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qismi mustasno), 241⁷va 241⁹-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
245-modda. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar (davomi)
Agar huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi boshqa ishlarni ham, xuddi shuningdek sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun o‘zlariga topshirilgan ishlarni ham bevosita ko‘rib chiqadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari va (yoki) boshqa xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ham ko‘rib chiqadi, bundan ushbu Kodeks 50¹, 51¹-moddalarida, 60-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 60¹, 65, 68, 68¹, 85¹-moddalarida, 99-moddasining birinchi — yettinchi, to‘qqizinchi — o‘n birinchi qismlarida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), 99-moddasining sakkizinchi qismida (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga oid qismida), 99-moddasining o‘n ikkinchi qismida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyasiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 163, 163¹-moddalarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 211 va 283-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno
245-modda. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar (davomi)
Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
245¹-modda. Iqtisodiy sudlar
Iqtisodiy sudlar iqtisodiy nizolarni hal etish chog‘ida ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda ushbu Kodeks 175-moddasining to‘rtinchi qismida, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
245²-modda. Adliya organlari
Adliya organlariga ushbu Kodeksning 215⁵-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. Adliya organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti boshlig‘i;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri va uning o‘rinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari.
Ushbu Kodeksning 175⁹, 197⁸, 198³, 198⁴, 239, 239¹-moddalarida, 239²-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, adliya organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
245³-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga ushbu Kodeksning 198¹-moddasida va 198²-moddasining birinchi — to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari haqlidir.
245⁴-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar fuqarolik ishlarining muhokamasi chog‘ida ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
245⁶-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
Ushbu Kodeksning 61-moddasida (budjet tashkilotlarining, budjet mablag‘larini oluvchilarning, davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning mol-mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilishga oid qismida), 175², 175⁷, 175⁸ va 215²-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
245⁷-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 65, 68-moddalarida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga oid qismi), 69-moddasida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning chegara belgilariga oid qismi), 87-moddasida (qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi texnikasiga oid qismi), 89 va 89¹-moddalarida (qishloq va suv xo‘jaligiga oid qismi), 104¹, 104², 112-moddalarida, 125-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 135, 139, 140-moddalarida (qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi texnikasiga oid qismi), 200, 212, 213, 214, 227¹⁴-moddalarida (qishloq xo‘jaligiga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazolarni qo‘llashga Inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining hamda Inspeksiya tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlarining boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari haqlidir.
245⁸-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda uning devoni xodimlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga ushbu Kodeksning 43 (tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari qismida), 200²(tadbirkorlik subyektlarining huquqlari buzilishi qismida), 241¹ — 241⁴, 241⁶, 241⁸, 241¹⁰-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tarzidagi ma’muriy jazolarni qo‘llashga uning o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni bosh inspektorlari haqlidir.
245⁹-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar, shuningdek ularning hududiy bo‘linmalari rahbarlari va o‘rinbosarlari ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
245¹⁰-modda. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Ushbu Kodeksning 193⁴ va 215⁷-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
Bilimingizni sinang
Ma’muriy javobgarlik kodeksining 43-moddasi bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar vakolatidan qaysi hollar mustasno qilingan?
- Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan holatlar
- Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan holatlar
- Tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishi hollari
- Takror sodir etilgan holatlar
To‘g‘ri javob: Tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishi hollari. 245-modda: 43-modda bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno qilingan.
Fuqaro Aziza shaxsning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni Internetda tarqatdi (Kodeksning 202²-moddasi). Bu ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni qaysi organ ko‘rib chiqadi?
- Adliya organlarining mansabdor shaxslari
- Hisob palatasining hududiy mansabdor shaxslari
- Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari
- Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limlari
To‘g‘ri javob: Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari. 245-modda: 202² moddasida nazarda tutilgan ishlarni jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ko‘rib chiqadi.
Sud majlisida huquqbuzar ma’muriy huquqbuzarlik faktini inkor etdi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Ish ko‘rib chiqilmasdan tugatiladi, chunki huquqbuzar faktni inkor etgan holda ma’muriy ish yuritilmaydi
- Ish avtomatik ravishda prokuraturaga yuboriladi, chunki sud inkor qilingan ishlarni o‘zi ko‘rib chiqa olmaydi
- Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi boshqa ishlarni ham bevosita ko‘rib chiqadi
- Ishni faqat adliya organlarining mansabdor shaxslari ko‘radi, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar esa ko‘rmaydi
To‘g‘ri javob: Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi boshqa ishlarni ham bevosita ko‘rib chiqadi. 245-modda: huquqbuzar faktni inkor etsa, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar boshqa ishlarni ham bevosita ko‘rib chiqadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar o‘zlariga topshirilgan ishlar bo‘yicha qaysi masalalarni hal etadi?
- Faqat jarimani undirish masalasini hal etadi, javobgarlikdan ozod qilish yoki jazoni yengillashtirish masalasini esa hal etmaydi
- Faqat huquqbuzarni ogohlantirish va uni ma’muriy javobgarlikka tortish masalalarini, boshqa masalalarni hal etmaydi
- Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish yoki yengilroq jazo qo‘llash masalalarini
- Jinoyat ishini qo‘zg‘atish, ayblov xulosasini tasdiqlash va ma’muriy ishni tergovga qaytarish masalalarini
To‘g‘ri javob: Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish yoki yengilroq jazo qo‘llash masalalarini. 245-modda: sudlar kam ahamiyatlilik sababli javobgarlikdan ozod qilish yoki yengilroq jazo qo‘llash masalalarini hal etadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etdi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Bunday ishlarni faqat iqtisodiy sudlar ko‘radi, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar esa hech qanday holatda ko‘rmaydi
- Bunday ishlarni hech qachon sud ko‘rmaydi, chunki ular faqat ma’muriy organlarda hal etiladi, istisnosiz
- Bunday ishlarni faqat bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar ko‘radi, sudlar esa hech qanday ishtirok etmaydi
- Bunday ishlarni jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ham ko‘rib chiqadi, Kodeksda sanalgan ayrim moddalar bundan mustasno
To‘g‘ri javob: Bunday ishlarni jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ham ko‘rib chiqadi, Kodeksda sanalgan ayrim moddalar bundan mustasno. 245-moddaning ikkinchi qismi: jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tadbirkorlik faoliyati chog‘ida sodir etilgan ishlarni ham ko‘radi, sanab o‘tilgan moddalar mustasno.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudida kim tomonidan ko‘rib chiqiladi?
- Tuman (shahar) sudi raisi
- Tergov sudyasi
- Apellyatsiya sudyasi
- Prokuror
To‘g‘ri javob: Tergov sudyasi. 245-moddaning uchinchi qismi: bunday ishlar tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 245¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari
- Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar
- Mansabdor shaxslarning vakolatlari
- Iqtisodiy sudlar
To‘g‘ri javob: Iqtisodiy sudlar. 245¹-modda: Iqtisodiy sudlar.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Iqtisodiy sudlar» qaysi moddada belgilangan?
- 245¹-modda
- 245¹¹-modda
- 244-modda
- 245⁹-modda
To‘g‘ri javob: 245¹-modda. 245¹-modda: Iqtisodiy sudlar.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash