Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi (2/5)
Uchinchi Bo‘Lim
245¹¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 74-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 75, 76-moddalarida (sun’iy suv obyektlaridan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazolarni qo‘llashga Inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, Inspeksiyaning bo‘lim boshliqlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning bo‘lim boshliqlari haqlidir.
245¹²-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlariga ushbu Kodeksning 47², 48, 51¹-moddalarida, 99-moddasining o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlarida, 198⁸, 215⁹-moddalarida, 241⁵-moddasida (litsenziya berishda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga Ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, Ijtimoiy inspeksiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari haqlidir.
245¹³-modda. Ma’muriy sudlar
Ma’muriy sudlar ma’muriy ishlarning muhokamasi chog‘ida ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
247-modda. Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar
Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmagan shaxslar sodir etgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi, bundan ushbu Kodeksning 194, 194¹, va 196¹-moddalarida nazarda tutilgan ishlar mustasno. Ushbu Kodeksning 61, 116¹, 116², 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135¹, 136, 137, 138, 183, 185, 185¹, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar faqat o‘ziga mazkur huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish kelib tushgan organ (mansabdor shaxs) uni bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalarga ko‘rib chiqish uchun topshirgan hollardagina ushbu komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar voyaga yetmaganlarning ota-onalariga yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga taalluqli bo‘lgan, ushbu Kodeks 47-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ham ko‘rib chiqadi.
248-modda. Ichki ishlar organlari
Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeksning 47-moddasining birinchi qismida, 47³, 54, 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chog‘ida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91²-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 121, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁸, 128⁹, 129, 130, 135, 135¹-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139-moddalarida, 140-moddasining birinchi qismida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147-moddasida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqqanlik, taxta to‘shamali ko‘priklarda chekkanlik uchun), 155³, 155⁴, 155⁵, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188², 192, 204, 205, 221, 223, 223¹, 223³, 224 -moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
248-modda. Ichki ishlar organlari (davomi)
Ichki ishlar organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo qo‘llashga quyidagilar haqli:
- 1) ushbu Kodeksning 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chog‘ida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91²-moddasida, 114-moddasida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 121, 123-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 183, 192, 204, 205, 221, 223, 223¹, 223³, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar bo‘limlarining (boshqarmalarining) boshliqlari yoki boshliq o‘rinbosarlari, shuningdek transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari;
248-modda. Ichki ishlar organlari (davomi)
- 2) ushbu Kodeksning 54, 56¹-moddalarida, 113-moddasi birinchi qismida, 114-moddasi birinchi qismida, 115-moddasida, 121-moddasining ikkinchi qismida, 123, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — metropolitenni muhofaza qilish bo‘yicha ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i yoki boshlig‘i o‘rinbosarlari;
2¹) ushbu Kodeksning 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chog‘ida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91², 161-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188, 188², 192-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentining Davlat organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi qo‘riqlash xizmatlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) huzuridagi qo‘riqlash xizmatlari (bo‘linmalari) boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari;
248-modda. Ichki ishlar organlari (davomi)
- 3) ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — temir yo‘l vokzallari va aeroportlardagi bo‘linmalarning boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari, 223-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 223¹, 223³, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — temir yo‘l vokzallari va aeroportlardagi bo‘linmalarning, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining (bo‘limlarining, boshqarmalarining) boshliqlari hamda boshliq o‘rinbosarlari, shuningdek ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhlarining katta mutaxassislari;
- 4) ushbu Kodeksning 47-moddasi birinchi qismida, 47³, 54, 56¹-moddalarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 123-moddalarida, 127-moddasida (tovush signalini sababsiz berishga doir qismida), 128⁶-moddasida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yo‘llarida sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratganlik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun), 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqqanlik, taxta to‘shamali ko‘priklarda chekkanlik uchun), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 188², 192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 223¹, 223³-moddalarida, 224-moddasining birinchi qismida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — mahalla huquq-tartibot maskanining profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari;
248-modda. Ichki ishlar organlari (davomi)
- 5) ushbu Kodeksning 54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁸, 128⁹, 129, 130, 135, 135¹-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139-moddalarida, 140-moddasining birinchi qismida, 147-moddasida (avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shu jumladan yo‘llarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yo‘l infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzishga taalluqli qoidabuzarliklardan tashqari) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (boshqarmasining) boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, yo‘l-patrul xizmatini hamda ma’muriy amaliyotni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limining boshlig‘i, muhim topshiriqlar bo‘yicha bosh inspektor, inspektor (ma’muriy amaliyot bo‘yicha), ma’muriy amaliyot bo‘linmasining (bo‘limining) boshlig‘i, ma’muriy huquqbuzarliklar materiallarini ko‘rib chiqish bo‘yicha bosh inspektor, katta inspektor (inspektor), yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limining (bo‘linmasining) boshlig‘i, davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining katta inspektori va yo‘l harakati xavfsizligi guruhining ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektori, ular yo‘qligida esa ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari;
248-modda. Ichki ishlar organlari (davomi)
- 6) ushbu Kodeksning 54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁸, 128⁹, 129, 130-moddalarida, 135-moddasining birinchi qismida, 135¹-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmati brigadasi (batalyoni, divizioni, otryadi, safarbar guruhi) komandiri yoki komandirining o‘rinbosari;
- 7) ushbu Kodeksning 54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasida, 128²-moddasining birinchi qismida, 128³, 128⁴, 128⁷, 128⁸, 128⁹-moddalarida, 135-moddasining birinchi qismida, 135¹-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmatining katta inspektori (inspektori) va yo‘l harakati qoidalariga hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar.
- 8) ushbu Kodeksning 54, 56¹-moddalarida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining to‘rtinchi qismida, 114, 115, 128⁶-moddalarida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, patrul-post xizmatini tashkil etish bo‘limining boshlig‘i, muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori, katta inspektori, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi (bo‘lim, bo‘linma) boshliqlari, uning o‘rinbosarlari, patrul-post xizmati saf bo‘linmalari (brigada, batalyon, otryad) komandiri yoki komandirining o‘rinbosari.
248-modda. Ichki ishlar organlari (davomi)
Ushbu modda ikkinchi qismining 2 — 8-bandlarida ko‘rsatilgan ichki ishlar organlari xodimlari ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazoni faqat karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki obyektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan taqdirda, qo‘llashga haqlidir.
Ichki ishlar organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzishga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan mansabdor shaxslardan tashqari quyidagilar haqli:
ushbu Kodeksning 54, 56¹-moddalarida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanishga oid qismida), 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining to‘rtinchi qismida, 114, 115, 128⁶-moddalarida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 187¹-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalarining mansabdor shaxslari;
ushbu Kodeksning 185² va 187-moddalarida (probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari probatsiya xizmatining katta inspektorlari va inspektorlari;
248-modda. Ichki ishlar organlari (davomi)
ushbu Kodeksning 47-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 47⁶, 56², 56³, 56⁴, 59³, 59⁴-moddasida, 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 60¹, 63, 66-moddalarida, 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 79-moddasida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chog‘ida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90, 90¹-moddalarida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹, 91²-moddalarida, 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanishga oid qismida), 101-moddasida (bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar mustasno) va 185¹-moddasida (bundan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar mustasno), 188-moddasida, 239²-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, mahalla huquq-tartibot maskanining profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari;
ushbu Kodeksning 61-moddasida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 90¹-moddasida, 91¹-moddasining to‘rtinchi qismida, 183, 184²,184³, 185-moddalarida, 185¹-moddasida (bundan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar mustasno), 185², 185³, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188¹, 188³, 189, 189¹, 191, 194, 195, 210¹-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash xizmatlarining (bo‘linmalarining) mansabdor shaxslari;
248-modda. Ichki ishlar organlari (davomi)
ushbu Kodeksning 206¹-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari va inspektorlari.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha tuzilgan bayonnoma ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organga (mansabdor shaxsga) ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi.
248¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga ushbu Kodeksning 47-moddasining birinchi qismida, 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chog‘ida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91², 161-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188² va 192-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jamoat tartibini saqlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i, uning o‘rinbosari va bo‘lim boshliqlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari;
248¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Bolalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i, bo‘lim boshliqlari va katta ofitserlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, surishtiruv bo‘limlari boshliqlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Muhim davlat obyektlarini qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Muhim davlat obyektlarini qo‘riqlash boshqarmasi batalyonlari komandirlari va ularning o‘rinbosarlari.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 61-moddasida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 90¹-moddasida, 91¹-moddasining to‘rtinchi qismida, 183, 184², 184³, 185-moddalarida, 185¹-moddasida (bundan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar mustasno), 185², 185³, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188¹, 188³, 189, 189¹, 191, 194¹, 195¹-moddalarida, 196-moddasida (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga taalluqli qismida) va 210¹-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda uni ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan organga (mansabdor shaxsga) ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
248²-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga ushbu Kodeksning 224-moddasida va 224¹-moddasining birinchi qismida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tarzida ma’muriy jazo chorasi qo‘llashga haqli.
249-modda. Davlat yong‘in nazorati organlari
Davlat yong‘in nazorati organlariga ushbu Kodeksning 84, 124, 211-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Davlat yong‘in nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo qo‘llashga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga;
249-modda. Davlat yong‘in nazorati organlari (davomi)
tumanlar (shaharlar), o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi, yong‘in nazorati bo‘yicha katta davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga;
tumanlar (shaharlar), o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi, yong‘in nazorati bo‘yicha davlat inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga.
249¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari
Ushbu Kodeksning 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanishga oid qismida), 119, 132, 133¹ (kichik hajmli kemalarga nisbatan) va 204¹-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
Ushbu Kodeksning 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanishga oid qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining profilaktika inspektorlari tomonidan tuziladi.
Ushbu Kodeksning 119, 132 va 1331-moddalarida (kichik hajmli kemalarga nisbatan) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining boshlig‘i, katta ofitseri va bosh mutaxassisi, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslaridir.
250-modda. Temir yo‘l transporti va metropoliten organlari
Temir yo‘l transporti organlariga ushbu Kodeks 56¹-moddasining birinchi qismida (temir yo‘l transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste’mol qilganlik uchun), 113, 114-moddalarida, shuningdek 53, 121, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (temir yo‘l transportida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Metropoliten organlariga ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar temir yo‘l transporti va metropoliten organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar:
stansiya boshlig‘i va uning o‘rinbosari, vokzal boshlig‘i va uning o‘rinbosari, lokomotiv (vagon) deposining boshlig‘i, yo‘lovchilar poyezdining boshlig‘i (yo‘lovchilar poyezdining mexanik-brigadiri);
yo‘lovchilar poyezdining nazoratchi-taftishchisi, yo‘lovchilar poyezdining taftishchi-yo‘riqchisi, daromadlarni nazorat qilish bo‘yicha taftishchi, yo‘l ustasi, yo‘l distansiyasi boshlig‘i, signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshlig‘i;
harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari, yong‘inning oldini olish bo‘yicha otryad (komanda, o‘t o‘chirish poyezdi) boshlig‘i va uning o‘rinbosari, katta yo‘riqchi va yo‘riqchi, komandaning, o‘t o‘chirish poyezdi komandasining, harbiylashtirilgan qo‘riqlash komandasining (qorovul) boshlig‘i;
250-modda. Temir yo‘l transporti va metropoliten organlari (davomi)
bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari), Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi.
Yo‘lovchilar poyezdining boshlig‘i (yo‘lovchilar poyezdining mexanik-brigadiri), yo‘l ustasi, bo‘linma (qorovul), komandaning, o‘t o‘chirish poyezdining, harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasining (qorovul) boshlig‘i, bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari), Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi soladigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdoridan oshmasligi kerak.
Bilimingizni sinang
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 245¹¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda uning devoni xodimlari
- O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
- O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari
- Adliya organlari
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari. 245¹¹-modda: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari» qaysi moddada belgilangan?
- 245²-modda
- 245⁸-modda
- 245¹⁰-modda
- 245¹¹-modda
To‘g‘ri javob: 245¹¹-modda. 245¹¹-modda: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari.
Sun’iy suv obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzish (Kodeksning 75-moddasi) to‘g‘risidagi ishni Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Inspeksiya nomidan ko‘rib chiqishga va jazo qo‘llashga qaysi shaxslar haqli?
- Faqat vazirlik kotibiyati xodimlari va vazirning maslahatchilari, shuningdek, vazirlikning huquqiy ta’minot bo‘limi mutaxassislari
- Inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, Inspeksiyaning bo‘lim boshliqlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari hamda ularning bo‘lim boshliqlari
- Tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, hokimliklarning suv xo‘jaligi bo‘limlari boshliqlari va mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari
- Faqat Inspeksiya hududiy boshqarmalarining oddiy inspektorlari hamda ularning yordamchilari, texnik xodimlari va haydovchilari
To‘g‘ri javob: Inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, Inspeksiyaning bo‘lim boshliqlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari hamda ularning bo‘lim boshliqlari. 245¹¹-modda: Inspeksiya boshlig‘i va o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning bo‘lim boshliqlari haqli.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 245¹²-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari
- O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
- O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari. 245¹²-modda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari» qaysi moddada belgilangan?
- 245⁷-modda
- 245⁶-modda
- 245¹²-modda
- 245¹⁰-modda
To‘g‘ri javob: 245¹²-modda. 245¹²-modda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari.
Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari nomidan jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga kimlar haqli?
- Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va ularning ijtimoiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari
- Faqat Agentlik direktorining kotibi hamda Agentlik devonining texnik xodimlari va yordamchilari
- Tuman sudyalari, ularning yordamchilari hamda sud majlisi kotiblari va sud ijrochilari
- Ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, hududiy boshqarmalarining boshliqlari
To‘g‘ri javob: Ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, hududiy boshqarmalarining boshliqlari. 245¹²-modda: jarima tariqasidagi jazoni Ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i, o‘rinbosarlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari qo‘llaydi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 245¹³-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ma’muriy sudlar
- Iqtisodiy sudlar
- Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar
- Adliya organlari
To‘g‘ri javob: Ma’muriy sudlar. 245¹³-modda: Ma’muriy sudlar.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy sudlar» qaysi moddada belgilangan?
- 245⁴-modda
- 245¹³-modda
- 245²-modda
- 245¹-modda
To‘g‘ri javob: 245¹³-modda. 245¹³-modda: Ma’muriy sudlar.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash