XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 269–272-m.

Umumiy qoidalar (1/2)

To‘Rtinchi Bo‘Lim

269-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish vazifalari

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish vazifalari: har bir ishning holatini o‘z vaqtida, har tomonlama, to‘la va obyektiv ravishda aniqlab chiqishdan, bu ishni qonunchilikka muvofiq holda hal etishdan, chiqarilgan qarorning ijrosini ta’minlashdan, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlashdan, huquqbuzarliklarning oldini olishdan, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan, qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir.

269¹-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ishni ko‘rib chiqish jarayonida organ (mansabdor shaxs) tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qog‘ozda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida shakllantiriladi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar organga (mansabdor shaxsga) o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli.

Ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, organ (mansabdor shaxs) tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishincha organning majlisida raislik qiluvchining va kotibning yoki ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni elektron shaklda boshqa organga topshirish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi elektron shaklda shakllantirilgan ishlarning qog‘ozdagi ko‘chirma nusxalari bo‘lishi mumkin.

269²-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaatlari

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan murojaat qilishga haqli.

Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat shaklida yuborilishi mumkin.

Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lganda, shuningdek boshqa zarur hollarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi.

269³-modda. Jabrlanuvchining arizasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritish

Ushbu Kodeksning 40, 41, 44, 45, 46, 46¹, 52-moddalarida, 61²-moddasida (bundan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar mustasno), 193³-moddasida hamda 202²-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lganligi, voyaga yetmaganligi, huquqbuzarga qaram bo‘lganligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqlarini va qonuniy manfaatlarini o‘zi himoya qila olmaydigan alohida hollarda vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ham ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni boshlashi shart.

Ushbu Kodeks 61-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan korxonaga, muassasaga, tashkilotga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilganda mazkur korxona, muassasa, tashkilot rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ushbu Kodeksning 61²-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan korxonaga, muassasaga, tashkilotga nisbatan sodir etilganda mazkur korxona, muassasa, tashkilot rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.

270-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibi

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibi ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.

271-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar

Quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim:

4¹) shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilgan bo‘lsa;

8¹) ish yuritish jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra yuritiladigan hollarda uning arizasi mavjud bo‘lmasa, bundan ushbu Kodeks 269³-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;

271-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar (davomi)

10¹) huquqbuzar ushbu Kodeksning 21²-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha jabrlanuvchi bilan yarashgan bo‘lsa;

271-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar (davomi)

11¹) ushbu Kodeks 70¹-moddasining birinchi qismida, 72-moddasining birinchi qismida (suvlarni ifloslantirish, shuningdek suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzishga oid qismida), 79-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida, 85-moddasining birinchi qismida (ifloslantiruvchi moddalarni yo‘l qo‘yiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlashga oid qismida), 85¹-moddasining birinchi qismida, 88-moddasining beshinchi qismida, 91-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar yuridik shaxsning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan hamda bu atrof-muhitga zarar yetkazilishiga yoki atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari hisoblanishiga olib kelgan hollarda, yuridik shaxsga nisbatan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan bo‘lsa;

272-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni fuqarolarning tengligi asosida ko‘rib chiqish

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish barcha fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida va shu ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) oldida tengligi asosida ko‘rib chiqiladi.

Bilimingizni sinang

Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning vazifalaridan qaysi biri to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Faqat huquqbuzarni jazolash va uning shaxsiga nisbatan qasos choralarini ko‘rish
  2. Faqat jarimani davlat byudjetiga undirish va byudjet daromadlarini oshirib borish
  3. Faqat jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zararni undirib berish va uni qoplash
  4. Huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlash

To‘g‘ri javob: Huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlash. 269-moddada vazifalar qatorida sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish ko‘rsatilgan.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 269¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi organlari
  2. Jabrlanuvchining arizasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritish
  3. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar
  4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

To‘g‘ri javob: Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar. 269¹-modda: Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 268²-modda
  2. 269¹-modda
  3. 268⁵-modda
  4. 269³-modda

To‘g‘ri javob: 269¹-modda. 269¹-modda: Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar hujjatlarni organga qanday tasdiqlab taqdim etishga haqli?
  1. Notarial tasdiqlangan qog‘oz nusxa bilan shaxsan kelib, elektron shaklsiz
  2. Faqat shaxsan kelib, qog‘oz shaklda va asl nusxa bilan taqdim etish orqali
  3. O‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda
  4. Faqat pochta orqali buyurtma xat bilan, elektron shaklda emas, yuborish orqali

To‘g‘ri javob: O‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda. 269¹-moddada elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish huquqi berilgan.

Ish elektron shaklda shakllantirilganda sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar bilan nima qilinadi?
  1. Ishga elektron shaklda qo‘shiladi, so‘ng taqdim etgan shaxslarga qaytariladi
  2. Arxivga abadiy saqlash uchun topshiriladi va taqdim etgan shaxsga qaytarilmaydi
  3. Elektron shaklda qo‘shilgach, qog‘oz nusxalar yo‘q qilib tashlanadi
  4. Prokuraturaga ko‘rib chiqish uchun topshiriladi va ishga qo‘shilmaydi

To‘g‘ri javob: Ishga elektron shaklda qo‘shiladi, so‘ng taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. 269¹-moddaga ko‘ra yozma hujjatlar elektron shaklda qo‘shib qo‘yilgach, taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.

Elektron shaklda shakllantirilgan ma’muriy ishlar boshqa organga qanday topshiriladi?
  1. Axborot tizimi orqali
  2. Faqat kuryer orqali
  3. Faqat elektron pochta bilan oddiy xat sifatida
  4. Ishtirokchining o‘zi olib borib topshiradi

To‘g‘ri javob: Axborot tizimi orqali. 269¹-moddada elektron ishlarni boshqa organga topshirish axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Ish holatlari faqat asl nusxalar bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lganda hujjatlarning asl nusxalari qachon taqdim etiladi?
  1. Murojaat qilingan har bir holatda o‘z-o‘zidan taqdim etiladi
  2. Faqat jabrlanuvchining xohishiga ko‘ra taqdim etiladi
  3. Ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs)ning talabi bilan
  4. Faqat sud qarori chiqqandan keyin o‘n kunda taqdim etiladi

To‘g‘ri javob: Ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs)ning talabi bilan. 269²-moddada asl nusxalar ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) talabi bilan taqdim etilishi belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 269³-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar
  2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari
  3. Jabrlanuvchining arizasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritish
  4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

To‘g‘ri javob: Jabrlanuvchining arizasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritish. 269³-modda: Jabrlanuvchining arizasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMa’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi (5/5)Keyingi →Umumiy qoidalar (2/2)