XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 265–268⁵-m.

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi (5/5)

Uchinchi Bo‘Lim

265-modda. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari

Texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ushbu Kodeksning 212, 213-moddalarida, 214-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qismi mustasno) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

Texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima solish tarzidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravarigacha miqdorda;

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha davlat inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda jarima solishga.

266¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlari

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlariga ushbu Kodeksning 60-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 60¹-moddasida, 65-moddasida (yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanishga oid qismida, bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar mustasno), 68-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, suv fondi yerlari mustasno), 68¹-moddasida va 69-moddasida (bundan qishloq xo‘jaligi yerlarining chegara belgilariga oid qismi mustasno) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining tumanlar (shaharlar) bo‘limlari boshliqlari.

266⁴-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 72-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida (ichimlik ehtiyojlari uchun suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzishga oid qismida), 74-moddasida (ichimlik suvi olishning belgilangan limitlarini buzishga doir qismida), 75-moddasida (ichimlik suvi inshootlari orqali chiqarilayotgan ichimlik suvi miqdorining dastlabki hisobini yuritish qoidalarini buzishga oid qismida), 76-moddasida (ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzishga doir qismida), 99-moddasida (bundan yo‘l qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzish, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha loyihaning alohida bo‘limi (qismi) mavjud bo‘lmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lmagan ushbu alohida bo‘lim (qism) bo‘yicha ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish, shaharsozlik hujjatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha loyihaning alohida bo‘limiga (qismiga) amal qilinmagan holda qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan ruxsatnoma berish mustasno), 101-moddasida (ko‘p kvartirali uylarning issiqlik ta’minotiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzishga oid qismida), ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida (ko‘p kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatishga oid qismida), 163, 163¹ va 163²-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

266⁴-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hududiy inspeksiyalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining va uning hududiy inspeksiyalarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

267-modda. Davlat statistika organlari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining raisi va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika bo‘limlarining boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir.

268-modda. Davlat probir nazorati organlari

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi organlariga ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining boshlig‘i asillik darajasining davlat nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqlidir.

268¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 215¹ va 215⁶-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori hamda uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga.

268²-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga ushbu Kodeks 99-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari va bosh reja amalga oshirilishining davlat arxitektura nazorati bo‘linmasi boshlig‘i haqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

268³-modda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari

Ushbu Kodeksning 64 va 198⁵-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

268⁵-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi organlari

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga ushbu Kodeks 107-moddasining birinchi qismida hamda 108-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining bosh direktori hamda uning o‘rinbosarlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari;

tuman (shahar) o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limlarining boshliqlari.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ushbu Kodeks 107-moddasining ikkinchi qismida hamda 108-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

Bilimingizni sinang

Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va o‘rinbosarlari bazaviy hisoblash miqdorining necha baravarigacha jarima sola oladi?
  1. sakson baravarigacha
  2. ellik baravarigacha
  3. yetmish baravarigacha
  4. yuz baravarigacha

To‘g‘ri javob: sakson baravarigacha. Bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari sakson baravarigacha, davlat inspektorlari uch baravarigacha jarima solishga haqli.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohasidagi davlat inspektorlari bazaviy hisoblash miqdorining necha baravarigacha jarima sola oladi?
  1. ikki baravarigacha
  2. besh baravarigacha
  3. uch baravarigacha
  4. bir baravarigacha

To‘g‘ri javob: uch baravarigacha. Mazkur sohadagi davlat inspektorlari bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha jarima solishga haqli.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 265-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi
  2. O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi organlari
  3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari
  4. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari

To‘g‘ri javob: Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari. 265-modda: Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 265-modda
  2. 268⁵-modda
  3. 264¹-modda
  4. 264²-modda

To‘g‘ri javob: 265-modda. 265-modda: Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari ma’muriy ish bo‘yicha qanchagacha jarima solishga haqli?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravarigacha. 265-moddaga ko‘ra Bosh davlat inspektori va o‘rinbosarlari sakson baravarigacha jarima soladi.

Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohasidagi davlat inspektorlari jarimani qanday eng yuqori miqdorda solishi mumkin?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha. 265-moddada davlat inspektorlari uchun uch baravarigacha miqdor belgilangan.

Texnik reglamentlar va standartlar ustidan nazorat organlariga 212, 213 va 214-moddalardagi ishlar taalluqli. 214-moddaning qaysi qismi bundan mustasno?
  1. Metrologiyaga oid qismi
  2. Sertifikatlashtirishga oid qismi
  3. Standartlarning majburiy talablariga oid qismi
  4. Tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qismi

To‘g‘ri javob: Tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qismi. 265-moddada 214-moddaning tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qismi mustasno qilingan.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 266¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlari
  2. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi organlari
  3. Davlat statistika organlari
  4. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlari. 266¹-modda: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlari.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMa’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi (4/5)Keyingi →Umumiy qoidalar (1/2)