Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma
To‘Rtinchi Bo‘Lim
279-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tuziladi.
Ushbu Kodeksning 283-moddasida nazarda tutilgan hollarda bayonnoma tuzilmaydi.
280-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishga vakolati bo‘lgan shaxslar
Buzilishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qoidalarga rioya etilishini tekshirish va (yoki) nazorat qilish qonunchilik bilan zimmasiga yuklatilgan tegishli organning vakolatli mansabdor shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzadi.
281-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaning mazmuni
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomada: shu bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; huquqbuzarning shaxsiga oid ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati, ana shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; agar guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lsa, ularning familiyalari va yashash manzillari; huquqbuzarning tushuntirishi; ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Basharti huquqbuzarlik tufayli moddiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, bu ham bayonnomada ko‘rsatiladi.
Bayonnoma uni tuzgan shaxs va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanadi; guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lgan taqdirda esa — bayonnoma mazkur shaxslar tomonidan ham imzolanadi.
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga bu haqda yozib qo‘yiladi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir.
Bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarga ushbu Kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burchlari tushuntiriladi va bu xususda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
282-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani jo‘natish
Bayonnoma boshqa hujjatlar va ish bo‘yicha dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab uch sutkadan kechiktirmay ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboriladi.
Ish bo‘yicha ekspertiza tayinlangan, yetkazilgan zararni baholash choralari ko‘rilgan, haydovchilik guvohnomasini olganlik to‘g‘risida so‘rovlar jo‘natilgan hollarda bayonnoma ushbu hujjatlar kelib tushgan paytdan e’tiboran uch kun ichida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organga (mansabdor shaxsga) yuboriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
- 1) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasi;
1¹) mavjud bo‘lgan taqdirda — jabrlanuvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;
- 2) ichki ishlar organlarining ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
- 3) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishi;
- 4) jabrlanuvchining, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, agar ular mavjud bo‘lsa;
- 5) ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar;
- 6) ushbu Kodeks 269³-moddasining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha jabrlanuvchining arizasi.
282-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani jo‘natish (davomi)
Ushbu Kodeksning 133 va 134-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
- 1) haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning va ishonchnomaning ko‘chirma nusxasi;
- 2) sug‘urta polisining ko‘chirma nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
- 3) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarilganligi belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki o‘zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ikki xolis ishtirokida tuzilgan dalolatnoma;
- 4) ko‘zdan kechirish dalolatnomasi va hodisa joyining chizmasi, transport vositasining shikastlanishlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va texnika vositalari shikastlanishlarining fotosuratlari;
- 5) avtomototransport vositasiga yetkazilgan zararni baholash dalolatnomasi;
- 6) sudga qadar avtotexnika ekspertizasi tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning xulosasi;
- 7) surishtiruv yakunlariga ko‘ra, manfaatdor shaxslarning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi bayonnoma.
Ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
282-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani jo‘natish (davomi)
- 1) jabrlanuvchining arizasi;
- 2) sudga qadar tibbiy ekspertiza tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning xulosasi;
- 3) jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qaror.
283-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydigan hollar
Agar fuqaro o‘zi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirmasa hamda unga joyning o‘zida solinadigan jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan oshmasa, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydi. Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy bayonnoma, jarima miqdoridan qat’i nazar, tuziladi, bundan ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Jarima to‘laganligi to‘g‘risida aybdorga belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi.
Basharti fuqaro o‘ziga solinadigan jarimaga e’tiroz bildirsa, u holda ushbu Kodeksning 279-moddasiga muvofiq bayonnoma tuziladi.
Transport vositasidan foydalangan holda yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan, shuningdek soliq yoki bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining yoki Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali qayd etilgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydi.
Ushbu Kodeksning 193-moddasida nazarda tutilgan deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlari buzilgan taqdirda, tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘zining arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
283-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydigan hollar (davomi)
Ushbu Kodeksning 197¹-moddasida nazarda tutilgan advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilingan taqdirda, advokat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ushbu Kodeksning 197⁵-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda (ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish), ta’lim tashkilotining pedagog xodimi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
284-modda. Huquqbuzarni ushlab keltirish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish maqsadida, agar bayonnoma tuzish shart bo‘lib, uni joyning o‘zida tuzishning imkoni bo‘lmasa, ichki ishlar organi xodimi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishga vakolatli boshqa shaxs huquqbuzarni ichki ishlar organiga yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga keltirishi mumkin.
Transport vositalaridan foydalanish, harakat tartibi va xavfsizligini saqlash, transportda yuklarni but saqlashni ta’minlash borasidagi qoidalar, transportda yong‘indan saqlash qoidalari, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi kurash-sanitariya qoidalari buzilgan taqdirda huquqbuzar, agar unda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va u haqda zarur ma’lumotlar berishi mumkin bo‘lgan guvohlar bo‘lmasa, vakolatli shaxs tomonidan ichki ishlar organlariga ushlab keltirilishi mumkin.
O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganda bayonnoma tuzish maqsadida, basharti huquqbuzarning shaxsini huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida aniqlash mumkin bo‘lmasa, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash va undan foydalanish ustidan nazorat olib boruvchi organlarning xodimlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning mansabdor shaxslari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari (xodimlari) shunday huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ichki ishlar organlariga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga ushlab keltirishlari mumkin. Huquqbuzar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari, ovchilik jamoatchi inspektorlari, baliqlarni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari va o‘rmonlarning jamoatchi inspektorlari tomonidan ham ushlab keltirilishi mumkin.
284-modda. Huquqbuzarni ushlab keltirish (davomi)
Yuridik shaxslarning qo‘riqlanadigan obyektlariga, boshqa mol-mulkiga tajovuz qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari (xodimlari), ichki ishlar organlari xodimlari yoki harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasi ishchilari va xizmatchilari tomonidan huquqbuzarlikka barham berish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash va huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga, ichki ishlar organlariga yoki harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasining xizmat binosiga ushlab keltirilishi mumkin.
Huquqbuzarni olib kelish iloji boricha qisqa muddatda amalga oshirilishi lozim.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga olib kelingan shaxs bu yerda bir soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas.
Bilimingizni sinang
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 279-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritiladigan til
- Dalillarga baho berish
- Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish
- Dalillar
To‘g‘ri javob: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish. 279-modda: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish» qaysi moddada belgilangan?
- 276-modda
- 279-modda
- 273-modda
- 277-modda
To‘g‘ri javob: 279-modda. 279-modda: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi bayonnomani kim tuzadi?
- Faqat prokuratura xodimi
- Jabrlanuvchining o‘zi
- Ishdagi har qanday guvoh
- Vakolatli mansabdor shaxs
To‘g‘ri javob: Vakolatli mansabdor shaxs. 279-moddaga ko‘ra bayonnoma vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tuziladi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 281-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaning mazmuni
- Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishga vakolati bo‘lgan shaxslar
- Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish chog‘ida qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati
- Dalillar
To‘g‘ri javob: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaning mazmuni. 281-modda: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaning mazmuni.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaning mazmuni» qaysi moddada belgilangan?
- 276-modda
- 275-modda
- 281-modda
- 280-modda
To‘g‘ri javob: 281-modda. 281-modda: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaning mazmuni.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomada guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lsa, ular haqida qanday ma’lumot ko‘rsatiladi?
- Familiyalari va yashash manzillari
- Faqat telefon raqamlari va ismlari
- Ish joyi va oylik maoshi miqdori
- Faqat tug‘ilgan sanalari va yoshi
To‘g‘ri javob: Familiyalari va yashash manzillari. 281-moddaga ko‘ra guvohlar va jabrlanuvchilarning familiyalari va yashash manzillari ko‘rsatiladi.
Bayonnomani kimlar imzolaydi?
- Faqat uni tuzgan shaxs, huquqbuzar va guvohlar imzosi talab etilmaydi
- Uni tuzgan shaxs va huquqbuzar, guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lsa, ular ham
- Faqat huquqbuzarning o‘zi, bayonnomani tuzgan shaxs va guvohlar imzolamaydi
- Faqat guvohlar va jabrlanuvchilar, huquqbuzar va tuzuvchi shaxs imzolamaydi
To‘g‘ri javob: Uni tuzgan shaxs va huquqbuzar, guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lsa, ular ham. 281-moddaga ko‘ra tuzgan shaxs va huquqbuzar, guvoh-jabrlanuvchilar bo‘lsa ular ham imzolaydi.
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortsa, nima qilinadi?
- Bayonnomaga bu haqda yozib qo‘yiladi
- Bayonnoma bekor qilinadi
- Shaxs darhol ushlab turiladi
- Imzosiz bayonnoma yaroqsiz hisoblanadi
To‘g‘ri javob: Bayonnomaga bu haqda yozib qo‘yiladi. 281-moddada bosh tortilganda bayonnomaga bu haqda yozib qo‘yilishi belgilangan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash