Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, ashyolar va transport vositalarini ko‘zdan kechirish, ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish
To‘Rtinchi Bo‘Lim
285-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni ta’minlash choralari
Boshqa ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanib bo‘linganidan keyin ma’muriy huquqbuzarlikni to‘xtatish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash, basharti bayonnoma tuzish zarur bo‘lib, uni huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida tuzish imkoni bo‘lmagan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish, ishlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini ta’minlash va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish maqsadida mazkur shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga, shaxsan ko‘rikdan o‘tkazishga, uning ashyolari, transport vositalarini ko‘zdan kechirishga va ashyo hamda hujjatlarni olib qo‘yishga yo‘l qo‘yiladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan maqsadlarda shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, shaxsan ko‘rikdan o‘tkazish, uning ashyolari, transport vositalarini ko‘zdan kechirish va ashyo hamda hujjatlarini olib qo‘yish tartibi ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligi bilan belgilanadi.
286-modda. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, unda: bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnoma tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; ushlab turilgan shaxs haqidagi ma’lumotlar; uni ushlab turish vaqti, joyi va uning asoslari ko‘rsatiladi.
Bayonnoma uni tuzgan mansabdor shaxs va ushlab turilgan shaxs tomonidan imzolanadi. Ushlab turilgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga shu haqda yozib qo‘yiladi.
Ushlab turilgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, u ushlab turilgan joy haqida uning qarindosh-urug‘lari, advokat, ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyat xabardor qilib qo‘yiladi. Voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgani haqida uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar albatta xabardor qilinadi.
287-modda. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar)
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish bu ishga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan vakolat berib qo‘yilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidangina amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:
- 1) ushbu Kodeksning 47⁴, 47⁵, 51², 51⁸, 51⁹, 54, 56-moddalarida, 56¹-moddasida (jamoat transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste’mol qilganlik uchun), 57, 58-moddalarida, 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 60¹, 61-moddalarida, 61¹-moddasining birinchi qismida, 63, 66, 70¹, 72, 79, 88, 90, 90¹, 91, 91¹, 91², 92, 94, 110, 111, 113, 114, 115, 116, 116¹, 116², 116³, 117-moddalarida, 118-moddasining uchinchi qismida, 121, 123, 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135¹, 136, 137, 138, 142-moddalarida, 144-moddasining uchinchi qismida, 146-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 154-moddasida, 164-moddasining to‘rtinchi qismida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176³-moddasida, 176⁴-moddasining ikkinchi qismida, 183, 184², 184³, 184⁴, 185, 185¹, 185², 185³,186, 187, 188, 188³, 188⁴,189, 189¹, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 202¹, 203, 204, 205, 209, 209¹, 210-moddalarida, 210¹-moddasining birinchi qismida, 218, 220, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 225¹, 228, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan;
287-modda. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) (davomi)
- 2) ushbu Kodeksning 184², 184³, 196¹, 196², 224-moddalarida, 224¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 224²-moddasida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 227²¹-moddasi birinchi qismida, 227²³-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari tomonidan;
- 3) ushbu Kodeksning 61, 198-moddalarida, 210¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — shu qo‘riqlanadigan obyekt joylashgan yerdagi harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasining katta mansabdor shaxsi tomonidan;
- 4) Qurolli Kuchlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining transport vositalarini boshqaruvchi haydovchilar yoki boshqa shaxslar ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135¹, 136, 137, 138 -moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda — harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;
- 5) ushbu Kodeksning 60-moddasida, 69-moddasida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno), 70-moddasining birinchi qismida, 70¹, 77, 79, 81, 82, 83, 84, 90, 90¹, 91, 91¹, 92, 93, 94, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
287-modda. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) (davomi)
- 6) ushbu Kodeksning 90¹, 184², 184³, 185¹, 189, 189¹, 198, 227, 227¹— 227²⁷-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — bojxona organlari xodimlari tomonidan;
- 7) ushbu Kodeksning 194, 204, 205-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — harbiy patrul tomonidan;
- 8) ushbu Kodeksning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud o‘zgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining to‘rtinchi qismida, 165¹-moddasida, 166-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176³-moddasida, 176⁴-moddasining ikkinchi qismida, 186¹, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda davlat soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan;
- 9) ushbu Kodeksning 54, 61, 63, 72, 79, 88, 90, 90¹, 91, 91¹, 91², 184², 184³, 185, 185¹, 185², 185³,186, 187, 188, 188³, 189, 189¹, 191, 192, 194¹, 195¹, 198-moddalarida, 210¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan.
288-modda. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddatlari
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish uch soatdan ortiq davom etishi mumkin emas. Ayrim hollarda alohida zarurat munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishning boshqacha muddatlari belgilanishi mumkin.
Chegara tartibini yoki O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali o‘tish punktlaridagi tartibni buzgan shaxslar bayonnoma tuzish uchun uch soatgacha muddatga ushlab turilishi mumkin, huquqbuzarning shaxsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan hollarda esa — ushlash paytidan boshlab yigirma to‘rt soat ichida prokurorga yozma tarzda ma’lum qilib, uch sutkagacha yoki huquqbuzarda o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, prokurorning sanksiyasi bilan o‘n sutkagacha muddatga ushlab turilishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 54, 56, 57, 58, 61, 90-moddalarida, 164-moddasining to‘rtinchi qismida, 170, 183, 184², 184³, 191, 194, 194¹, 195, 195¹, 201, 204, 205, 206, 210-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud o‘zining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslar huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishi jinoyat ishlari bo‘yicha sud yoki ichki ishlar organi boshlig‘i (boshliq o‘rinbosari) tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar, lekin 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga ushlab turilishi mumkin.
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddati huquqbuzarni bayonnoma tuzish uchun olib kelish paytidan boshlanadi, mast holdagi shaxslar uchun esa — ular hushyor tortgan vaqtdan boshlanadi.
289-modda. Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish
Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish ichki ishlar organlarining, harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalarining, havo transportining, bojxona organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining vakolatli shaxslari, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shunga vakolati bo‘lgan boshqa organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs bilan bir jinsda bo‘lgan shaxslar tomonidan va shu jinsdagi ikkita xolis guvoh ishtirok etgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ashyolarni ko‘zdan kechirib chiqish ichki ishlar organlarining, harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalarining, havo transportining, bojxona organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining, soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining, adliya organlarining (intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishda), O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi organlarining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek tegishli vakolati bo‘lgan organlarning boshqa vakolatli shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
289-modda. Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish (davomi)
Ashyolarni, ov qilish va baliq tutish qurollarini, qo‘lga kiritilgan mahsulotlar va boshqa buyumlarni ko‘zdan kechirish, odatda, shu ashyo va buyumlar kimning mulki yoki egaligida bo‘lsa, o‘sha shaxs ishtirokida amalga oshiriladi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, mazkur ashyolar, buyumlarni mulkdorsiz (egasisiz) ikkita xolis guvoh ishtirokida ham ko‘zdan kechirib chiqilishi mumkin.
Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga yoxud ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish to‘g‘risidagi bayonnomaga tegishincha yozib qo‘yiladi.
Bojxona muassasalarida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish bojxonaga doir qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
290-modda. Ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish hamda xatlash
Huquqbuzarlarni ushlash, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish yoki ashyolarini ko‘zdan kechirish vaqtida aniqlangan huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita huquqbuzarlik ashyosi bo‘lgan ashyo va hujjatlar ushbu Kodeksning 287 va 289-moddalarida nazarda tutilgan organlarning mansabdor shaxslari tomonidan olib qo‘yiladi. Olib qo‘yilgan ashyo va hujjatlar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish ko‘rib bo‘linganidan keyin esa, uni ko‘rib chiqish natijalariga qarab, bu ashyo va hujjatlar belgilangan tartibda musodara qilinadi yoki egasiga qaytarib beriladi yoxud yo‘q qilib yuboriladi, ashyolar haq to‘lab olib qo‘yilgan taqdirda esa — sotib yuboriladi.
Adliya organlari tomonidan ashyolarni ko‘zdan kechirish vaqtida (intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishda) aniqlangan huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita huquqbuzarlik ashyosi bo‘lgan ashyo va hujjatlar xatlanadi.
Olib qo‘yilgan orden, medal, faxriy unvonning ko‘krakka taqiladigan nishoni qonuniy egasiga qaytarib beriladi, basharti, egasi noma’lum bo‘lsa, unda tegishli organga jo‘natiladi.
Bojxona qoidalari yoki soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan taqdirda, basharti huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lmasa, jarima undirilishini ta’minlash maqsadida uning ashyolari (qimmatli buyumlari) olib qo‘yilishi mumkin.
290-modda. Ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish hamda xatlash (davomi)
Ashyo va hujjatlar olib qo‘yilgan taqdirda bu xususda bayonnoma tuziladi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga yoxud buyumlarni ko‘zdan kechirib chiqish yoki ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish haqidagi bayonnomalarga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi.
Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksga muvofiq transport vositasini, kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, huquqbuzardan uning ishi yuzasidan qaror chiqarilgunga qadar transport vositasi, kichik hajmli kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma, ovchilik bileti olib qo‘yiladi va bu haqda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga, shuningdek haydovchilik guvohnomasining taloniga, kema boshqaruvchisi guvohnomasining taloniga tegishlicha yozib qo‘yilib, talonlar transport vositasi haydovchisiga, kema boshqaruvchisiga qaytarib beriladi.
Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, ov qilish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish esa — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Kodeksning 185, 220, 220¹ va 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ichki ishlar organlari xodimlari ish ko‘rib chiqilguniga qadar qurolni va uning o‘q-dorilarini olib qo‘yishga haqli bo‘lib, bu haqda olib qo‘yilayotgan qurolning markasi yoki modeli, kalibri, turkumi va raqami, o‘q-dorilarning miqdori va turi ko‘rsatilgan holda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
290-modda. Ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish hamda xatlash (davomi)
O‘z xizmat burchini bajarish vaqtida huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan uning ashyolarini olib qo‘yish, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirib chiqish juda zarur bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi.
291-modda. Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi
Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish qonunchilik bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:
- a) transport vositalarining haydovchilari ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida), 90¹-moddasida, 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 125¹-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida (bundan 125¹-moddaning ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari orqali aniqlangan hollar mustasno), 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128⁶-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 128¹⁰, 131, 133-moddalarida, 134-moddasida (bundan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno), 135-moddasida (bundan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi, haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida mavjud bo‘lmaganligi hollari mustasno), 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137, 176³-moddalarida, 194-moddasida (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shuningdek qonun hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda — ichki ishlar organlari tomonidan;
291-modda. Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi (davomi)
- b) Qurolli Kuchlarning va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar va boshqa shaxslar yo‘l harakati qoidalarini buzganda — harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;
- v) ushbu Kodeksning 60-moddasida, 70-moddasining birinchi qismida, 70¹, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 90¹, 91, 91¹, 92, 94-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
- g) ushbu Kodeksning 90¹, 198, 227 — 227²⁷-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
- d) ushbu Kodeksning 164, 166, 167, 168, 172, 173, 176, 186¹-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan;
- e) ushbu Kodeksning 196¹, 196², 224-moddalarida, 224¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 224²-moddasida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 227²¹-moddasining birinchi qismida, 227²³-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
291-modda. Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi (davomi)
- j) ushbu Kodeks 210¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan;
- z) ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan.
Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki obyektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan sharoitlarda transport vositalari haydovchilari tomonidan ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda, transport vositalarini ushlab turish ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilguniga qadar amalga oshiriladi.
Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ tomonidan elektron tizimlarda avtomatik tarzda joylashtirilgan ma’lumotga ko‘ra transport vositasi jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi, bundan jarima uchun to‘lov elektron to‘lov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali amalga oshiriladigan hollar mustasno.
291-modda. Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi (davomi)
Qonunchilik buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining transport vositalaridan tashqari) saqlab turish joylariga olib borish, joylashtirish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
292-modda. Transport vositasini boshqarishdan chetlatish, mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tkazish
Transport vositalarini boshqarayotgan mastlik holatida deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lgan shaxs transport vositasini boshqarishdan chetlashtirilishi va mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak.
Mazkur shaxsni tekshirishga yuborish va bu tekshiruvni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
293-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni ta’minlash choralari ustidan shikoyat berish
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish, ashyolarni ko‘zdan kechirish, transport vositalarini ushlab turish va ko‘zdan kechirish, ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish, transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish ustidan manfaatdor shaxs yuqori organga (mansabdor shaxsga), prokurorga yoki sudga shikoyat berishi mumkin.
Bilimingizni sinang
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 285-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani jo‘natish
- Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni ta’minlash choralari
- Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar)
- Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishga vakolati bo‘lgan shaxslar
To‘g‘ri javob: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni ta’minlash choralari. 285-modda: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni ta’minlash choralari.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni ta’minlash choralari» qaysi moddada belgilangan?
- 285-modda
- 280-modda
- 287-modda
- 282-modda
To‘g‘ri javob: 285-modda. 285-modda: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni ta’minlash choralari.
Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga qachon yo‘l qo‘yiladi?
- Har qanday huquqbuzarlik gumon qilinganda, darhol va birinchi navbatda
- Boshqa ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanib bo‘linganidan keyin
- Faqat sud qarori chiqarilgandan keyin, boshqa shartlarsiz va darhol
- Faqat jabrlanuvchining yozma talabiga ko‘ra, boshqa choralarsiz
To‘g‘ri javob: Boshqa ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanib bo‘linganidan keyin. 285-moddaga ko‘ra ushlab turish boshqa ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanib bo‘linganidan keyin mumkin.
Ushlab turilgan shaxsning iltimosiga ko‘ra kimlar uning ushlab turilgan joyi haqida xabardor qilib qo‘yiladi?
- Qarindosh-urug‘lari, advokat, ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyat
- Faqat mahalla raisi va uning yordamchilari, boshqalar xabardor qilinmaydi
- Faqat prokuror va sud, qarindoshlar va ish joyi xabardor qilinmaydi
- Hech kim xabardor qilinmaydi, ushlab turilgan joy sir saqlanadi, istisnosiz
To‘g‘ri javob: Qarindosh-urug‘lari, advokat, ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyat. 286-moddada qarindosh-urug‘lar, advokat, ish yoki o‘qish joyi ma’muriyati xabardor qilinishi belgilangan.
O‘n besh yoshli Sardor ma’muriy huquqbuzarlik gumoni bilan ushlab turildi. Uning ushlab turilgani haqida kim albatta xabardor qilinishi shart?
- Faqat uning o‘qituvchisi, iltimos qilgan taqdirda
- Faqat advokat, ota-onasi esa xabardor qilinmaydi
- Faqat mahalla raisi va uning yordamchilari
- Ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar
To‘g‘ri javob: Ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar. 286-moddaga ko‘ra voyaga yetmagan shaxs ushlab turilsa, ota-onasi albatta xabardor qilinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 287-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari
- Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar)
- Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddatlari
- Transport vositasini boshqarishdan chetlatish, mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tkazish
To‘g‘ri javob: Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar). 287-modda: Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar).
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar)» qaysi moddada belgilangan?
- 287-modda
- 288-modda
- 294-modda
- 292-modda
To‘g‘ri javob: 287-modda. 287-modda: Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar).
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, umumiy qoidaga ko‘ra, qancha vaqtdan ortiq davom etishi mumkin emas?
- olti soatdan
- yigirma to‘rt soatdan
- uch soatdan
- bir soatdan
To‘g‘ri javob: uch soatdan. Qonunda boshqacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish uch soatdan oshmaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash