Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda qatnashuvchi shaxslar (1/2)
To‘Rtinchi Bo‘Lim
294-modda. Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari
Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o‘z iltimosini bayon etishga, ishni ko‘rib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Mazkur shaxsga ishni ko‘rib chiqish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan va undan ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan hollarda, shuningdek ushbu Kodeks 309¹-moddasining birinchi qismida va 309²-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardagina ish uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin.
Basharti sodir etgan huquqbuzarligi uchun ushbu Kodeksda ma’muriy qamoqqa olish, ashyolarini musodara qilish yoki haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish choralarini qo‘llash nazarda tutilgan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish vaqtida ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirok etishi shart. Mazkur shaxs bunday ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, u jinoyat ishlari bo‘yicha sudning ajrimiga binoan ichki ishlar organi tomonidan majburan olib kelinishi mumkin. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni yoki boshqa qimmatliklarni olib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lib, musodara qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish alohida hollarda, agar ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lsa yoki uning turgan joyini aniqlash imkoni bo‘lmasa, bunday shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi.
295-modda. Jabrlanuvchi
Ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxs jabrlanuvchi deb topiladi.
Jabrlanuvchi ishga oid hamma materiallar bilan tanishib chiqishga, ko‘rsatuvlar berishga, dalillar keltirishga, iltimoslar qilishga, ishni ko‘rib chiqish paytida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimon xizmatidan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.
296-modda. Qonuniy vakillar
Voyaga yetmagan yoki o‘zining jismoniy nuqsonlari yoxud ruhiy holatining buzilganligi sababli ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan o‘z huquqini o‘zi amalga oshirolmaydigan — ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning yoki jabrlanuvchining manfaatlarini ular uchun mazkur shaxslarning qonuniy vakillari (ota-onalari, er yoki xotinlari, voyaga yetgan bolalari, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar) ifodalashga haqlidirlar.
Qonuniy vakillar ish materiallari bilan tanishishga va manfaatlarini o‘zlari ifoda etayotgan shaxs nomidan iltimoslar qilishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidirlar.
297-modda. Advokat
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda shu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsni ushlab turish paytidan boshlab advokat qatnashishi mumkin.
Advokat ishga oid materiallar bilan tanishib chiqishga, uni taklif qilgan shaxsning topshirig‘iga binoan va uning nomidan iltimoslar qilishga va ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak.
298-modda. Guvoh
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha aniqlanishi kerak bo‘lgan biron-bir holatdan voqif bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs shu ish yuzasidan guvoh sifatida chaqirilishi mumkin.
Ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan guvoh ko‘rsatilgan vaqtda kelishi, haqqoniy ko‘rsatuvlar berishi, shu ish xususida o‘ziga ma’lum bo‘lgan hamma narsalarni aytib berishi va qo‘yilgan savollarga javob berishi shart.
299-modda. Ekspert
Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Ekspert ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan maxsus bilimlarga zarurat tug‘ilgan hollarda tayinlanadi.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Ekspert: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishning ekspertiza predmetiga oid materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) ruxsati bilan ishni ko‘rib chiqishda hozir bo‘lish, javobgarlikka tortilayotgan shaxsga, jabrlanuvchiga, guvohlarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; ashyoviy, yozma, raqamli dalillarni va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadir.
299-modda. Ekspert (davomi)
Ekspert: o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertizani o‘tkazishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda tartibga rioya qilishi shart.
Bilimingizni sinang
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 294-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish
- Qonuniy vakillar
- Mutaxassis
- Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari
To‘g‘ri javob: Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari. 294-modda: Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari» qaysi moddada belgilangan?
- 294-modda
- 289-modda
- 299²-modda
- 296-modda
To‘g‘ri javob: 294-modda. 294-modda: Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari.
Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs quyidagi huquqlardan qaysi biriga ega?
- Ishni ko‘rib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga
- Ish bo‘yicha guvohlarni o‘zi mustaqil ravishda tayinlash va chaqirishga
- Ishni ko‘rayotgan mansabdor shaxsni o‘zi mustaqil tanlashga va almashtirishga
- Ish bo‘yicha jarima miqdorini o‘zi mustaqil belgilash va tasdiqlashga
To‘g‘ri javob: Ishni ko‘rib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga. 294-moddaga ko‘ra shaxs ish materiallari bilan tanishish, izoh berish, advokat yordamidan foydalanish va shikoyat berish huquqiga ega.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish qaysi hollarda ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin?
- Har doim, agar shaxs ishtirok etishni xohlamasa va buni og‘zaki bildirib qo‘ysa, boshqa shartlarsiz
- Unga ishni ko‘rish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi ma’lum bo‘lsa va kechiktirish iltimosi tushmagan bo‘lsa
- Faqat jabrlanuvchi shaxsning ishtirokisiz ko‘rishni yozma ravishda talab qilgan va uni sud tasdiqlagan taqdirdagina
- Faqat shaxs advokat yollagan bo‘lsa, advokat ishtirok etgan holda va kechiktirish iltimosi tushsa ham
To‘g‘ri javob: Unga ishni ko‘rish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi ma’lum bo‘lsa va kechiktirish iltimosi tushmagan bo‘lsa. 294-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra xabar qilinganlik ma’lum bo‘lib, kechiktirish iltimosi tushmagan hollarda ish shaxs ishtirokisiz ko‘riladi.
Huquqbuzarlik uchun ma’muriy qamoq yoki musodara nazarda tutilgan bo‘lsa, ishni ko‘rishda shaxs ishtiroki qanday?
- Shart
- Faqat jabrlanuvchi tomonidan hal qilinadi
- Faqat advokat ishtirok etadi
- Ixtiyoriy
To‘g‘ri javob: Shart. 294-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra ma’muriy qamoq yoki musodara hollarida shaxsning ishtiroki shart.
Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ma’muriy qamoq nazarda tutilgan ishda qatnashishdan bo‘yin tovlasa, nima qilinishi mumkin?
- Ish tugatiladi, chunki qatnashishdan bo‘yin tovlash ma’muriy javobgarlikni bekor qilish uchun asos bo‘ladi
- U jinoyat ishlari bo‘yicha sudning ajrimiga binoan ichki ishlar organi tomonidan majburan olib kelinishi mumkin
- Shaxs avtomatik ravishda aybdor topiladi va unga eng og‘ir ma’muriy jazo qo‘llaniladi, ish ko‘rilmaydi
- Jarima ikki baravar oshirilib, shaxs ma’muriy qamoq o‘rniga jarimaga tortiladi va majburan keltirilmaydi
To‘g‘ri javob: U jinoyat ishlari bo‘yicha sudning ajrimiga binoan ichki ishlar organi tomonidan majburan olib kelinishi mumkin. 294-moddada bo‘yin tovlaganda jinoyat ishlari bo‘yicha sud ajrimiga binoan majburan olib kelinishi belgilangan.
Bojxona qonunchiligini buzib tovar olib o‘tish bilan bog‘liq musodara qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ish qachon shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin?
- Shaxs ishda ishtirok etishni xohlamasa va buni yozma ravishda bildirgan bo‘lsa, boshqa shartlarsiz
- Shaxs O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lsa yoki turgan joyini aniqlash imkoni bo‘lmasa
- Shaxs advokat yollagan bo‘lsa va advokat uning nomidan ishtirok etsa, shaxsning o‘zisiz
- Bunday ishlar shaxs ishtirokisiz hech qachon ko‘rilmaydi, hatto u chet elda bo‘lsa ham
To‘g‘ri javob: Shaxs O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lsa yoki turgan joyini aniqlash imkoni bo‘lmasa. 294-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra alohida hollarda shaxs hududdan tashqarida yoki joyi noma’lum bo‘lsa, ish uning ishtirokisiz ko‘riladi.
Ma’muriy qamoq nazarda tutilgan ishda javobgarlikka tortilayotgan shaxs Sherzod ishni ko‘rishga kelmayapti. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Ish tugatiladi, chunki qatnashishdan bo‘yin tovlash ma’muriy javobgarlikni bekor qilish uchun asos bo‘ladi
- Ish albatta uning ishtirokisiz ko‘riladi va qaror chiqariladi, shaxsni majburan olib kelish mumkin emas
- U jinoyat ishlari bo‘yicha sudning ajrimiga binoan ichki ishlar organi tomonidan majburan olib kelinishi mumkin
- Jabrlanuvchi uning o‘rniga qatnashadi va ish jabrlanuvchining ishtirokida ko‘rib chiqilib, qaror chiqariladi
To‘g‘ri javob: U jinoyat ishlari bo‘yicha sudning ajrimiga binoan ichki ishlar organi tomonidan majburan olib kelinishi mumkin. 294-moddaga ko‘ra qamoq nazarda tutilgan ishda ishtirok shart, bo‘yin tovlasa majburan olib kelinishi mumkin.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash