XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 303–309-m.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish (1/3)

To‘Rtinchi Bo‘Lim

303-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlanish

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs):

303¹-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallarini qaytarish

Ma’muriy ish mazkur organga (mansabdor shaxsga) taalluqli bo‘lmagan (sudloviga tegishli bo‘lmagan) yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari ushbu Kodeksning 281 va 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda yuborilgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytariladi.

304-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish joyi

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish shu huquqbuzarlik sodir etilgan joyda ko‘rib chiqiladi.

Ushbu Kodeksning 113-moddasining beshinchi qismida, 119, 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135¹, 136, 139, 140-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar transport vositalari ro‘yxatga olingan joyda ko‘rib chiqilishi ham mumkin.

Ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar shunday huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki huquqbuzarning istiqomat joyida ko‘rib chiqiladi.

Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni huquqbuzarning istiqomat joyida ko‘rib chiqadilar.

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish boshqa joyda ko‘rib chiqilishi ham nazarda tutilishi mumkin.

305-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish muddatlari

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish mazkur ishni ko‘rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi.

Ushbu Kodeksning 51², 51³, 51⁴, 51⁵, 51⁶, 51⁷, 51⁸, 51⁹, 170, 180, 181, 183, 187, 194, 194¹, 196¹-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bir sutka mobaynida ko‘rib chiqiladi, ushbu Kodeksning 47-moddasida, 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 197⁵, 197⁷, 201, 201², 202, 203, 204, 205-moddalarida nazarda tutilgan ishlar — uch sutka ichida, ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan ishlar esa — besh sutka ichida ko‘rib chiqiladi.

Ushbu Kodeksning 56, 57, 58-moddalarida, 61¹-moddasi birinchi qismida, 94, 165¹, 184², 184³, 189, 189¹, 201, 202¹-moddalarida, 224¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar, ular chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilganda, bir sutka mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Ushbu Kodeks 271-moddasining 11-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ish ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishning boshqa materiallari ishni ko‘rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.

306-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish tartibi

Ishni ko‘rib chiqish shu ishni ko‘ruvchi organning tarkibini e’lon qilish yoki mansabdor shaxsni tanishtirishdan boshlanadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni sudda ko‘rib chiqish chog‘ida sudning tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin.

Ishni ko‘rib chiquvchi organning majlisida raislik qiluvchi yoki ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs qanday ish ko‘rib chiqilishi lozimligini, ma’muriy javobgarlikka kim tortilayotganligini e’lon qiladi, ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarga ularning huquqlari va vazifalarini tushuntiradi, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani o‘qib eshittiradi. Majlisda ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarning so‘zlari eshitiladi, keltirilgan dalillar o‘rganiladi va tushgan iltimoslar hal etiladi. Ishni ko‘rib chiqishda prokuror qatnashgan taqdirda uning xulosasi o‘qib eshittiriladi.

307-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish vaqtida aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs): ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganligini, huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyni, mazkur shaxs uni sodir etishda aybdor-aybdor emasligini, uning ma’muriy javobgarlikka tortilish-tortilmasligini, javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar bor-yo‘qligini, mulkiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligini, shuningdek ishni to‘g‘ri hal etishda ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashi shart.

308-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bayonnomasi

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish paytida tegishli organ bayonnoma yuritadi. Unda:

Sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan taqdirda, sud majlisining bayonnomasiga faqat ushbu modda birinchi qismining 1 — 4, 6-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlarining, guvohlar ko‘rsatuvlarining, ekspertlar o‘z xulosalari yuzasidan bergan og‘zaki tushuntirishlarining, muzokaralarning hamda prokuror fikrlarining boshlangan va tugagan vaqti ko‘rsatiladi, shuningdek sud majlisini yozib olishning texnik vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi.

Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisining bayonnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari:

308-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bayonnomasi (davomi)

sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi;

sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sudning nomi haqidagi;

ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari to‘g‘risidagi;

sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sudning va ishni ko‘rib chiqayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha xodimlari haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak.

Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning, jabrlanuvchining va o‘zga manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishning mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilishi qanday borayotganligi ushbu moddaning birinchi qismi talablariga muvofiq ravishda yuritiluvchi bayonnomada aks ettiriladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bayonnomasi tegishincha organ majlisidagi raislik qiluvchi va kotib tomonidan yoki ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi.

O‘ziga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ o‘z hisobidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi bayonnomaning ko‘chirma nusxasini, shuningdek sud majlisining audio- yoki videoyozuvini olishga haqli.

308¹-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi masalani hal etish tartibi

Agar organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotganda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi to‘g‘risida yoki ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qo‘llash uchun asoslar borligi haqida xulosaga kelsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnoma bilan sudga yuboriladi.

Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomada shaxsning ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishi yoki unga nisbatan yengilroq ma’muriy jazo chorasi qo‘llash kerakligining sabablari va asoslari bayon etiladi.

Sud huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomani ko‘rib chiqib, ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan qarorlardan birini chiqaradi.

Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnoma ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch sutka ichida ushbu Kodeksning 303, 304, 306—309-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya etilgan holda ko‘rib chiqiladi.

309-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror

Organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib, shu ish yuzasidan qaror chiqaradi.

Qarorda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: qaror chiqargan organning (mansabdor shaxsning) nomi; sud ishining raqami; ish ko‘rib chiqilgan sana; ishi ko‘rib chiqilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan huquqbuzar jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; ishni ko‘rib chiqish chog‘ida aniqlangan holatlarning bayoni; mazkur ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; ish yuzasidan qabul qilingan qaror; mavjud bo‘lgan taqdirda — jabrlanuvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami, shuningdek qaror ustidan shikoyat berish muddati va tartibi.

Ushbu Kodeksning 308¹-moddasida nazarda tutilgan hollarda qarorda huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi to‘xtam ham ko‘rsatilishi kerak

Basharti ma’muriy huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeks 242-moddasining 1 va 3-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ma’muriy jazoni qo‘llanish to‘g‘risidagi masalani hal qilish paytida aybdordan yetkazilgan mulkiy zararni undirib olish masalasi ham hal etiladigan bo‘lsa, ish yuzasidan chiqarilgan qarorda undirib olinishi lozim bo‘lgan shu zararning miqdori, uni undirib olish muddati va tartibi ko‘rsatiladi.

309-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror (davomi)

Ish yuzasidan chiqarilgan qarorda olib qo‘yilgan ashyolar va hujjatlar, shuningdek ushlab turilgan transport vositalari to‘g‘risidagi masala ham hal etilgan bo‘lishi lozim.

Qaror majlisda ishtirok etayotgan kollegial organ a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror mansabdor shaxs tomonidan, organning qarori — majlisda raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida chiqarilishi va ijro etish uchun yuborilishi mumkin.

Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda jazo qo‘llanilganligi to‘g‘risida ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomaga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi.

Bilimingizni sinang

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 303-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallarini qaytarish
  2. Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarning qoplanishi lozim bo‘lgan xarajatlari
  3. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlanish
  4. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda jarima solish to‘g‘risidagi qaror

To‘g‘ri javob: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlanish. 303-modda: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlanish.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlanish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 303-modda
  2. 303¹-modda
  3. 301-modda
  4. 309¹-modda

To‘g‘ri javob: 303-modda. 303-modda: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlanish.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalardan qaysi birini hal etadi?
  1. Jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni undirish miqdorini aniq belgilashni
  2. Ishni ko‘rib chiqish o‘zining vakolat doirasiga kirish-kirmasligini
  3. Huquqbuzarning mol-mulkiga xat qo‘yish va uni musodara qilish tartibini
  4. Huquqbuzarga qanday jazo turi va miqdori tayinlanishini oldindan belgilashni

To‘g‘ri javob: Ishni ko‘rib chiqish o‘zining vakolat doirasiga kirish-kirmasligini. 303-moddaga ko‘ra tayyorlashda, jumladan, ish o‘zining vakolatiga kirish-kirmasligi hal etiladi.

Ish materiallari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzgan organga qaytariladigan hollardan biri qaysi?
  1. Huquqbuzar bayonnoma tuzilgan paytda o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lmagan bo‘lsa
  2. Jabrlanuvchi ishni boshqa organda ko‘rishni so‘rab yozma ariza bergan bo‘lsa
  3. Materiallar 281 va 282-moddalardagi talablar buzilgan holda yuborilgan bo‘lsa
  4. Guvohlar chaqirilganda belgilangan muddatda ishni ko‘rishga kelmagan bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Materiallar 281 va 282-moddalardagi talablar buzilgan holda yuborilgan bo‘lsa. 303¹-moddaga ko‘ra ish taalluqli bo‘lmasa yoki 281 va 282-moddalar talablari buzilgan bo‘lsa, materiallar qaytariladi.

Sud 281 va 282-moddalar talablari buzilgan holda yuborilgan ish materiallarini oldi. U nima qiladi?
  1. Materiallarni bayonnomani tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytaradi
  2. Materiallarni tegishli prokuraturaga qo‘shimcha tekshiruv uchun yuboradi
  3. Kamchiliklarni o‘zi to‘ldirib, ishni mohiyati bo‘yicha ko‘rib chiqadi
  4. Ishni yuritishni tugatadi va barcha materiallarni arxivga topshirib yuboradi

To‘g‘ri javob: Materiallarni bayonnomani tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytaradi. 303¹-moddaga ko‘ra bunday materiallar bayonnomani tuzgan organga qaytariladi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 304-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish joyi
  2. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
  3. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bayonnomasi
  4. Mutaxassis

To‘g‘ri javob: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish joyi. 304-modda: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish joyi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish umumiy qoidaga ko‘ra qayerda ko‘rib chiqiladi?
  1. Huquqbuzarning ro‘yxatdan o‘tgan joyida
  2. Shu huquqbuzarlik sodir etilgan joyda
  3. Jabrlanuvchining yashash joyida
  4. Prokuratura joylashgan joyda

To‘g‘ri javob: Shu huquqbuzarlik sodir etilgan joyda. 304-moddaga ko‘ra ish huquqbuzarlik sodir etilgan joyda ko‘rib chiqiladi.

Voyaga yetmagan Davron huquqbuzarlik sodir etdi. Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya uning ishini qayerda ko‘rib chiqadi?
  1. Prokuratura binosida
  2. Huquqbuzarlik sodir etilgan joyda faqat
  3. Huquqbuzarning istiqomat joyida
  4. Viloyat markazida

To‘g‘ri javob: Huquqbuzarning istiqomat joyida. 304-moddaga ko‘ra bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar ishni huquqbuzarning istiqomat joyida ko‘radi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMa’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda qatnashuvchi shaxslar (2/2)Keyingi →Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish (2/3)