XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 309¹–313²-m.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish (2/3)

To‘Rtinchi Bo‘Lim

309¹-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda jarima solish to‘g‘risidagi qaror

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi bo‘yicha jarima solish to‘g‘risidagi qaror ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.

Jarima solish to‘g‘risidagi qaror maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qog‘ozdagi hujjatga aylantirish yo‘li bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida buyurtma pochta jo‘natmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi.

Jarima solish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joy; uni chiqargan organning nomi, shaxsning lavozimi va familiyasi; ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy va holatlar ushbu Kodeks Maxsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, moddasining qismi ko‘rsatilgan holda; maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan transport vositasining huquqbuzarlik sodir etilgan paytdagi davlat raqam belgisi bilan tushirilgan tasviri; qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani to‘lash tartibi va muddatlari, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish to‘g‘risidagi qaror xususida shikoyat berishning protsessual tartibi.

309²-modda. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilganligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan hollarda jarima solish to‘g‘risidagi qaror

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlari bo‘yicha jarima solish haqidagi qaror ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.

Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida huquqbuzarga elektron shaklda yuboriladi yoki qog‘oz shaklida topshiriladi yoxud pochta orqali topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat bilan yuboriladi.

Jarima solish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joy; uni chiqargan organning nomi, shaxsning lavozimi va familiyasi; ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan) vaqt, joy va holatlar, ushbu Kodeks Maxsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi ushbu moddaning qismi ko‘rsatilgan holda; qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani to‘lash tartibi va muddatlari, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat berishning protsessual tartibi.

309³-modda. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.

Jarima solish to‘g‘risidagi qaror soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini qo‘llash orqali olingan materiallar ilova qilingan holda mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida soliq to‘lovchining (huquqbuzarning) shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: qarorning raqami; qaror chiqarilgan sana va joy; qarorni chiqargan organning nomi, mansabdor shaxsning lavozimi hamda familiyasi, ismi, otasining ismi; soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami; ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy va huquqbuzarlikning tavsifi; ushbu Kodeks Maxsus qismining sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi; tayinlangan jarima va uni to‘lash tartibi; jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi.

310-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning turlari

Organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

Ishni yuritishni tugatish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda chiqariladi.

Sud tomonidan ishni yuritishni tugatish to‘g‘risidagi qaror ogohlantirish e’lon qilinganda ham chiqariladi.

311-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni e’lon qilish va uning nusxasini berish

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ishni ko‘rib chiqish tugashi bilanoq darhol e’lon qilinadi va u chiqarilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Qarorning nusxasi uch kun ichida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxsga, shuningdek o‘zining iltimosiga ko‘ra jabrlanuvchiga topshiriladi yoki jo‘natiladi.

Qarorning nusxasi tilxat bilan beriladi, basharti qarorning nusxasi jo‘natilsa, bu haqda ishga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi.

Xizmat qurolidan va uning o‘q-dorilaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga hamda maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning xodimlariga nisbatan ushbu Kodeksning 185-moddasida, 220-moddasi uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi qismlarida, 221-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorning ko‘chirma nusxasi tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga ma’lumot uchun, ichki ishlar organiga esa ushbu shaxsning quroldan foydalanishini taqiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

312-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni korxona, muassasa, tashkilot va mansabdor shaxslar e’tiboriga yetkazish

Ushbu Kodeksning 61, 131, 140, 183, 187, 233, 237-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanish haqida chiqarilgan qarorni shu huquqbuzar ishlab yoki o‘qib turgan joydagi ma’muriyat e’tiboriga yetkazadi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) qabul qilingan qaror to‘g‘risida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan mansabdor shaxsning e’tiboriga yetkazadi.

313-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnoma

Ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda bu sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risidagi taqdimnomani tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga kiritadi. Rahbar taqdim kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida uni kiritgan organga (mansabdor shaxsga) ko‘rilgan choralar haqida ma’lum qilishi shart.

XXIII¹ bob. YARASHUV TO‘G‘RISIDAGI ISHLAR BO‘YICHA ISH YURITISH

313¹-modda. Yarashilganligi munosabati bilan ko‘rib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar

Yarashilganligi munosabati bilan ushbu Kodeksning 21²-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilishi mumkin.

313²-modda. Yarashuv to‘g‘risidagi ariza

Jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv to‘g‘risidagi arizani ish vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ko‘rib chiqilishi vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkin.

Arizada yetkazilgan zarar bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ish yuritilishini tugatish to‘g‘risidagi iltimos ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Agar yarashuv haqidagi ariza ish birinchi instansiya sudida sud muhokamasidan o‘tkazilayotganda berilgan bo‘lsa, sud uni darhol ko‘rib chiqishga kirishadi.

Agar ish bo‘yicha bir necha jabrlanuvchi bo‘lsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv to‘g‘risidagi ishni yuritish mumkin.

Arizani qabul qilish chog‘ida vakolatli organ (mansabdor shaxs) va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish bo‘yicha ish yuritishni qayta tiklash haqida iltimosnoma berish huquqini yo‘qotishini tushuntirishi shart.

Bilimingizni sinang

Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidasi buzilishi bo‘yicha jarima qarorining nusxasi qaror chiqarilgandan keyin necha kun ichida huquqbuzarga pochta orqali yuboriladi?
  1. uch kun
  2. o‘n kun
  3. bir kun
  4. besh kun

To‘g‘ri javob: uch kun. Qarorning ko‘chirma nusxasi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida buyurtma pochta jo‘natmasi tarzida yuboriladi.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video vositalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi bo‘yicha jarima solish to‘g‘risidagi qaror kimning ishtirokida chiqariladi?
  1. Huquqbuzarning shaxsan ishtirokida
  2. Guvohlar ishtirokida
  3. Prokuror ishtirokida
  4. Huquqbuzarning ishtirokisiz

To‘g‘ri javob: Huquqbuzarning ishtirokisiz. 309¹-moddaga ko‘ra bunday qaror huquqbuzarning ishtirokisiz chiqariladi.

Foto va video vositalar orqali olingan jarima haqidagi qarorning qog‘ozdagi ko‘chirma nusxasi qaror chiqarilgan kundan boshlab qancha muddat ichida va qanday yuboriladi?
  1. Besh kun ichida oddiy xat tarzida pochta orqali
  2. Bir oy ichida elektron pochta manziliga yuboriladi
  3. Uch kun ichida buyurtma pochta jo‘natmasi tarzida
  4. O‘n kun ichida shaxsan qo‘lga topshirish tarzida

To‘g‘ri javob: Uch kun ichida buyurtma pochta jo‘natmasi tarzida. 309¹-moddaga ko‘ra ko‘chirma nusxa uch kun ichida buyurtma pochta jo‘natmasi tarzida yuboriladi.

Foto va video vositalar orqali olingan jarima solish haqidagi qarorda transport vositasi haqida qanday ma’lumot ko‘rsatilishi lozim?
  1. Transport vositasining markasi, rangi va ishlab chiqarilgan yili
  2. Egasining ism-sharifi, yashash manzili va haydovchilik guvohnomasi raqami
  3. Huquqbuzarlik paytidagi davlat raqam belgisi bilan tushirilgan tasviri
  4. Texnik ko‘rikdan o‘tganlik sanasi va sug‘urta polisi raqami haqida

To‘g‘ri javob: Huquqbuzarlik paytidagi davlat raqam belgisi bilan tushirilgan tasviri. 309¹-moddada transport vositasining davlat raqam belgisi bilan tushirilgan tasviri ko‘rsatilishi shart.

Bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan buzilish bo‘yicha jarima solish haqidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran necha kun ichida huquqbuzarga yuboriladi yoki topshiriladi?
  1. yetti kun
  2. uch kun
  3. o‘n kun
  4. besh kun

To‘g‘ri javob: uch kun. Bojxona tizimi orqali chiqarilgan jarima qarori uch kun ichida elektron, qog‘oz yoki buyurtma xat shaklida huquqbuzarga yetkaziladi.

Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilganda jarima haqidagi qaror huquqbuzarga qaysi muddatda yuboriladi?
  1. Qaror chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida
  2. Qaror chiqarilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida
  3. Qaror chiqarilgan kundan e’tiboran bir sutka ichida
  4. Qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida

To‘g‘ri javob: Qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida. 309²-moddaga ko‘ra qaror uch kun ichida elektron shaklda yuboriladi yoki qog‘ozda topshiriladi, yoxud buyurtma xat bilan jo‘natiladi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 309³-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror
  2. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror
  3. Yarashuv to‘g‘risidagi ariza
  4. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni korxona, muassasa, tashkilot va mansabdor shaxslar e’tiboriga yetkazish

To‘g‘ri javob: Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror. 309³-modda: Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror» qaysi moddada belgilangan?
  1. 309-modda
  2. 312-modda
  3. 309³-modda
  4. 313²-modda

To‘g‘ri javob: 309³-modda. 309³-modda: Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMa’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish (1/3)Keyingi →Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish (3/3)