XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 340–344-m.

Maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish bo‘yicha ish yuritish

Beshinchi Bo‘Lim

340-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlar

Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksning 248-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.

Kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeks 249¹-moddasining beshinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.

Kema haydovchilarini kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeks 254¹-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksning 261-moddasi ikkinchi qismida aytib o‘tilgan ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.

341-modda. Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi

Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror haydovchilik guvohnomasini, shuningdek uning talonini olib qo‘yish yo‘li bilan ijro etiladi.

Basharti haydovchi yoki kema haydovchisi transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning ayrim turlarini boshqarish huquqidangina mahrum etilgan bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasiga va uning taloniga transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning qaysi turlarini boshqarish huquqidan mahrum etilganligi yozib qo‘yiladi.

Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo‘yish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo‘yish tartibi esa — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.

342-modda. Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi

Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ovchilik biletini olib qo‘yish yo‘li bilan ijro etiladi.

Ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs ovchilik biletini topshirishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar ovchilik biletini belgilangan tartibda olib qo‘yadilar.

343-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini qisqartirishning asoslari va tartibi

Muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs mehnatga halol munosabatda bo‘lishi va namunali xulq-atvori bilan o‘zini ko‘rsatgan taqdirda, unga nisbatan jazo qo‘llagan jinoyat ishlari bo‘yicha sud bunday huquqdan mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi o‘tgach va sud tomonidan tayinlangan jarima to‘langach, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining iltimosi bilan qisqartirishi mumkin.

344-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini hisoblash

Transport vositalarini haydovchilar va ov qilish qoidalarini buzgan shaxslar maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab shunday huquqdan mahrum etilgan deb hisoblanadilar.

Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati o‘tgach, shuningdek bu muddat ushbu Kodeksning 343-moddasiga muvofiq qisqartirilgan taqdirda, shunday ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsga undan olib qo‘yilgan hujjatlar belgilangan tartibda qaytarib beriladi.

Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchi haydovchilik guvohnomasini topshirishdan bosh tortgan taqdirda, bu huquqdan mahrum etish muddati guvohnoma olib qo‘yilgan kundan boshlab, lekin qaror chiqargan organ belgilagan mahrum etish muddati tugashidan kechiktirmasdan hisoblanadi.

Bilimingizni sinang

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 340-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlar
  2. Joyning o‘zida undirib olinadigan jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish
  3. Musodara qilingan narsani sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi
  4. Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini qisqartirishning asoslari va tartibi

To‘g‘ri javob: Maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlar. 340-modda: Maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlar.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 343-modda
  2. 338-modda
  3. 334-modda
  4. 340-modda

To‘g‘ri javob: 340-modda. 340-modda: Maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlar.

Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror kim tomonidan ijro etiladi?
  1. Favqulodda vaziyatlar vazirligining mansabdor shaxslari
  2. Transport nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari
  3. Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari
  4. Ov qilish qoidalari ustidan davlat nazorati organlari

To‘g‘ri javob: Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari. 340-moddaga ko‘ra, bu qaror 248-moddada ko‘rsatilgan ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror kim tomonidan ijro etiladi?
  1. Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari
  2. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari
  3. Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari
  4. Ov nazorati organlarining mansabdor shaxslari

To‘g‘ri javob: Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari. 340-moddaga ko‘ra, bu qaror Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, kema haydovchilarini kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror (kichik hajmli kemalardan tashqari) qaysi organ mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi?
  1. Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari
  2. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi
  3. Davlat nazorati organlari (ov qilish)
  4. Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi

To‘g‘ri javob: Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi. 340-moddaga ko‘ra, kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish qarori Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 341-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi
  2. Maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlar
  3. Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi
  4. Narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish bo‘yicha ish yuritishning tugallanishi

To‘g‘ri javob: Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi. 341-modda: Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 339-modda
  2. 340-modda
  3. 342-modda
  4. 341-modda

To‘g‘ri javob: 341-modda. 341-modda: Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi.

Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror qanday ijro etiladi?
  1. Haydovchilik guvohnomasini va uning talonini olib qo‘yish yo‘li bilan
  2. Transport vositasining raqamini va hujjatlarini musodara qilish yo‘li bilan
  3. Jarima undirib olish va uni davlat byudjetiga o‘tkazish yo‘li bilan
  4. Haydovchini ma’muriy qamoqqa olib, sud qarori ijrosini ta’minlash yo‘li bilan

To‘g‘ri javob: Haydovchilik guvohnomasini va uning talonini olib qo‘yish yo‘li bilan. 341-moddaga ko‘ra, qaror haydovchilik guvohnomasini va uning talonini olib qo‘yish yo‘li bilan ijro etiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiNarsani musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish bo‘yicha ish yuritishKeyingi →Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish bo‘yicha ish yuritish · qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismini ijro etish bo‘yicha ish yuritish