XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Mualliflik huquqi» qonuni · 67–70-m.

Yakunlovchi qoidalar

Moddalar

67-modda. Nizolarni hal qilish

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.

68-modda. Ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish

Quyidagi qonun hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:

O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi 272–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 135-modda);

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 273–I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 136-modda);

O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 175–II-sonli Qonunining 15-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 23-modda).

69-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin, davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

70-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi tartibi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning audiovizual asarlar prokati uchun haq olish huquqini nazarda tutuvchi 21-moddasining ikkinchi qismi va 49-moddasining ikkinchi qismi qoidalari ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin bir yil o‘tgach, amalga kiritiladi.

Asarlar, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlaridan foydalanish uchun ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar tuzilgan shartnomalar bunday shartnomalarning amal qilish muddati tugaguniga qadar o‘z kuchida qoladi hamda ularga nisbatan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikning ular tuzilgan paytda amalda bo‘lgan qoidalari qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 20-iyul,

O‘RQ-42-son

Bilimingizni sinang

«Mualliflik huquqi» qonuni — 67-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Nizolarni hal qilish
  2. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
  3. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar
  4. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish

To‘g‘ri javob: Nizolarni hal qilish. 67-modda: Nizolarni hal qilish.

«Mualliflik huquqi» qonuni: «Nizolarni hal qilish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 60-modda
  2. 69-modda
  3. 67-modda
  4. 56-modda

To‘g‘ri javob: 67-modda. 67-modda: Nizolarni hal qilish.

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi nizolar qanday tartibda hal qilinadi?
  1. Faqat ma’muriy tartibda
  2. Faqat hakamlik tartibida
  3. Faqat jamoatchilik muhokamasi orqali
  4. Qonunchilikda belgilangan tartibda

To‘g‘ri javob: Qonunchilikda belgilangan tartibda. 67-moddaga ko‘ra nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan 272–I-sonli, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan Qonuni qanday nomlanadi?
  1. Axborotlashtirish to‘g‘risida
  2. Intellektual mulk obyektlari to‘g‘risida
  3. Ijodiy uyushmalar va san’at to‘g‘risida
  4. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida

To‘g‘ri javob: Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida. 1996-yil 30-avgustdagi 272–I-sonli Qonun Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida deb nomlangan.

1996-yil 30-avgustda qabul qilingan qaysi qonun yangi Qonun bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi?
  1. «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi 272–I-sonli Qonun
  2. «Axborot erkinligi tamoyillari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun
  3. «Davlat tili to‘g‘risida»gi 1989-yildagi Qonunning oldingi tahriri
  4. «Matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun

To‘g‘ri javob: «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi 272–I-sonli Qonun. 68-moddaga ko‘ra 1996-yil 30-avgustdagi 272–I-sonli Qonun o‘z kuchini yo‘qotgan.

Qonunni amalga kiritish haqidagi 1996-yilgi qaror qaysi organ tomonidan qabul qilingan edi va u o‘z kuchini yo‘qotdimi?
  1. Oliy Majlis qarori, o‘z kuchini yo‘qotgan
  2. Prezident farmoni, hozirgacha kuchda qolgan
  3. Senat qarori, hozirgacha kuchda qolgan
  4. Vazirlar Mahkamasi qarori, kuchda qolgan

To‘g‘ri javob: Oliy Majlis qarori, o‘z kuchini yo‘qotgan. 68-moddaga ko‘ra Oliy Majlisning 273–I-sonli Qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan.

«Mualliflik huquqi» qonuni — 69-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish
  2. Ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
  3. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qiluvchi texnika vositalari
  4. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

To‘g‘ri javob: Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish. 69-modda: Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish.

«Mualliflik huquqi» qonuni: «Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 63-modda
  2. 62-modda
  3. 69-modda
  4. 68-modda

To‘g‘ri javob: 69-modda. 69-modda: Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish