O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi (2/2)
Moddalar
12¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Rahbari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari asosida hamda ularning ijrosini, Administratsiyaning faoliyatini samarali tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan farmoyishlar qabul qiladi.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
14-modda. Vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari
Vazirliklar va idoralar, agar ularga qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha vakolatlar berilgan bo‘lsa, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin.
Vazirliklar va idoralar o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar tarzidagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Buyruqlar vazirlik va idora nomidan qaror qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Qarorlar idoralar nomidan qaror qabul qilish kollegial organlari tomonidan amalga oshiriladigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar va idoralar tomonidan qo‘shma qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.
15-modda. Vazirliklar yoki idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik
Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan vazirlik yoki idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish vakolatlari ham o‘tadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Vazirlik yoki idora tugatilgan yoxud u tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisiga bermasdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi organga yoki boshqa vakolatli organga o‘tadi.
Vazirlik yoki idora qayta nomlangan taqdirda, uning ilgarigi nomi ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning qayta nomlanishiga oid qismiga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritilishi lozim. Bunday o‘zgartirishlar yoxud qo‘shimchalar kiritilguniga qadar ilgarigi nomni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi qayta nomlangan vazirlikka yoki idoraga nisbatan to‘liq hajmda tatbiq etiladi.
Vazirlik yoki idora maqomining o‘zgarishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi tugatilishiga olib kelmaydi.
16-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari o‘z vakolatlari doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Viloyat, tuman va shahar hokimi o‘z vakolatlari doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O‘zbekiston RespublikasiningKonstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
17-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi bo‘lgan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar, reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar (“yo‘l xaritalari”) va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.
Nizom davlat organlari va tashkilotlarning, ular tarkibiy bo‘linmalarining maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek u yoki bu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tartibini belgilaydi.
Qoidalar biror-bir faoliyatni amalga oshirishga doir talablarni belgilaydi.
Yo‘riqnoma normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llashning aniqlashtiruvchi jihatlarini belgilaydi.
Reglament davlat organlari va tashkilotlarning ish tartibini, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Strategiya mamlakat yoki muhim tarmoqlarni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirishning eng asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Konsepsiya u yoki bu sohadagi davlat siyosatining eng muhim ustuvorliklarini, maqsadlarini, asosiy yo‘nalishlarini, vazifalarini va amalga oshirilish mexanizmlarini belgilaydi.
Doktrina O‘zbekiston Respublikasining u yoki bu sohadagi milliy manfaatlarini ta’minlash maqsadlari, vazifalari, prinsiplari va asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Dastur (“Yo‘l xaritasi”) u yoki bu sohadagi davlat siyosatining maqsadlariga erishilishini ta’minlaydigan tadbirlar (vazifalar, amalga oshirish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va mas’ul ijrochilar bo‘yicha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar) va mexanizmlar tizimini belgilaydi.
18-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro nisbati
Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo‘yicha o‘zaro nisbati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatlariga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovutlar bo‘lgan taqdirda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llaniladi.
Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovutlar bo‘lgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat qoidalari amal qiladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.
Agar normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bo‘lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil maqomdagi boshqa vazirlik yoki idora tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
Bilimingizni sinang
«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» qonun — 12¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari
- O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi
- Vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari. 12¹-modda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari.
«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» qonun: «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari» qaysi moddada belgilangan?
- 14-modda
- 7-modda
- 17-modda
- 12¹-modda
To‘g‘ri javob: 12¹-modda. 12¹-modda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari.
«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari kimlar tomonidan bajarilishi majburiy?
- Respublikaning butun hududidagi barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan
- Faqat Vazirlar Mahkamasi tizimidagi davlat organlari va ularga bo‘ysunuvchi korxona, muassasa hamda mansabdor shaxslar tomonidan
- Faqat Prezident Administratsiyasi xodimlari va uning tarkibiy bo‘linmalari, ularning mansabdor shaxslari tomonidan
- Faqat Toshkent shahridagi davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tomonidan
To‘g‘ri javob: Respublikaning butun hududidagi barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan. Qonunga ko‘ra, farmoyishlar butun hududdagi barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi normativ-huquqiy hujjatlarni qaysi hujjatlar asosida va ularni ijro etish uchun qabul qiladi?
- Faqat vazirliklar buyruqlari va idoralarning qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun
- Faqat hokimlarning qarorlari va mahalliy Kengashlar qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun
- Faqat xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va xorijiy davlatlar qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun
- Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon va qarorlari asosida
To‘g‘ri javob: Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon va qarorlari asosida. 13-moddaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi Konstitutsiya, qonunlar, palatalar qarorlari, Prezident farmon va qarorlari asosida qaror qabul qiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonunga ko‘ra, vazirlik va idoralarning buyruqlari kim tomonidan qabul qilinadi?
- Qaror qabul qilish kollegial organlari tomonidan amalga oshiriladigan idoralar tomonidan
- Vazirlik huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan
- Vazirlikning hududiy organlari rahbarlari tomonidan
- Qaror qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan
To‘g‘ri javob: Qaror qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan. Buyruqlar qaror qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Vazirliklar va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy organlari to‘g‘risida Qonunga ko‘ra qaysi hukm to‘g‘ri?
- Ular o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar tarzida normativ-huquqiy hujjat qabul qiladi
- Ular rahbarning topshirig‘i bilan qarorlar qabul qilishi mumkin
- Ular faqat boshqa idoralar bilan kelishgan holda hujjat qabul qiladi
- Ular normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas
To‘g‘ri javob: Ular normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas. Qonunga ko‘ra, tarkibiy bo‘linmalar va hududiy organlar normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.
Vazirlikning viloyatdagi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Akmal viloyat uchun majburiy bo‘lgan «buyruq» chiqardi va uni normativ-huquqiy hujjat deb atadi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Buyruq to‘liq kuchga ega hujjat hisoblanadi, chunki boshliq qaror qabul qilishni yakka tartibda amalga oshiradi
- Buyruq normativ-huquqiy hujjat bo‘la olmaydi, chunki hududiy organlar bunday hujjat qabul qilishga haqli emas
- Buyruq normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi, agar viloyat prokurori uni oldindan kelishgan bo‘lsa
- Buyruq normativ-huquqiy hujjat bo‘ladi, agar u vazirning ismi-sharifi bilan e’lon qilinsa va yuqori organga yuborilsa
To‘g‘ri javob: Buyruq normativ-huquqiy hujjat bo‘la olmaydi, chunki hududiy organlar bunday hujjat qabul qilishga haqli emas. Vazirliklar va idoralarning hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonunga ko‘ra, vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarni qachon qabul qilishi mumkin?
- Ularga qonun hujjatlari bilan tegishli hujjatlarni qabul qilish yoki munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha vakolat berilgan bo‘lsa
- Ular o‘zlari zarur deb topgan har qanday holatda, qonun hujjatlari bilan alohida vakolat berilishi talab etilmagan holda
- Faqat hokim yozma ruxsat bergan taqdirda, qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan yoki berilmaganligidan qat’i nazar
- Faqat Oliy Majlis palatalari qaror bilan buyurgan taqdirda, qonun hujjatlarida vakolat nazarda tutilgan bo‘lsa ham
To‘g‘ri javob: Ularga qonun hujjatlari bilan tegishli hujjatlarni qabul qilish yoki munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha vakolat berilgan bo‘lsa. Vazirliklar va idoralar vakolat berilgan taqdirdagina normativ-huquqiy hujjat qabul qilishi mumkin (14-modda).
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash