Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ekspertizadan o‘tkazish va kelishish
Moddalar
25-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining ekspertizasi
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan o‘tkazilishi shart.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organning qaroriga ko‘ra iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, lingvistik, ekologik ekspertizadan, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalardan o‘tkazilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinadi. Ekspertiza o‘tkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjat loyihasiga baho berishda mustaqildir va ekspertiza o‘tkazish topshirig‘ini bergan organning nuqtai nazari bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha xulosalari tavsiya xususiyatiga ega bo‘lib, ular ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. Xulosaning inobatga olinmagan bandlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan holda ma’lumotnoma tayyorlanadi.
26-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi
Huquqiy ekspertiza jarayonida normativ-huquqiy hujjat loyihasining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning talablariga muvofiqligi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjat loyihasida havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organning yuridik xizmati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilikka muvofiq o‘tkaziladi.
27-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini ular manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganidan va boshqa turdagi ekspertizalar amalga oshirilganidan so‘ng o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini, shu jumladan ularda korrupsiya ko‘rinishlarini, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlarni yuzaga keltiradigan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yo‘qligini aniqlash, shuningdek zarur bo‘lgan normalarni bitta normativ-huquqiy hujjatda aks ettirgan hamda tegishli munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normalarni bekor qilgan holda, qonunchilikni kodifikatsiya qilish imkoniyati mavjudligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizasini o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarining huquqiy ekspertizasini amalga oshirish jarayonida bu loyihalar ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi va ularda takrorlovchi yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarining normalariga zid bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar mavjudligini keyinchalik ularni bekor qilish uchun aniqlash nuqtai nazaridan baholanishi shart.
Huquqiy ekspertiza yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xulosa taqdim etiladi.
27-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish (davomi)
Vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarining huquqiy ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan hamda vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatlari
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi ular kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.
Vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarining huquqiy ekspertizasi hamda vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ular kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan loyihalar va ikkinchi qismida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlar qo‘shimcha o‘rganishni talab qilsa, qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqish muddati besh kungacha, vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini ko‘rib chiqish muddati esa o‘n besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan:
xalq deputatlari viloyat, tuman, (shahar) Kengashi qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi — ikki ish kuni ichida;
viloyat, tuman, (shahar) hokimi qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi — besh ish kuni ichida o‘tkaziladi.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan hamda vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatlari (davomi)
Qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin.
29-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
30-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organga kiritilguniga qadar:
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Kelishish uchun yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlari (alohida hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) tomonidan:
qonun hujjatlari loyihalariga — yetti ish kuni ichida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalariga — uch ish kuni ichida;
vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalariga — besh ish kuni ichida;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalariga — uch ish kuni ichida viza qo‘yiladi.
Qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishishning boshqa muddatlari hamda muayyan davlat organlari va tashkilotlar bilan majburiy ravishda kelishishga doir talablar belgilanishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishishning maxsus axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
31-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish muddatlari buzilganligi uchun javobgarlik
Kelishish uchun olingan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ko‘rib chiqish muddatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan manfaatdor davlat organining va tashkilotning rahbari davlat organlaridagi hamda tashkilotlardagi ijro intizomi doirasida shaxsan javobgar bo‘ladi.
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi organlarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va kelishishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bilimingizni sinang
«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» qonun — 25-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Normativ-huquqiy hujjat loyihasining ekspertizasi
- Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni tashkil etish
- Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish
- Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni tashabbus qilish
To‘g‘ri javob: Normativ-huquqiy hujjat loyihasining ekspertizasi. 25-modda: Normativ-huquqiy hujjat loyihasining ekspertizasi.
«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» qonun: «Normativ-huquqiy hujjat loyihasining ekspertizasi» qaysi moddada belgilangan?
- 27-modda
- 20-modda
- 25-modda
- 22-modda
To‘g‘ri javob: 25-modda. 25-modda: Normativ-huquqiy hujjat loyihasining ekspertizasi.
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonunga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat loyihasi qaysi ekspertizalardan o‘tkazilishi shart?
- Huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan
- Faqat lingvistik va ekologik ekspertizalardan
- Faqat iqtisodiy va moliyaviy ekspertizalardan
- Faqat ilmiy ekspertizadan
To‘g‘ri javob: Huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan. 25-moddaga ko‘ra, loyiha huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan o‘tkazilishi shart.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, lingvistik, ekologik kabi ekspertizalardan qanday asosda o‘tkazilishi mumkin?
- Ishlab chiquvchining yoki hujjat qabul qilish huquqiga ega organning qaroriga ko‘ra
- Faqat sudning ajrimi asosida, ishlab chiquvchining qarori talab etilmagan holda
- Faqat fuqarolarning so‘rovi asosida, ishlab chiquvchi qarorisiz va organ ishtirokisiz
- Faqat Prezidentning farmoyishi asosida, ishlab chiquvchi yoki organ qarori bo‘lmagan holda
To‘g‘ri javob: Ishlab chiquvchining yoki hujjat qabul qilish huquqiga ega organning qaroriga ko‘ra. 25-moddaga ko‘ra, bunday ekspertizalar ishlab chiquvchi yoki qabul qiluvchi organ qaroriga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin.
Vazirlik loyihasini yozgan xodimlarning o‘zi shu loyiha bo‘yicha «mustaqil ekspertlar» sifatida xulosa bermoqchi. Qonunga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Bu to‘g‘ri, chunki loyihani eng yaxshi uning mualliflari biladi, shuning uchun ular ekspert bo‘la oladi
- Bu to‘g‘ri, agar ekspert xulosasini vazir imzolagan bo‘lsa, loyihani yozgan xodimlar ham ekspert hisoblanadi
- Bu noto‘g‘ri: loyihani tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va shaxslar ekspert sifatida jalb qilinadi
- Bu noto‘g‘ri: ekspertlar sifatida faqat chet ellik olimlar va xorijiy tashkilot vakillari jalb qilinadi
To‘g‘ri javob: Bu noto‘g‘ri: loyihani tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va shaxslar ekspert sifatida jalb qilinadi. 25-moddaga ko‘ra, loyihani tayyorlashda bevosita ishtirok etmaganlar ekspert sifatida jalb qilinadi.
Ekspertlar loyihaga baho berishda kimga nisbatan mustaqil hisoblanadi?
- Faqat ishlab chiquvchiga nisbatan mustaqil, topshiriq bergan organga esa bog‘liq
- Faqat loyiha muallifiga nisbatan mustaqil, boshqa organlarning nuqtai nazariga bog‘liq
- Faqat Adliya vazirligiga nisbatan mustaqil, topshiriq bergan organga esa bog‘liq
- Ekspertiza o‘tkazish topshirig‘ini bergan organning nuqtai nazariga bog‘liq emas
To‘g‘ri javob: Ekspertiza o‘tkazish topshirig‘ini bergan organning nuqtai nazariga bog‘liq emas. 25-moddaga ko‘ra, ekspertlar baho berishda mustaqildir va topshiriq bergan organning nuqtai nazari bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Ishlab chiquvchi ekspert xulosasining ayrim bandlarini inobatga olmadi. Qonunga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Xulosaning inobatga olinmagan bandlari bo‘yicha tushuntirishlar berilgan ma’lumotnoma tayyorlanadi
- Hech narsa qilish shart emas, chunki xulosa tavsiya xususiyatiga ega, tushuntirishlar talab etilmaydi
- Loyiha avtomatik ravishda bekor qilinadi va qayta ishlab chiqish uchun ishlab chiquvchiga qaytariladi
- Ekspert javobgarlikka tortiladi, chunki xulosasi to‘liq inobatga olinmaganligi uchun javob beradi
To‘g‘ri javob: Xulosaning inobatga olinmagan bandlari bo‘yicha tushuntirishlar berilgan ma’lumotnoma tayyorlanadi. 25-moddaga ko‘ra, xulosa tavsiyaviy, ammo inobatga olinmagan bandlar bo‘yicha tushuntirishli ma’lumotnoma tayyorlanadi.
Huquqiy ekspertiza jarayonida loyihaning qaysi talabga muvofiqligi tekshiriladi?
- Yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish talablariga muvofiqligi
- Mualliflar soni va ularning ilmiy darajasiga muvofiqligi
- Loyiha hajmi va sahifalar soni belgilangan chegaraga muvofiqligi
- Loyiha chop etilgan sanasi va nashriyot talablariga muvofiqligi
To‘g‘ri javob: Yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish talablariga muvofiqligi. 26-moddaga ko‘ra, Konstitutsiya va qonunlar hamda yuridik-texnik rasmiylashtirish talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash