XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» qonun · 42–47-m.

Normativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi, kuchga kirishi va amal qilishi (2/2)

Moddalar

42-modda. Normativ-huquqiy hujjatning makon bo‘yicha amal qilishi

Normativ-huquqiy hujjatning makon bo‘yicha amal qilishi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan belgilanadi.

Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ uning makon bo‘yicha amal qilish doirasini cheklab qo‘yishi mumkin.

43-modda. Normativ-huquqiy hujjatning vaqt bo‘yicha amal qilishi

Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqacha izoh berilmagan bo‘lsa, muddatsiz amal qiladi.

Normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati butun hujjat yoki uning bir qismi uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda normativ-huquqiy hujjat yoxud uning bir qismi qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar o‘z kuchini saqlab qolishi ko‘rsatilishi kerak.

Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga qadar yoki hodisa yuz berguniga qadar hujjatning yoki uning bir qismining amal qilishini yangi muddatga, boshqa hodisa yuz berguniga qadar uzaytirish to‘g‘risida yoxud normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka, o‘tkazilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga, jamiyatdagi barqaror huquqiy munosabatlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda normativ-huquqiy hujjatga (uning qismiga) muddatsiz tus berish haqida qaror qabul qilishi mumkin.

44-modda. Normativ-huquqiy hujjatning shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilishi

Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirganda chet el yuridik shaxslariga, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tatbiq etiladi.

45-modda. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish

Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning bir qismining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin.

Normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi quyidagi hollarda o‘zining amal qilishini tugatadi:

normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi qaysi muddat yoki hodisa yuz berishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘sha muddat tugaganida yoki hodisa yuz berganida;

normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas yoxud haqiqiy emas deb topilganda;

normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganda;

normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi bekor qilinganda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti favqulodda holat joriy etilgan hududda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, vazirliklar hamda idoralar buyruqlari va qarorlarining, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining amal qilishini ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoniga zid bo‘lgan taqdirda, favqulodda holatning amal qilish muddatida to‘xtatib turishga haqli.

46-modda. Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqish

Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur o‘zgartishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritiladi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid bo‘lsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z huquqiy ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa, lekin rasman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmagan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim.

Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartishlar va (yoki) qo‘shimchalar, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning yoki ular qismlarining ro‘yxati normativ-huquqiy hujjatning o‘zida ko‘rsatilishi kerak.

Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilishi yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan, teng yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlarning yoki ular qismlarining soni ancha ko‘p bo‘lgan taqdirda, mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati alohida hujjat sifatida rasmiylashtiriladi. Bunday hujjat loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadi va normativ-huquqiy hujjat loyihasi bilan bir vaqtda taqdim etiladi.

46-modda. Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqish (davomi)

Normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilayotganda uning asosida hamda uni ijro etish uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan o‘tkaziladi va ularni ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqidagi masala ko‘rib chiqiladi.

47-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini tarqatish

Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini tarqatish normativ-huquqiy hujjat matnidan moneliksiz foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan har qanday shakllarda amalga oshirilishi mumkin.

Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini tarqatish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Bilimingizni sinang

«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» qonun — 42-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish
  2. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini tasdiqlash
  3. Normativ-huquqiy hujjatning makon bo‘yicha amal qilishi
  4. Normativ-huquqiy hujjatning orqaga qaytish kuchi

To‘g‘ri javob: Normativ-huquqiy hujjatning makon bo‘yicha amal qilishi. 42-modda: Normativ-huquqiy hujjatning makon bo‘yicha amal qilishi.

«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» qonun: «Normativ-huquqiy hujjatning makon bo‘yicha amal qilishi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 41-modda
  2. 36-modda
  3. 42-modda
  4. 45-modda

To‘g‘ri javob: 42-modda. 42-modda: Normativ-huquqiy hujjatning makon bo‘yicha amal qilishi.

Normativ-huquqiy hujjatning makon bo‘yicha amal qilishi nima bilan belgilanadi?
  1. Hujjat e’lon qilingan gazeta tarqatilgan hudud bilan
  2. Hujjat loyihasini tayyorlagan ishchi guruh joylashuvi bilan
  3. Hujjatni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan
  4. Hujjat qabul qilingandan keyin o‘tgan muddat uzunligi bilan

To‘g‘ri javob: Hujjatni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan. 42-moddaga ko‘ra, makon bo‘yicha amal qilish hujjatni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan belgilanadi.

Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ uning makon bo‘yicha amal qilish doirasi to‘g‘risida nima qila oladi?
  1. Uni cheklab qo‘yishi mumkin
  2. Uni faqat kengaytirishi mumkin
  3. Uni o‘zgartira olmaydi
  4. Uni faqat Prezident cheklay oladi

To‘g‘ri javob: Uni cheklab qo‘yishi mumkin. 42-moddaga ko‘ra, hujjatni qabul qilgan organ uning makon bo‘yicha amal qilish doirasini cheklab qo‘yishi mumkin.

Tuman hokimligi o‘z hududi uchun qaror qabul qildi. Fuqaro Hamid shu qaror qo‘shni tumanda ham majburiymi, deb so‘radi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Qaror viloyatning barcha tumanlarida majburiy, chunki tuman hokimligi viloyat hokimligining quyi bo‘g‘ini hisoblanadi
  2. Qaror qabul qilingan sanadan uch oy davomida qo‘shni tumanda ham majburiy bo‘ladi, so‘ngra kuchini yo‘qotadi
  3. Qaror makon bo‘yicha uni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan belgilanadi, ya’ni qo‘shni tumanga yetmaydi
  4. Qaror qo‘shni tumanda faqat Hamid kabi murojaat qilgan fuqarolar roziligi bilan majburiy bo‘lishi mumkin

To‘g‘ri javob: Qaror makon bo‘yicha uni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan belgilanadi, ya’ni qo‘shni tumanga yetmaydi. 42-moddaga ko‘ra, hujjatning makon bo‘yicha amal qilishi uni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan belgilanadi.

«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» qonun — 43-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Normativ-huquqiy hujjatning vaqt bo‘yicha amal qilishi
  2. Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etuvchi va ta’minlovchi organlar
  3. Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini tarqatish
  4. Normativ-huquqiy hujjatning orqaga qaytish kuchi

To‘g‘ri javob: Normativ-huquqiy hujjatning vaqt bo‘yicha amal qilishi. 43-modda: Normativ-huquqiy hujjatning vaqt bo‘yicha amal qilishi.

«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» qonun: «Normativ-huquqiy hujjatning vaqt bo‘yicha amal qilishi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 48-modda
  2. 47-modda
  3. 43-modda
  4. 41-modda

To‘g‘ri javob: 43-modda. 43-modda: Normativ-huquqiy hujjatning vaqt bo‘yicha amal qilishi.

Agar hujjat matnida boshqacha izoh berilmagan bo‘lsa, normativ-huquqiy hujjat qancha muddat amal qiladi?
  1. Bir yil amal qiladi
  2. Besh yil amal qiladi
  3. Muddatsiz amal qiladi
  4. Qabul qilgan organ rahbari ketguncha amal qiladi

To‘g‘ri javob: Muddatsiz amal qiladi. 43-moddaga ko‘ra, hujjat matnida boshqacha izoh bo‘lmasa, muddatsiz amal qiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiNormativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi, kuchga kirishi va amal qilishi (1/2)Keyingi →Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etish va ta’minlash