XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» qonun · 48–53-m.

Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etish va ta’minlash

Moddalar

48-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etuvchi va ta’minlovchi organlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi.

Vazirliklar va idoralar, ularning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi.

49-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:

normativ-huquqiy hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;

vazirliklar va idoralarning ishlarini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi, ularning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etishga doir vakolatlarini belgilaydi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish uchun zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan vazirliklarni, idoralarni hamda mansabdor shaxslarni belgilaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

50-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etishga doir vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:

normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi masalalari yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga tushuntirishlar beradi hamda zarur yordam ko‘rsatadi;

normativ-huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi masalalariga doir uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi monitoringi va tahlilini o‘tkazadi, ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat boshqaruvi organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

davlat boshqaruvi organlarida va tashkilotlarda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi nuqtai nazaridan ijro intizomiga rioya etilishini o‘rganadi, shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

51-modda. Vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish hamda ta’minlashga doir vakolatlari

Vazirliklar va idoralar o‘z vakolatlari doirasida:

normativ-huquqiy hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) choralar ko‘radi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijro etilishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini amalga oshiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini ta’minlaydi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishiga doir ishlarni boshqa davlat organlari hamda tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etadi;

normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash uchun o‘z xodimlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;

normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tegishli tarmoqda qonunchilikning qo‘llanilish amaliyotini o‘rganadi va, zarur bo‘lganda, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi.

Vazirliklar va idoralar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

52-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda:

normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) choralar ko‘radi;

normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini ta’minlaydi, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi;

tegishli davlat organlari va tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi;

normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, qonunchilikning qo‘llanilish amaliyotini o‘rganadi va zarur bo‘lganda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

53-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati

Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar va boshqa tashkilotlar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyoti monitoringini hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining tahlilini amalga oshiradi.

Normativ-huquqiy hujjatlarda bo‘shliqlar, yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan ziddiyatlar, shuningdek ichki ziddiyatlar yoxud boshqa xatolar aniqlangan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ ularni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘radi.

Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq jamoatchilik monitoringi va nazoratini amalga oshiradilar.

Bilimingizni sinang

Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon va qarorlari ijrosini butun hududda qaysi organ tashkil etadi hamda ta’minlaydi?
  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi
  4. Respublika Markaziy saylov komissiyasi

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. 48-moddaga ko‘ra, bu hujjatlar ijrosini butun hududda Vazirlar Mahkamasi tashkil etadi va ta’minlaydi.

Vazirliklar va idoralar hamda ularning mansabdor shaxslari normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini qaysi doirada tashkil etadi?
  1. O‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha
  2. Butun mamlakat bo‘yicha barcha masalalarda
  3. Faqat o‘z hududida
  4. Faqat Prezident topshirig‘i bo‘yicha

To‘g‘ri javob: O‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha. 48-moddaga ko‘ra, vazirliklar va idoralar o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha ijroni tashkil etadi.

Viloyat hokimligi o‘z hududida Prezident farmoni ijrosini tashkil etishga haqlimi, deb savol tug‘ildi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Yo‘q, faqat viloyat prokuraturasi hududda hujjatlar ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi
  2. Yo‘q, faqat Prezident Administratsiyasi tegishli hududda hujjatlar ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi
  3. Ha, mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda hujjatlar ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi
  4. Yo‘q, faqat tegishli vazirliklar hududda ijroni tashkil etadi hamda ta’minlaydi, hokimlik esa kuzatadi

To‘g‘ri javob: Ha, mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda hujjatlar ijrosini tashkil etadi hamda ta’minlaydi. 48-moddaga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda hujjatlar ijrosini tashkil etadi va ta’minlaydi.

«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» qonun — 49-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati
  2. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlari
  3. Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini tarqatish
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlari

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlari. 49-modda: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlari.

«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» qonun: «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 53-modda
  2. 49-modda
  3. 52-modda
  4. 47-modda

To‘g‘ri javob: 49-modda. 49-modda: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ta’minlashga doir vakolatlari.

Vazirlar Mahkamasi qonunlarni ijro etish uchun javobgarlik yuklatiladigan subyektlarni qanday belgilaydi?
  1. Faqat sudlar va prokuratura organlarini, hamda zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan mansabdor shaxslarni belgilaydi
  2. Zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan fuqarolar yig‘inlari va nodavlat tashkilotlarni belgilaydi
  3. Zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan faqat hokimliklar va ularning mansabdor shaxslarini belgilaydi
  4. Zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan vazirliklarni, idoralarni hamda mansabdor shaxslarni belgilaydi

To‘g‘ri javob: Zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan vazirliklarni, idoralarni hamda mansabdor shaxslarni belgilaydi. 49-moddaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ijro uchun javobgar vazirliklar, idoralar va mansabdor shaxslarni belgilaydi.

Vazirlar Mahkamasi vazirliklar va idoralarning ishlariga nisbatan qanday vakolatga ega?
  1. Ularni faqat kuzatib va hisobot olib boradi
  2. Ularni qayta tashkil etib, boshqaradi
  3. Ularga mustaqil ish yuritishni taqiqlaydi
  4. Ularni muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi

To‘g‘ri javob: Ularni muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi. 49-moddaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi vazirliklar va idoralarning ishlarini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi.

Yangi qonun qabul qilindi, ammo uning ijrosi uchun javobgar organ aniqlanmagan. Qaysi organ qonunni ijro etish uchun javobgar vazirliklar va mansabdor shaxslarni belgilaydi?
  1. Oliy sud
  2. Adliya vazirligi
  3. Vazirlar Mahkamasi
  4. Markaziy saylov komissiyasi

To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasi. 49-moddaga ko‘ra, bu vakolat Vazirlar Mahkamasiga tegishli.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiNormativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi, kuchga kirishi va amal qilishi (2/2)Keyingi →Yakunlovchi qoidalar