Notarial harakatlar
Ii Bo‘Lim. Notarial Harakatlar Va Ularni Amalga Oshirish Qoidalari
23-modda. Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar
Notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
- 1) bitimlarni tasdiqlaydi;
- 2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
- 3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar beradi;
- 5) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi;
- 6) meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
6¹) mediator vazifasini bajaradi;
- 7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi;
- 8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
- 9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
- 10) ko‘chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
- 11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
- 12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
12¹) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi;
12²) dalillarni ta’minlaydi;
- 13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
- 14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
14¹) mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
14²) elektron hujjatning qog‘oz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi;
- 15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi;
- 16) pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib oladi;
- 17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
23-modda. Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar (davomi)
- 18) pul to‘lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo‘yicha pul to‘lanmaganligini tasdiqlaydi;
- 19) ijro xatlarini yozadi;
- 20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi;
- 21) dengiz protestlarini amalga oshiradi;
- 22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan ko‘chirmalarni beradi.
Notariuslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
26-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar
Quyidagilar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi:
kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot bo‘yicha o‘rinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ostida suzib yurgan kemalarda safarda bo‘lgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga o‘xshash boshqa ekspeditsiyalarda bo‘lgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar bo‘lmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi bo‘lmagan shaxslarning, ular oila a’zolarining hamda harbiy xizmatchilar oila a’zolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
26-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar (davomi)
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning bank kartasini tiklash uchun tijorat banklariga murojaat qilish to‘g‘risida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari.
Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni ushbu moddada aytib o‘tilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilab qo‘yadigan tartibda amalga oshiriladi.
27-modda. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni notarial idoraga berish
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar o‘zlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishonchnomalarning bittadan nusxasini vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart.
Agar vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘lmasa yoki ularning yashash joyi noma’lum bo‘lsa, vasiyatnoma yoxud ishonchnoma uni qaysi tashkilotning mansabdor shaxsi tasdiqlagan bo‘lsa, o‘sha tashkilot joylashgan yerdagi notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi.
Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani va ishonchnomani tekshirib ko‘rishi hamda ularning qonunga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, bu haqda vasiyat qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga ma’lum qilishi shart.
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni o‘zgartirish va bekor qilish, shuningdek ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladigan hujjatning bittadan nusxasini ushbu moddada belgilangan tartibda kechiktirmay notarial idoraga berishi shart.
28-modda. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar
O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
- 1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi, O‘zbekiston Respublikasida joylashgan ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalar bundan mustasno;
- 2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
- 3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
- 4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
- 5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
- 6) meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
- 7) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar beradi;
- 8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnomalar beradi;
- 9) hujjatlarning nusxalari va hujjatlardan olingan ko‘chirmalar to‘g‘riligini shahodatlaydi;
- 10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi;
- 11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
- 12) pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib oladi;
- 13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib oladi;
- 14) ijro xatlarini yozadi;
- 15) dengiz protestlarini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
29-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi
Notariuslarning, notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Notarial harakatni amalga oshirish chog‘ida notariuslar tomonidan audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilishi mumkin.
Bilimingizni sinang
Quyidagi harakatlardan qaysi biri notarius amalga oshiradigan notarial harakat hisoblanadi?
- Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash
- Yuridik shaxs qarorining qonuniyligini baholab, uni bekor qilish haqida xulosa chiqarish
- Yuridik shaxsning moliyaviy hisobotlarini audit qilib, ularning to‘g‘riligi haqida xulosa berish
- Yuridik shaxs rahbarining mehnat shartnomasini tuzib, uning ish haqi miqdorini belgilash
To‘g‘ri javob: Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash. 23-moddada bu harakat notarius amalga oshiradigan harakatlar qatorida sanalgan.
Notarius er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulush bo‘yicha qaysi hujjatni beradi?
- Ulushni bo‘lish haqida sud ajrimi
- Ulushga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma
- Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida qaror
- Nikoh to‘g‘risida guvohnoma
To‘g‘ri javob: Ulushga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma. 23-moddaga ko‘ra notarius umumiy mol-mulkdagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnoma beradi.
Notarius mualliflik va turdosh huquq obyekti bo‘yicha qaysi notarial harakatni amalga oshiradi?
- Obyektga muallifning mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi
- Obyektning badiiy qiymatini baholaydi
- Obyekt taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi
- Obyektni nashr etishga ruxsat beradi
To‘g‘ri javob: Obyekt taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi. 23-modda: notarius mualliflik obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
Notarius depozitga nimalarni qabul qilib oladi?
- Ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini
- Qimmatbaho metallar va tangalarni
- Muhr va shtamplarni
- Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni
To‘g‘ri javob: Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni. 23-moddada depozitga qabul qilinadigan obyektlar pul summalari va qimmatli qog‘ozlar sifatida ko‘rsatilgan.
Quyidagi notarial harakatlardan qaysi biri konsullarning ro‘yxatida yo‘q, ammo notariuslar ro‘yxatida bor?
- Veksellarning protestlarini amalga oshirish
- Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash
- Hujjatlarning tarjimasi to‘g‘riligini shahodatlash
- Dengiz protestlarini amalga oshirish
To‘g‘ri javob: Veksellarning protestlarini amalga oshirish. Veksel protesti faqat 23-moddada bor; 28-moddadagi konsullar ro‘yxatida dengiz protesti mavjud, veksel protesti yo‘q.
Notariuslarning 23-moddada sanab o‘tilgan harakatlardan boshqa notarial harakatlarni amalga oshirishi haqida qaysi hukm to‘g‘ri?
- Notariuslar faqat 23-moddada sanab o‘tilgan harakatlarni amalga oshirishi mumkin, boshqalarini emas
- Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin
- Boshqa notarial harakatlarni faqat Adliya vazirligining maxsus ruxsatnomasi bilan amalga oshirishi mumkin
- Boshqa notarial harakatlarni faqat davlat notarial idorasi notariuslari amalga oshirishi mumkin
To‘g‘ri javob: Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 23-modda ro‘yxatni yopiq qilmaydi: boshqa harakatlar ham mumkin.
«Notariat to‘g‘risida» qonun — 26-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar
- Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar
- Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining asosiy qoidalari
- Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni notarial idoraga berish
To‘g‘ri javob: Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar. 26-modda: Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar.
«Notariat to‘g‘risida» qonun: «Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar» qaysi moddada belgilangan?
- 22¹-modda
- 26-modda
- 23-modda
- 27-modda
To‘g‘ri javob: 26-modda. 26-modda: Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash