Nikohning haqiqiy emasligi
Ii Bo‘Lim. Nikoh
49-modda. Nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari
Nikoh quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi:
ushbu Kodeksning 14—16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda;
soxta nikoh tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda;
nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa.
50-modda. Nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi
Nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
Nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan nusxa berilayotganda pasportga yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga tegishli belgi qo‘yiladi.
Nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, o‘n kun ichida undan ko‘chirma nikoh tuzilganligi ro‘yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuboriladi.
51-modda. Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh hali nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxsning manfaatlari talab qilgan hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday nikohni haqiqiy emas deb topishni nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxs, uning ona-otasi yoki homiysi, shuningdek vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab qilishga haqlidir.
Ish sudda hal qilinish paytigacha er yoki xotin nikoh yoshiga yetgan bo‘lsa, nikoh faqat uning talabi bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Er-xotindan biri nikoh yoshiga yetmaganligi tufayli nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish, agar er-xotin (ulardan biri) ish sudda ko‘rilayotgan paytda nikoh yoshiga yetmagan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organining ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
52-modda. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar mavjud bo‘lganda tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish
Ushbu Kodeksning 16-moddasida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda tuzilgan nikoh haqiqiy emas deb topiladi.
Agar ish hal qilinish paytigacha nikohni tuzish uchun monelik qiladigan holatlar tugagan bo‘lsa, sud nikohni o‘sha holatlar tugagan paytdan boshlab haqiqiy deb topishga haqli.
Ushbu Kodeksning 16-moddasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha nikohni haqiqiy emas deb topishni er-xotin, shu nikohning tuzilishi natijasida huquqlari buzilgan shaxslar, shuningdek vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab qilishga haqlidir.
Muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni sud vasiylik va homiylik organining ishtirokida ko‘rib chiqadi.
53-modda. Majburlab tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish
Majburlab tuzilgan nikoh jabrlanuvchi (uning qonuniy vakillari) yoki prokurorning arizasi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
54-modda. Soxta nikohni haqiqiy emas deb topish
Er-xotin soxta nikoh qayd qildirgan va oila qurmagan bo‘lsalar, nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Soxta nikohni haqiqiy emas deb topishni prokuror talab qilishga haqli, er (xotin) oila qurish maqsadisiz nikohga kirgan hollarda esa, bunday talab xotin (er) tomonidan ham qo‘yilishi mumkin.
55-modda. Nikohni haqiqiy emas deb hisoblash vaqti
Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan nikoh tuzilgan vaqtidan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
56-modda. Nikohni haqiqiy emas deb topish oqibatlari
Haqiqiy emas deb topilgan nikoh er-xotin uchun ushbu Kodeksda belgilangan shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.
Nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning mulkiy huquqiy munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Nikohning haqiqiy emas deb topilishi shunday nikohdan tug‘ilgan yoki nikoh haqiqiy emas deb topilgan kundan keyin uch yuz kun ichida tug‘ilgan bolalarning huquqlariga ta’sir etmaydi.
Sud nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishda shunday nikoh tuzilishi bilan huquqi buzilgan er (xotin)ni (insofli er (xotin)ni) ushbu Kodeksning 118 va 119-moddalariga muvofiq xotin yoki eridan ta’minot olish huquqiga ega deb topishga haqlidir, nikohni haqiqiy emas deb topish vaqtiga qadar birgalikda orttirilgan mol-mulkni bo‘lishga nisbatan esa, ushbu Kodeksning 23, 27 va 28-moddalarida belgilangan qoidalarni tatbiq etishga, shuningdek nikoh shartnomasini to‘la yoki qisman haqiqiy deb topishga haqlidir.
Insofli er (xotin) o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashni fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha talab qilishga haqli.
Insofli er (xotin) nikoh haqiqiy emas deb topilganda, nikoh tuzish davlat ro‘yxatiga olingan vaqtda tanlagan familiyasini saqlab qolishga haqlidir.
Bilimingizni sinang
Oila kodeksi — 49-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Majburlab tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish
- Er-xotindan birining arizasi bo‘yicha fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish
- Nikohdan ajratilganda nikohning tugatilish vaqti
- Nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari
To‘g‘ri javob: Nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari. 49-modda: Nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari.
Oila kodeksi: «Nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari» qaysi moddada belgilangan?
- 43-modda
- 47-modda
- 49-modda
- 53-modda
To‘g‘ri javob: 49-modda. 49-modda: Nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari.
Oila kodeksiga ko‘ra, nikoh Kodeksning qaysi moddalarida belgilangan shartlar buzilganda haqiqiy emas deb topiladi?
- 14—16-moddalarida
- 1—5-moddalarida
- 6—9-moddalarida
- 10—12-moddalarida
To‘g‘ri javob: 14—16-moddalarida. 49-moddaga ko‘ra nikoh Kodeksning 14—16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda haqiqiy emas deb topiladi.
Oila kodeksiga ko‘ra, soxta nikoh deb nima tushuniladi?
- Er-xotin yoki ulardan biri mulkni yashirish maqsadini ko‘zlab qayd qildirgan nikoh
- Ota-onalari majburlashi bilan er-xotin yoki ulardan biri qayd qildirgan nikoh
- Er-xotin yoki ulardan biri nikoh shartnomasi tuzmay turib qayd qildirgan nikoh
- Er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay qayd qildirgan nikoh
To‘g‘ri javob: Er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay qayd qildirgan nikoh. 49-moddaga ko‘ra soxta nikoh — oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh qayd qildirish.
Bahodir nikohdan oldin OIV kasalligi borligini bo‘lajak xotini Nargizadan yashirdi. Nikohdan keyin Nargiza buni bilib, sudga murojaat qildi. Oila kodeksiga ko‘ra qanday xulosa to‘g‘ri?
- Nikoh haqiqiy emas deb topilmaydi, chunki kasallikni yashirish nikohni haqiqiy emas deb topishga asos emas
- Nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin, chunki ikkinchi tomon sudga shunday talab bilan murojaat etdi
- Nikoh o‘z-o‘zidan haqiqiy emas hisoblanadi, chunki Nargiza ariza bergan bo‘lsa ham sud talab etilmaydi
- Nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin, lekin faqat prokuror talabi bilan, Nargizaning arizasi bilan emas
To‘g‘ri javob: Nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin, chunki ikkinchi tomon sudga shunday talab bilan murojaat etdi. 49-moddaga ko‘ra OIV borligini yashirganda, ikkinchisi sudga murojaat etsa, nikoh haqiqiy emas deb topiladi.
Oila kodeksi — 50-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Nikohdan ajratilganda er (xotin)ning o‘z familiyasini o‘zgartirishi
- Nikohdan ajratish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan hal etiladigan masalalar
- Sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan er (xotin) qaytib kelgan hollarda nikohning tiklanishi
- Nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi
To‘g‘ri javob: Nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi. 50-modda: Nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi.
Oila kodeksi: «Nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi» qaysi moddada belgilangan?
- 44-modda
- 48-modda
- 50-modda
- 46-modda
To‘g‘ri javob: 50-modda. 50-modda: Nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi.
Oila kodeksiga ko‘ra, nikohni haqiqiy emas deb topish qaysi tartibda amalga oshiriladi?
- Mahalla fuqarolar yig‘ini qarori bilan
- Faqat sud tartibida
- Faqat FHDYo organi tomonidan
- Notarial tartibda
To‘g‘ri javob: Faqat sud tartibida. 50-moddaga ko‘ra nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash