XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Oila kodeksi · 57–59-m.

Qarindoshlik, qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik

Iii Bo‘Lim. Qon-Qarindoshlik Va Bolalarning Nasl-Nasabini Belgilash

57-modda. Qarindoshlik

Bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o‘rtasidagi to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug‘ilish soni bilan belgilanadi.

Bolalar ota-onasiga nisbatan to‘g‘ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan — ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan — uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi va hokazo.

Aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari va shunga o‘xshashlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlar hisoblanadi va hokazo.

To‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir.

Ikki shaxs o‘rtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniqlashda, darajalarning soni yoki shu shaxslardan birining o‘zini hisobga qo‘shmay turib, undan kelib chiqqan avlodlar soni hisobga olinadi.

Hisob ajdodlar tomon to‘g‘ri shajara bo‘yicha ular uchun umumiy bo‘lgan shaxsga (ajdodga) qarab va undan esa, avlodlar tomon — ulardan boshqasiga qarab olib boriladi.

Tug‘ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning ikkinchi darajasida, tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan qarindoshlikning — uchinchi, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar esa — to‘rtinchi darajasida turadilar.

58-modda. Yot aralashmagan va yot aralashgan qarindoshlik

Aka-uka va opa-singillar yot aralashmagan va yot aralashgan qarindosh bo‘lishi mumkin. Aka-uka va opa-singillar bir ota-onadan kelib chiqqan bo‘lsa, yot aralashmagan, ota bir ona boshqa yoki aksincha ona bir ota boshqa bo‘lsa, yot aralashgan qarindosh hisoblanadi. Yot aralashmagan qarindoshlikda aka-uka va opa-singillar tug‘ishgan, yot aralashgan qarindoshlikda esa, aka-uka va opa-singillar o‘gay hisoblanadi.

Er-xotinning ilgarigi nikohlaridan bo‘lgan bolalari o‘zaro qarindosh hisoblanmaydi.

59-modda. Qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik

Er (xotin) va uning yaqin qarindoshlari bilan xotin (er) qarindoshlarining bir-biriga nisbatan munosabatlari (qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik) o‘zaro huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.

Bilimingizni sinang

Oila kodeksi — 57-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ota-onaning arizasi bo‘yicha bolaning nasl-nasabini belgilash
  2. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar mavjud bo‘lganda tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish
  3. Nikohni haqiqiy emas deb hisoblash vaqti
  4. Qarindoshlik

To‘g‘ri javob: Qarindoshlik. 57-modda: Qarindoshlik.

Oila kodeksi: «Qarindoshlik» qaysi moddada belgilangan?
  1. 57-modda
  2. 61-modda
  3. 52-modda
  4. 55-modda

To‘g‘ri javob: 57-modda. 57-modda: Qarindoshlik.

Oila kodeksiga ko‘ra, qarindoshlar kimlar hisoblanadi?
  1. Bir umumiy hududda yashovchi shaxslar
  2. Bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan shaxslar
  3. Nikoh orqali o‘zaro bog‘langan shaxslar
  4. Bir umumiy ro‘zg‘orni yurituvchi shaxslar

To‘g‘ri javob: Bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan shaxslar. 57-moddaga ko‘ra bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi.

Oila kodeksiga ko‘ra, nevara bobosiga nisbatan qarindoshlikning nechanchi darajasida turadi?
  1. Birinchi
  2. Uchinchi
  3. To‘rtinchi
  4. Ikkinchi

To‘g‘ri javob: Ikkinchi. 57-moddaga ko‘ra nevara bobosiga, buvisiga nisbatan ikkinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi.

Tug‘ishgan aka-uka va opa-singil bir-biriga nisbatan qarindoshlikning nechanchi darajasida turadi?
  1. Birinchi
  2. To‘rtinchi
  3. Ikkinchi
  4. Uchinchi

To‘g‘ri javob: Ikkinchi. 57-moddaga ko‘ra tug‘ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning ikkinchi darajasida turadi.

Dilnoza o‘zining tog‘asi bilan qarindoshlik darajasini aniqlamoqchi. Oila kodeksiga ko‘ra tog‘a o‘z jiyani bilan qarindoshlikning qaysi darajasida turadi?
  1. Uchinchi
  2. Birinchi
  3. Ikkinchi
  4. To‘rtinchi

To‘g‘ri javob: Uchinchi. 57-moddaga ko‘ra tog‘a, amaki, amma, xola jiyanlari bilan uchinchi darajali qarindosh.

Oila kodeksiga ko‘ra, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar o‘zaro qarindoshlikning nechanchi darajasida turadi?
  1. To‘rtinchi
  2. Uchinchi
  3. Ikkinchi
  4. Beshinchi

To‘g‘ri javob: To‘rtinchi. 57-moddaga ko‘ra amakivachcha va shu kabilar to‘rtinchi darajada turadi.

Oila kodeksiga ko‘ra, to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlarga nisbatan qanday hisoblanadi?
  1. Yaqinroq
  2. Uzoqroq
  3. Bir xil yaqin
  4. Qarindosh hisoblanmaydi

To‘g‘ri javob: Yaqinroq. 57-moddaga ko‘ra to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlar yon shajaradagilarga nisbatan yaqinroq.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiNikohning haqiqiy emasligiKeyingi →Bolalarning nasl-nasabini belgilash