Voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquqlari
Iv Bo‘Lim. Ota-Ona Hamda Voyaga Yetmagan Bolalarning Huquq Va Majburiyatlari
65-modda. Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi
Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bolaning eng ustun manfaatlariga zid bo‘lgan holatlar bundan mustasnodir.
Bola o‘z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o‘z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.
Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
66-modda. Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi
Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
Ota va ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda ham bola ular bilan ko‘rishish huquqiga ega.
Favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan bola (ushlab turish, qamoqqa olish, hibsga olish, davolash muassasasida bo‘lish va boshqa hollarda) o‘z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda ko‘rishish huquqiga ega.
67-modda. Bolaning himoyaga bo‘lgan huquqi
Bola o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega.
Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to‘la muomala layoqatiga ega deb e’tirof etilsa, u o‘z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir.
Bola ota-ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan qilinadigan suiiste’molliklardan himoyalanish huquqiga ega.
Bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) bolani tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganda bola o‘z huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so‘rab, vasiylik va homiylik organiga, o‘n to‘rt yoshga to‘lgandan keyin esa, mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganligidan, uning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo‘lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi shart. Shunday ma’lumotlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko‘rishi shart.
68-modda. Bolaning o‘z fikrini ifoda etish huquqi
Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini erkin ifoda qilishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama jarayonida so‘zlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, ko‘rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.
69-modda. Bolaning ism, ota ismi va familiya olish huquqi
Bola ism, ota ismi va familiya olish huquqiga ega.
Bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan, ota ismi — otasining ismiga ko‘ra beriladi.
Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga otaning ismi, ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin. Ota-ona o‘rtasida bolaning ismi va (yoki) familiyasi bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
70-modda. Bolaning ismi va familiyasini o‘zgartirish
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan bola o‘n olti yoshga to‘lguncha bola manfaatlarini e’tiborga olib, uning ismini o‘zgartirishga, shuningdek unga berilgan familiyani ham otasi yoki onasining familiyasiga qarab o‘zgartirishga haqlidir.
Agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota (ona) bolaga o‘z familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona (ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qiladi. Ota yoki onaning turgan joyini aniqlash mumkin bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, shuningdek ota yoki ona bolaga ta’minot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzrsiz sabablarga ko‘ra bo‘yin tovlagan hollarda ota yoki onaning fikrini hisobga olish shart emas.
Agar bola o‘zaro nikohda bo‘lmagan shaxslardan tug‘ilgan va otalik qonuniy tartibda belgilanmagan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini e’tiborga olib, uning familiyasini onaning murojaat qilgan davridagi familiyasiga almashtirish uchun ruxsat berishga haqli.
O‘n yoshga to‘lgan bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Bilimingizni sinang
Oila kodeksi — 65-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi
- Ota-onaning arizasi bo‘yicha bolaning nasl-nasabini belgilash
- Bolaning o‘z fikrini ifoda etish huquqi
- Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi
To‘g‘ri javob: Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi. 65-modda: Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi.
Oila kodeksi: «Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi» qaysi moddada belgilangan?
- 61-modda
- 68-modda
- 66-modda
- 65-modda
To‘g‘ri javob: 65-modda. 65-modda: Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi.
Oila kodeksiga ko‘ra, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish huquqiga ega. Bu huquqdan qanday holatlar mustasno?
- Bolaning ota-onasi roziligiga zid bo‘lgan holatlar
- Ota-onaning shaxsiy manfaatlariga zid bo‘lgan holatlar
- Bolaning eng ustun manfaatlariga zid bo‘lgan holatlar
- Davlat organlarining ko‘rsatmasiga zid bo‘lgan holatlar
To‘g‘ri javob: Bolaning eng ustun manfaatlariga zid bo‘lgan holatlar. 65-moddaga ko‘ra bolaning eng ustun manfaatlariga zid bo‘lgan holatlar bu huquqdan mustasno.
Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, uning oilada tarbiyalanish huquqini kim ta’minlaydi?
- Mahalla fuqarolar yig‘ini
- Prokuratura
- Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi
- Vasiylik va homiylik organi
To‘g‘ri javob: Vasiylik va homiylik organi. 65-moddaga ko‘ra bu huquq vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
Oila kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqiga kiradi?
- O‘z ota-onasini hurmat qilish va ularga moddiy yordam berish
- O‘z ota-onasini bilish va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish
- Ota-onasining mol-mulkiga egalik qilish va uni tasarruf etish
- Ota-onasini mustaqil tanlash va ulardan alohida yashash
To‘g‘ri javob: O‘z ota-onasini bilish va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish. 65-moddaga ko‘ra bola o‘z ota-onasini bilish va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega.
Oila kodeksi — 66-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi
- Ota-onaning arizasi bo‘yicha bolaning nasl-nasabini belgilash
- Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi
- Qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik
To‘g‘ri javob: Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi. 66-modda: Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi.
Oila kodeksi: «Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi» qaysi moddada belgilangan?
- 59-modda
- 65-modda
- 66-modda
- 61-modda
To‘g‘ri javob: 66-modda. 66-modda: Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi.
Rustam va Dilfuza nikohdan ajraldi, ular alohida yashamoqda. Dilfuza o‘g‘lini Rustam bilan ko‘rishtirmaslikni xohlaydi, chunki ular endi er-xotin emas. Oila kodeksiga ko‘ra qanday xulosa to‘g‘ri?
- Ota-onaning nikohdan ajralishi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi, bola ikkala ota-ona bilan ko‘rishish huquqiga ega
- Ota-onaning nikohdan ajralishi bola huquqlariga ta’sir qiladi, bola faqat u bilan yashayotgan ota yoki ona bilan ko‘rishadi
- Dilfuza haq, chunki ota-ona alohida yashagan taqdirda bola faqat birga yashaydigan ota-onasi bilan ko‘rishish huquqiga ega
- Rustam bola bilan ko‘rishishi uchun Dilfuzaning yozma roziligi talab etiladi, chunki ular endi er-xotin emas
To‘g‘ri javob: Ota-onaning nikohdan ajralishi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi, bola ikkala ota-ona bilan ko‘rishish huquqiga ega. 66-moddaga ko‘ra ota-onaning ajralishi yoki alohida yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash