Farzandlikka olish (1/3)
Vi Bo‘Lim. Yetim Bolalarni Va Ota-Ona Qaramog‘Idan Mahrum Bo‘Lgan Bolalarni Muqobil Joylashtirish Shakllari
151-modda. Farzandlikka olish
Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning eng ustun manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi.
Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bolaning eng ustun manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga yo‘l qo‘yilmaydi, farzandlikka olish bolalarning eng ustun manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno.
152-modda. Farzandlikka olishi mumkin bo‘lgan shaxslar
Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin, quyidagi shaxslar bundan mustasno:
ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
vasiylik yoki homiylik majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar, shuningdek tutingan ota-onalar, agar bolani tutingan (foster) oilaga olish to‘g‘risida ular bilan tuzilgan shartnoma ularning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganligi, o‘z huquqlarini suiiste’mol qilganligi, tarbiyasidagi bolalar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi, surunkali alkogolizmga yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganligi oqibatida bekor qilingan bo‘lsa;
asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar;
ushbu Kodeks 169-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;
hayotga, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar, jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulkni olish yoki o‘tkazish, tijoratda pora evaziga og‘dirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
152-modda. Farzandlikka olishi mumkin bo‘lgan shaxslar (davomi)
ushbu modda birinchi qismining yettinchi xatboshisida ko‘rsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
ushbu modda birinchi qismining yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun o‘ziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik to‘g‘risidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar;
farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalinganlar. Mazkur kasalliklarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus o‘quv kursini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lishi kerak.
Farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, bundan o‘gay ota va o‘gay ona yoxud farzandlikka olinuvchining yaqin qarindoshlari tomonidan farzandlikka olish hollari mustasno.
153-modda. Farzandlikka olishni sir saqlash
Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi va boshqa hujjatlardagi farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganlarning ota-onasi emasligini bildiradigan mazmundagi yozuvlar bilan tanishtirish, bu yozuvlardan ko‘chirmalar va boshqa ma’lumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, agar ular vafot etgan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi.
Farzandlikka oluvchining yoki vasiylik va homiylik organining erkiga hilof ravishda farzandlikka olish sirini oshkor qilgan shaxslar qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
154-modda. Farzandlikka olishda ustunlik huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
Farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga ega bo‘ladilar:
turar joyidan qat’i nazar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;
farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs;
aka-uka, opa-singillarni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar;
o‘gay ota va o‘gay ona;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar.
155-modda. Farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga roziligi
O‘n yoshga to‘lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi.
Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda aniqlanadi.
156-modda. Bolaning roziligisiz farzandlikka olish
Agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa va ularni o‘z ota-onasi deb e’tirof etsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.
157-modda. Farzandlikka oluvchining eri (xotini)ning bolani farzandlikka olishga roziligi
Agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan bo‘lsa, bunga xotin (er)ning roziligi talab etiladi.
Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan bo‘lsalar va er (xotin)ning turar joyi noma’lum bo‘lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi.
Bilimingizni sinang
Oila kodeksi — 151-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Farzandlikka olishni sir saqlash
- Farzandlikka olish
- Farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga roziligi
- Bolaning roziligisiz farzandlikka olish
To‘g‘ri javob: Farzandlikka olish. 151-modda: Farzandlikka olish.
Oila kodeksi: «Farzandlikka olish» qaysi moddada belgilangan?
- 155-modda
- 153-modda
- 156-modda
- 151-modda
To‘g‘ri javob: 151-modda. 151-modda: Farzandlikka olish.
Oila kodeksiga ko‘ra, farzandlikka olishga kimlarga nisbatan yo‘l qo‘yiladi?
- Faqat voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga nisbatan va ularning manfaatlarini ko‘zlab
- Istalgan yoshdagi bolalarga nisbatan, ota-onasining roziligi bo‘lgan taqdirda
- Faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va ularning eng ustun manfaatlarini ko‘zlab
- Faqat o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan va ularning manfaatlarini ko‘zlab
To‘g‘ri javob: Faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va ularning eng ustun manfaatlarini ko‘zlab. 151-moddaga ko‘ra farzandlikka olish faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va ularning eng ustun manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi.
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi qaror qaysi organ tomonidan qabul qilinadi?
- Vasiylik va homiylik organi tomonidan
- Sud tomonidan
- Prokuror tomonidan
- Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan
To‘g‘ri javob: Sud tomonidan. 151-moddaga ko‘ra farzandlikka olish vasiylik organining xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar sudda qanday tartibda ko‘riladi?
- Hakamlik sudi tartibida
- Ma’muriy tartibda, vasiylik organi qarori bilan
- Alohida ish yuritish tartibida, prokuror ishtirokida
- Da’vo ish yuritish tartibida, prokuror ishtirokisiz
To‘g‘ri javob: Alohida ish yuritish tartibida, prokuror ishtirokida. 151-moddaga ko‘ra bunday ishlar alohida ish yuritish tartibida, prokuror ishtirokida ko‘riladi.
Ikki aka-uka yetim qoldi. Turli oilalar ularni alohida-alohida farzandlikka olmoqchi. Oila kodeksiga ko‘ra qanday xulosa to‘g‘ri?
- Bunga yo‘l qo‘yiladi, chunki turli oilalar bolalarni alohida-alohida farzandlikka olish huquqiga ega
- Bunga yo‘l qo‘yilmaydi, bolalarning eng ustun manfaatlari bunday bo‘lishini taqozo etgan hollar bundan mustasno
- Bunga faqat vasiylik organining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi, bolalarning manfaatlari esa hisobga olinmaydi
- Bunga yo‘l qo‘yilmaydi, bolalarning eng ustun manfaatlari talab qilgan hollarda ham istisnolar mavjud emas
To‘g‘ri javob: Bunga yo‘l qo‘yilmaydi, bolalarning eng ustun manfaatlari bunday bo‘lishini taqozo etgan hollar bundan mustasno. 151-moddaning to‘rtinchi qismiga ko‘ra aka-uka va opa-singillarni turli shaxslar farzandlikka olishi mumkin emas, ustun manfaat hollari bundan mustasno.
Oila kodeksi — 152-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muqobil joylashtirish
- Vasiylik yoki homiylikdagi bolani farzandlikka olish
- Farzandlikka olishni sir saqlash
- Farzandlikka olishi mumkin bo‘lgan shaxslar
To‘g‘ri javob: Farzandlikka olishi mumkin bo‘lgan shaxslar. 152-modda: Farzandlikka olishi mumkin bo‘lgan shaxslar.
Oila kodeksi: «Farzandlikka olishi mumkin bo‘lgan shaxslar» qaysi moddada belgilangan?
- 150-modda
- 153-modda
- 152-modda
- 158-modda
To‘g‘ri javob: 152-modda. 152-modda: Farzandlikka olishi mumkin bo‘lgan shaxslar.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash