Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va muqobil joylashtirish
Vi Bo‘Lim. Yetim Bolalarni Va Ota-Ona Qaramog‘Idan Mahrum Bo‘Lgan Bolalarni Muqobil Joylashtirish Shakllari
148-modda. Yetim bolalarning va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal bo‘lganda, uzoq muddat bo‘lmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, sog‘lomlashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o‘xshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
149-modda. Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish
Vasiylik va homiylik organlari yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydi, bunday bolalarni hisobga oladi va yetim qolishning yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lishning har bir holatiga qarab, bolalarni muqobil joylashtirish shakllarini tanlaydi, shuningdek bundan buyon ularga ta’minot berish, ularni tarbiyalash va ularga ta’lim berish shart-sharoitlarini nazorat qilib boradi.
Vasiylik va homiylik organidan tashqari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va muqobil joylashtirish bo‘yicha faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashkilotlarning (ichki ishlar organlarining, sudlarning, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining, sog‘liqni saqlash muassasalarining, ta’lim tashkilotlarining va boshqa muassasalarning), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari, notariuslar va boshqa fuqarolar bolalar yetim qolganligidan yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganligidan xabardor bo‘lgach, yigirma to‘rt soat ichida bu haqda bolalar haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar berishi shart. Vasiylik va homiylik organi bunday ma’lumotlarni olgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bolaning turmush sharoitini tekshirib chiqishi (birlamchi baholash) va bunda bolaning yetim qolganligi yoxud ota-ona yoki qarindoshlari qaramog‘idan mahrum bo‘lganligi aniqlansa, uni muqobil joylashtirish masalasi hal bo‘lguniga qadar bolaning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi shart.
149-modda. Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish (davomi)
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaganlik, shuningdek bunday bolalarni muqobil joylashtirishda qonunchilik talablarini buzganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan muassasalarning rahbarlari va organlarning mansabdor shaxslari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
150-modda. Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muqobil joylashtirish
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oilaga (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan (foster) oilaga) berilishi, bunday imkoniyat bo‘lmaganda esa, yetim bolalar yoxud ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalarga (tarbiya, davolash, sog‘lomlashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasiga va shunga o‘xshash boshqa muassasalarga) tarbiyaga berilishi lozim.
Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan oilaga yoki muassasalarga tarbiyalash uchun muqobil joylashtirish masalasi hal bo‘lguniga qadar vasiylik (homiylik) majburiyatlarini bajarish vaqtincha vasiylik va homiylik organlarining zimmasiga yuklatiladi.
Bilimingizni sinang
Oila kodeksi — 148-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muqobil joylashtirish
- Farzandlikka olishni sir saqlash
- Yetim bolalarning va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish
- Alimentni hisobga o‘tkazishga va qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmasligi
To‘g‘ri javob: Yetim bolalarning va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish. 148-modda: Yetim bolalarning va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish.
Oila kodeksi: «Yetim bolalarning va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish» qaysi moddada belgilangan?
- 153-modda
- 143-modda
- 150-modda
- 148-modda
To‘g‘ri javob: 148-modda. 148-modda: Yetim bolalarning va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish.
Ota-ona bolani davolash muassasasidan olishdan bosh tortdi. Oila kodeksiga ko‘ra, bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish kimning zimmasiga yuklanadi?
- Mahalla fuqarolar yig‘ini raisining
- Prokuraturaning
- Davolash muassasasi bosh vrachining
- Vasiylik va homiylik organlarining
To‘g‘ri javob: Vasiylik va homiylik organlarining. 148-moddaga ko‘ra ota-ona muassasadagi bolasini olishdan bosh tortganda himoya vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklanadi.
Qaysi holat 148-moddada ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lish holatlaridan biri sifatida sanab o‘tilgan?
- Ota-ona bola bilan bir uyda yashamaganda
- Ota-ona boshqa shaharga vaqtinchalik safarga chiqqanda
- Ota-ona ish joyini o‘zgartirganda
- Ota-ona uzoq muddat bo‘lmaganda
To‘g‘ri javob: Ota-ona uzoq muddat bo‘lmaganda. 148-moddada ota-ona uzoq muddat bo‘lmaganda ham himoya vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklanishi ko‘rsatilgan.
Mansabdor shaxslar va fuqarolar bolalar yetim qolganligidan xabardor bo‘lgach, qancha vaqt ichida bu haqda vasiylik va homiylik organlariga xabar berishi shart?
- yigirma to‘rt soat
- uch kun
- bir hafta
- qirq sakkiz soat
To‘g‘ri javob: yigirma to‘rt soat. Bolalar yetim qolganligidan xabardor bo‘lgan shaxslar yigirma to‘rt soat ichida vasiylik va homiylik organlariga xabar berishi shart.
Vasiylik va homiylik organi yetim qolish haqida ma’lumot olgan kundan boshlab bolaning turmush sharoitini necha ish kuni ichida tekshirib chiqishi (birlamchi baholash) shart?
- besh ish kuni
- bir ish kuni
- uch ish kuni
- o‘n ish kuni
To‘g‘ri javob: uch ish kuni. Organ ma’lumot olgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bolaning turmush sharoitini birlamchi baholashi shart.
Oila kodeksi — 149-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs chet davlatga ketayotganida aliment to‘lanishi
- Farzandlikka olishi mumkin bo‘lgan shaxslar
- Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muqobil joylashtirish
- Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish
To‘g‘ri javob: Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish. 149-modda: Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish.
Oila kodeksi: «Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish» qaysi moddada belgilangan?
- 152-modda
- 150-modda
- 149-modda
- 145-modda
To‘g‘ri javob: 149-modda. 149-modda: Yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va hisobga olish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash