Umumiy qoidalar
Moddalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs bo‘lib, u davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) hamda mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) (bundan buyon matnda Ombudsman deb yuritiladi) inson huquqlari bo‘yicha milliy institut sifatida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to‘ldiradi. Ombudsman O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchiligini takomillashtirishga hamda uni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, inson huquqlari va erkinliklari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashadi.
Ombudsman o‘z faoliyatini tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshiradi.
Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi tomonidan imzolanadigan guvohnoma beriladi. Ombudsman guvohnomadan o‘z vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi.
3-modda. Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslari
Ombudsman o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiradi.
4-modda. Ombudsman faoliyatining asosiy prinsiplari
Ombudsman faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, adolatlilik, insonparvarlik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, xolislik, ochiqlikdan iboratdir.
5-modda. Ombudsman lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar
Saylanish kuni o‘ttiz yoshga to‘lgan, kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Ombudsman lavozimiga saylanishi mumkin.
6-modda. Ombudsmanni saylash
Ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Ombudsman lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining Ombudsmanni saylash to‘g‘risidagi qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senati a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ombudsman nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida ko‘rib chiqilganidan keyin palatalarning ushbu masala yuzasidan qabul qilingan qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ombudsman o‘z vakolatlari muddati tugagach, yangi Ombudsman saylanguniga qadar o‘z vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
Ayni bir shaxs Ombudsman lavozimiga surunkasiga ikki muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas.
7-modda. Ombudsman lavozimiga nomuvofiq bo‘lgan faoliyat
Ombudsman siyosiy partiyaga a’zolikni yoki unda ishtirok etishni o‘z vakolatlari muddatiga to‘xtatib turishi yoxud tugatishi shart. Ombudsman ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
8-modda. Ombudsman o‘rinbosari
Ombudsman o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Ombudsman o‘rinbosari lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi uchun Ombudsman tomonidan taqdim etiladi.
Ombudsman o‘rinbosari Ombudsmanning zimmasidagi vazifalarini bajarishga ko‘maklashadi, Ombudsman yo‘qligida uning vazifasini bajarib turadi.
Ombudsman o‘z lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilingan taqdirda, Ombudsman o‘rinbosari uning vazifasini yangi Ombudsman saylanguniga qadar bajarib turadi va Ombudsman uchun belgilangan kafolatlar ana shu davrda unga nisbatan tatbiq etiladi.
Ombudsman o‘rinbosari siyosiy partiyaga a’zolikni yoki unda ishtirok etishni o‘z vakolatlari muddatiga to‘xtatib turishi yoxud tugatishi shart. Ombudsman o‘rinbosari ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
9-modda. Ombudsmanni yoki uning o‘rinbosarini lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilish
Ombudsman yoki uning o‘rinbosari lavozimidan quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan muddatidan ilgari ozod qilinishi mumkin:
u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida ariza bergan taqdirda;
uning sog‘lig‘i holati barqaror tarzda buzilgan va bu tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan xulosa bilan tasdiqlangan taqdirda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
u qonunga ko‘ra Ombudsman (Ombudsman o‘rinbosari) faoliyatiga nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;
u sudning qarori bilan bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;
u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda;
u vafot etgan taqdirda.
Bilimingizni sinang
«Ombudsman to‘g‘risida» qonun — 1-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ombudsman lavozimiga nomuvofiq bo‘lgan faoliyat
- Ushbu Qonunning maqsadi
- Ombudsmanni saylash
- Ombudsmanning huquqlari
To‘g‘ri javob: Ushbu Qonunning maqsadi. 1-modda: Ushbu Qonunning maqsadi.
«Ombudsman to‘g‘risida» qonun: «Ushbu Qonunning maqsadi» qaysi moddada belgilangan?
- 7-modda
- 1-modda
- 6-modda
- 12-modda
To‘g‘ri javob: 1-modda. 1-modda: Ushbu Qonunning maqsadi.
«Ombudsman to‘g‘risida» qonun — 2-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ombudsmanning maxsus ma’ruzasi
- Ombudsman lavozimiga nomuvofiq bo‘lgan faoliyat
- Ombudsmanning huquqlari
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman). 2-modda: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman).
«Ombudsman to‘g‘risida» qonun: «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)» qaysi moddada belgilangan?
- 2-modda
- 15-modda
- 12-modda
- 7-modda
To‘g‘ri javob: 2-modda. 2-modda: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman).
«Ombudsman to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qanday nazoratni amalga oshiradi?
- Parlament nazoratini
- Sud nazoratini
- Prokuror nazoratini
- Idoraviy nazoratni
To‘g‘ri javob: Parlament nazoratini. 2-moddaga ko‘ra, ombudsman inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.
Ombudsman inson huquqlari bo‘yicha milliy institut sifatida mavjud himoya vositalariga nisbatan qanday rol o‘ynaydi?
- Ularni bekor qiladi
- Ularning o‘rnini bosadi
- Ularni to‘ldiradi
- Ularga bo‘ysunadi
To‘g‘ri javob: Ularni to‘ldiradi. 2-moddaga ko‘ra, ombudsman milliy institut sifatida himoya qilishning mavjud shakllari va vositalarini to‘ldiradi.
Mansabdor shaxs Ombudsmanga o‘z faoliyatini to‘xtatishni so‘rab buyruq berdi. Qonunga ko‘ra Ombudsman qanday ish tutadi?
- Buyruqni bajarib, Oliy Majlis ruxsatini kutgan holda faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi
- Faoliyatini mansabdor shaxs bilan kelishib, uning ko‘rsatmalariga binoan davom ettiradi
- Mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda faoliyatini davom ettiradi
- Prezident farmoyishini kutib turib, mansabdor shaxs talabiga muvofiq faoliyatini cheklaydi
To‘g‘ri javob: Mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda faoliyatini davom ettiradi. 2-moddaga ko‘ra, Ombudsman tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda faoliyat yuritadi.
Ombudsmanga beriladigan guvohnomani kimlar imzolaydi?
- Prezident va Bosh vazir tomonidan imzolanadi
- Prezident va Konstitutsiyaviy sud Raisi tomonidan
- Qonunchilik palatasining Spikeri va Senatning Raisi
- Prezident Administratsiyasi rahbari va Senat Raisi
To‘g‘ri javob: Qonunchilik palatasining Spikeri va Senatning Raisi. 2-moddaga ko‘ra, guvohnomani Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi imzolaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash