Ombudsmanning asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va faoliyati kafolatlari
Moddalar
10-modda. Ombudsmanning asosiy vazifalari
Ombudsmanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish;
inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikning amalda ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
ichki ishlar organlari tizimiga kiradigan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus muassasalarda, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarida, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining garnizoni hamda qo‘shin gauptvaxtalarida, vaqtincha saqlash hibsxonalarida, tergov hibsxonalarida, jazoni ijro etish muassasalarida, intizomiy qismlarda, majburiy davolash muassasalarida (bundan buyon matnda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylar deb yuritiladi) qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash hollarining oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;
aholi o‘rtasida inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi xalqaro hamda milliy qonunchilik normalarini targ‘ib qilish, shuningdek aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish;
10-modda. Ombudsmanning asosiy vazifalari (davomi)
inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
11-modda. Ombudsmanning daxlsizlik huquqi
Ombudsman o‘z vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki unga sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Ombudsmanga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Ombudsmanni majburiy keltirishga, ushlab turishga, shuningdek uning uy-joyini, xizmat xonasini, yukini, shaxsiy va xizmat transport vositalarini, yozishmalarini, u foydalanayotgan aloqa vositalarini, shuningdek unga tegishli hujjatlarni ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12-modda. Ombudsmanning huquqlari
Ombudsman quyidagi huquqlarga ega:
inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi haqidagi xabarlarni tashkilotlar va mansabdor shaxslar bilan birgalikda tekshirish;
tashkilotlarning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq majlislarida ishtirok etish;
tashkilotlarga va mansabdor shaxslar huzuriga moneliksiz kirish;
o‘z vakolatlariga taalluqli masalalar yuzasidan tashkilotlar va mansabdor shaxslardan hujjatlarni, tahliliy materiallarni, xulosalarni va boshqa ma’lumotlarni so‘rash hamda olish;
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslar bilan uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan maxsus ma’ruzalar taqdim etish;
inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida tashkilotlar va mansabdor shaxslarga yozma ravishda ogohlantirish yuborish;
inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida tashkilotlarning rahbarlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
12-modda. Ombudsmanning huquqlari (davomi)
harakatlarida (harakatsizligida) inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli tashkilotlarga iltimosnoma kiritish;
fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi arizalar hamda da’volar bilan sudlarga murojaat etish;
insonning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir ilmiy-amaliy, tahliliy ishlarni amalga oshirish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, olimlarni, ekspertlarni hamda mutaxassislarni belgilangan tartibda, shu jumladan shartnoma asosida jalb etish.
Ombudsman qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
13-modda. Ombudsmanning majburiyatlari
Ombudsman:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi;
tashkilotlar va mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashmasligi;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
murojaat etuvchiga uning murojaatini ko‘rib chiqish natijalarini ma’lum qilishi shart.
Ombudsmanning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
14-modda. Ombudsmanning faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruza
Ombudsman har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga o‘z faoliyati to‘g‘risida ma’ruza taqdim etadi.
Ombudsmanning faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash hollarining (bundan buyon matnda qiynoqqa solish hollari deb yuritiladi) oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham aks ettiriladi.
Ombudsmanning faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining majlislarida ko‘rib chiqish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ombudsmanning faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzani ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilingan qarorlar Ombudsmanga yuboriladi.
15-modda. Ombudsmanning maxsus ma’ruzasi
Ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan maxsus ma’ruza taqdim etishga haqli. Maxsus ma’ruza insonning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash bo‘yicha xulosa yoki takliflardan iborat bo‘ladi.
16-modda. Ombudsmanning muqobil ma’ruzasi
Ombudsman O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan muqobil ma’ruza tayyorlashga va tegishli xalqaro tashkilotlarga taqdim etishga haqli.
17-modda. Ombudsman faoliyatining ochiqligi
Ombudsman o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor shaxslarning, shuningdek ommaviy axborot vositalarining qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishi imkoniyatini ta’minlaydi.
Ombudsman o‘z faoliyati to‘g‘risidagi tegishli axborotni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va yangilab turadi, Ombudsmanning faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzani hamda boshqa materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Ombudsman o‘z matbuot organini ta’sis etishi va boshqa matbuot nashrlarining hammuassisi bo‘lishi mumkin.
18-modda. Ombudsman faoliyatining kafolatlari
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va (yoki) Senatining tarqatib yuborilishi Ombudsman faoliyatini to‘xtatib turishga yoki tugatishga olib kelmaydi.
Bilimingizni sinang
«Ombudsman to‘g‘risida» qonun — 10-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ombudsmanning asosiy vazifalari
- Ombudsmanni yoki uning o‘rinbosarini lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilish
- Ombudsman o‘rinbosari
- Ombudsman lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar
To‘g‘ri javob: Ombudsmanning asosiy vazifalari. 10-modda: Ombudsmanning asosiy vazifalari.
«Ombudsman to‘g‘risida» qonun: «Ombudsmanning asosiy vazifalari» qaysi moddada belgilangan?
- 10-modda
- 9-modda
- 5-modda
- 8-modda
To‘g‘ri javob: 10-modda. 10-modda: Ombudsmanning asosiy vazifalari.
«Ombudsman to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri Ombudsmanning asosiy vazifalaridan biri?
- Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish
- Faqat davlat organlarining huquqbuzarliklari to‘g‘risidagi sud ishlarini ko‘rib chiqish va hal qilish
- Jismoniy shaxslarning mulkiy nizolari bo‘yicha sud qarorlarini ijro etish va nazorat qilish
- Yuridik shaxslarning soliq majburiyatlari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqib, jarimalar belgilash
To‘g‘ri javob: Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish. 10-moddaga ko‘ra, Ombudsman huquqlar buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqadi.
Ombudsmanning harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga nisbatan asosiy vazifasi nima?
- Jinoyatchilarning jazoni o‘tash tartibini belgilash va ularga nisbatan intizomiy choralar qo‘llash hamda ijro etish
- Mahkumlarning jazodan muddatidan oldin ozod qilinishi to‘g‘risida qarorlar chiqarish hamda ularni ijro etish va nazorat qilish
- Qiynoqqa solish va shafqatsiz muomala hamda jazo turlarini qo‘llash hollarining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish
- Qiynoqqa solish hollarini aniqlash va aybdor xodimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortish
To‘g‘ri javob: Qiynoqqa solish va shafqatsiz muomala hamda jazo turlarini qo‘llash hollarining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish. 10-moddaga ko‘ra, Ombudsman bunday joylarda qiynoqqa solish hollarining oldini olish choralarini ko‘radi.
Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxsga nisbatan qiynoq qo‘llanilayotgani haqida xabar tushdi. Ombudsmanning vazifasi nimadan iborat?
- Qiynoq qo‘llagan xodimni lavozimidan bo‘shatish va unga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish
- Hibsxona rahbariyatiga bevosita buyruq berib, saqlanayotgan shaxsni boshqa joyga o‘tkazish
- Qiynoqqa solish va shafqatsiz muomala hollarining oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish
- Sudga murojaat qilib, tergov harakatlarini to‘xtatish va ishni yopish haqida qaror olish
To‘g‘ri javob: Qiynoqqa solish va shafqatsiz muomala hollarining oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish. 10-moddaga ko‘ra, tergov hibsxonalari harakatlanish erkinligi cheklangan joylar qatoriga kiradi va Ombudsman qiynoq hollarining oldini olish choralarini ko‘radi.
Ombudsmanning aholiga nisbatan qaysi vazifasi qonunda belgilangan?
- Aholining soliq to‘lash madaniyatini oshirishni nazorat qilish
- Aholi o‘rtasida huquqbuzarliklarni ko‘rib, jazo choralarini belgilash
- Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish
- Aholining mulkiy nizolarini hal qilib, tomonlar o‘rtasida bitimlarni tasdiqlash
To‘g‘ri javob: Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish. 10-moddaga ko‘ra, Ombudsman aholi huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga ko‘maklashadi.
«Ombudsman to‘g‘risida» qonun — 11-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ombudsmanning majburiyatlari
- Ombudsmanning daxlsizlik huquqi
- Ombudsmanni saylash
- Ombudsmanning huquqlari
To‘g‘ri javob: Ombudsmanning daxlsizlik huquqi. 11-modda: Ombudsmanning daxlsizlik huquqi.
«Ombudsman to‘g‘risida» qonun: «Ombudsmanning daxlsizlik huquqi» qaysi moddada belgilangan?
- 6-modda
- 12-modda
- 11-modda
- 13-modda
To‘g‘ri javob: 11-modda. 11-modda: Ombudsmanning daxlsizlik huquqi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash